Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni konseptual asoslari…



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə2/26
tarix20.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#133209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Dissertatsiya Rasulov Sh.Sh.(1)

Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Dissertatsiyaning ob’ekti bo‘lib, O‘zbekiston bozor iqtisodiyotida joriy, investitsiya va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish jarayonida shakllangan korxonalarning pul oqimlari oqimlariva uning qiyosiy tahlili. Dissertatsiyaning predmeti bo‘lib, Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzishga qo‘yilgan talablar va uning tamoyillarini modernizatsiyalashga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining vazifalari bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida pul oqimini obyektlari, faoliyat turlari, shakli va davri bo‘yicha o‘rganish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ichki va tashqi omillarga bog‘liq holdagi o‘zgarishlarini retrospektiv va perspektiv tahlilini amalga oshirish orqali ularni maqsadli boshqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Ana shu maqsadga erishish uchun tadqiqot ishida quyidagi vazifalar belgilandi:

  • pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni tasniflash, pul oqimini tarkib qatorlari bo‘yicha o‘rganish;

  • pul oqimini joriy tahlilini va istiqboldagi prognozlarini tashxislash;

  • pul oqimining sof kirimi va chiqimiga baho berish orqali biznes samaradorligiga baho berish;

  • pul oqimining moliyaviy holat va barqarorlikka ta’sir darajasini, ular naqdligining likvidlik va to‘lovga qobillikka ta’sirini baholash;

  • operatsion va moliyaviy richaglar orqali pul oqimini moliyaviy koeffitsiyentlarda baholash;

  • pul oqimini taktik boshqarishning aniq chora-tadbirlarini belgilab berish va ularni amalga oshirish.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin