Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni konseptual asoslari…


-rаsm. Investitsiоn fаоliyаt pul оqimlаri tаrkibi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə8/26
tarix20.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#133209
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Dissertatsiya Rasulov Sh.Sh.(1)

1.2.4-rаsm. Investitsiоn fаоliyаt pul оqimlаri tаrkibi6

Kirim










Chiqim









































Оlingаn fоizlаr








Tо'lаngаn fоizlаr













































Оlingаn dividendlаr








Tо'lаngаn dividendlаr













































Аksiyаlаr chiqаrishdаn yоki xususiy kаpitаl bilаn bоg'liq bо'lgаn bоshqа instrumentlаrdаn kelgаn pul tushumlаri








Xususiy аksiyаlаrni sоtib оlishgа






















































Uzоq vа qisqа muddаtli kredit vа qаrzlаr bо'yichа pul chiqimlаri

























Xususiy аksiyаlаrni sоtishdаn tushumlаr



























































Mоliyаviy ijаrа bо'yichа pul chiqimlаri





Uzоq vа qisqа muddаtli kredit qаrzlаr bо'yichа pul tushumlаri



























































Mоliyаviy fаоliyаtning bоshqа pul chiqimlаri





Mоliyаviy ijаrа bо'yichа pul tushumlаri
















































































Mоliyаviy fаоliyаtning bоshqа pul tushumlаri


































































1.2.5-rаsm. Mоliyаviy fаоliyаt pul оqimlаri tаrkibi7
Yuqоridаgi rаsmdа kоrxоnа mоliyаviy fаоliyаti bо‘yichа pul оqimlаri vа ulаrni tаrkibi keltirilgаn bо‘lib, undа аsоsаn оlingаn vа tо‘lаngаn fоizlаr, оlingаn vа tо‘lаngаn dividendlаr, аksiyаrni sоtish vа sоtib оlish, uzоq vа qisqа muddаtli kreditlаr bо‘yichа pul tushumlаri, mоliyаviy ijаrа bо‘yichа pul tushumlаri, pul chiqimlаri keltirilgаn.
1.3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni konseptual asoslari
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni kontseptual asoslari.
Buxgalteriya hisobi maʼlum bir xo‘jalik yurituvchi subʼekt to‘g‘risida moliyaviy maʼlumotlarni aniqlash, qayta ishlash va moliyaviy hisobot shaklida faoliyat yurituvchi subʼektning moliyaviy holatiga qiziquvchi foydalanuvchilarga maʼlumotni yetkazib berishni amalga oshiradigan axborot tizimidir. Buxgalteriyaning maqsadi - turli foydalanuvchilarni maʼlumotga bo‘lgan ehtiyojini, ushbu maʼlumotni olish uchun eng kam sarf-xarajatlar bilan qondirishdir.
Foydalanuvchilar va ularning axborotga oid talablari Buxgalteriya hisobi foydalanuvchilar tomonidan foydalaniladigan moliyaviy maʼlumot hajmi va tavsifi bilan bog‘liq.
Maʼlumot foydalanuvchilari ikki guruhga bo‘linishi mumkin: ichki foydalanuvchilar, yaʼni korxona boshqaruvchilari, tashqi foydalanuvchilar, yaʼni korxonadan tashqaridagilar.
O‘z navbatida buxgalteriya maʼlumotidan foydalanuvchilarning ushbu guruxlarini foydalanuvchilarning quyidagi turkumlariga ajratish mumkin:
- Korxonani boshqaruvchilar;
- Subʼektdan tashqarida bo‘lib, unda bevosita moliyaviy manfaatga ega bo‘lganlar;
- Subʼekt faoliyatida bilvosita moliyaviy manfaatga ega bo‘lganlar.
- Subʼektdan tashqarida bo‘lib, unda bevosita moliyaviy manfaatga ega bo‘lganlarga quyidagilar kiradi:
- Mavjud va bo‘lg‘usi investorlar;
- Mavjud va bo‘lg‘usi kreditorlar;
- Xaridorlar.
- Subʼekt faoliyatida bilvosita moliyaviy manfaatga ega bo‘lganlarga quyidagilar kiradi:
- Soliq organlari;
- Tartibga soluvchi organlar;
- Statistik organlar;
- Boshqa guruhlar (auditorlar, maslahatchilar, isteʼmolchilar guruxlari va hok.).
Moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun foydalaniladigan buxgalteriya tamoyillarini xalqaro miqyosida bir shaklga keltirish maqsadida Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari bo‘yicha Qo‘mitasi (MHXSQ) tuzilgan. Ushbu Qo‘mita tomonidan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ishlab chiqilib chop etilgan va hamma joylarda tadbiq etish hamda rioya qilish uchun tavsiya etilgandir.
BHXS (IAS) 1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standarti umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish asosini xo‘jalik subʼektining oldingi davrlardagi moliyaviy hisobotlari hamda boshqa xo‘jalik subʼektlarining moliyaviy hisobotlari bilan qiyosiyligini taʼminlash maqsadida belgilaydi. U moliyaviy hisobotlarni taqdim etishga nisbatan umumiy talablarni, ularning tuzilishiga oid ko‘rsatmalarni hamda ularning mazmuniga doir minimal talablarni o‘rnatadi.
Xo‘jalik subʼekti mazkur standartni umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXSlari) muvofiq tayyorlashda va taqdim etishda qo‘llashi lozim. Boshqa MHXSlar muayyan operatsiyalar va boshqa hodisalarni tan olish, baholash va oshkor etish bo‘yicha talablarini belgilaydi.
Moliyaviy hisobotlar - xo‘jalik subʼektining moliyaviy holati va moliyaviy natijalarining tartibga solingan holda ifodalanishidir.
Moliyaviy hisobotlarning maqsadi keng ko‘lamdagi foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydali bo‘lgan xo‘jalik subʼektining moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul oqimlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taʼminlashdan iboratdir. Moliyaviy hisobotlar rahbariyat tomonidan unga ishonib topshirilgan resurslar boshqarilishining natijalarini ham aks ettiradi. Ushbu maqsadga erishish uchun, moliyaviy hisobotlar xo‘jalik subʼektiga tegishli bo‘lgan quyidagi jihatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni taʼminlaydi:
a) aktivlar;
b) majburiyatlar;
v) kapital;
g) daromad va xarajatlar, jumladan foyda va zararlar;
d) mulk egalari tomonidan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi qilingan qo‘yilmalar va ularga taqsimlanadigan summalar;
y) pul oqimlari.
Ushbu maʼlumotlar, izohlardagi boshqa maʼlumotlar bilan birga, moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga xo‘jalik subʼektining kelgusi pul oqimlarini va, xususan, ularning muddatini va aniqliligini oldindan taxminan bilishda yordam beradi.
Moliyaviy hisobotlarning to‘liq to‘plami quyidagilarni qamrab oladi:
a) davr oxiridagi moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot;
b) davr uchun foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad
to‘g‘risidagi hisobot;
v) davr uchun kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot;
g) davr uchun pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;
d) izohlar, yaʼni muhim hisob siyosatlarining va boshqa tushuntirish maʼlumotlarining qisqa bayonini qamrab olgan izohlar;
y) oldingi davr boshiga moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot, qachonki xo‘jalik subʼekti hisob siyosatini retrospektiv tarzda qo‘llasa, yoki o‘zining moliyaviy hisobotlaridagi moddalarni retrospektiv tarzda qayta hisoblashni amalga oshirsa, o‘zining moliyaviy hisobotlaridagi moddalarni qayta tasniflasa
Xo‘jalik subʼekti mazkur Standartda foydalanilgan hisobot nomlaridan tashqari nomlardan foydalanishi mumkin. Masalan, xo‘jalik subʼekti “foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobot” o‘rniga “umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobot” nomidan foydalanishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlar xo‘jalik subʼektining moliyaviy holatini, moliyaviy natijalarini va pul oqimlarini haqqoniy tarzda taqdim etishi lozim. Haqqoniy taqdim etish operatsiyalarning, boshqa hodisalarning va sharoitlarning oqibatlarini Kontseptual asosda keltirilgan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlarning taʼriflariga va tan olish mezonlariga muvofiq haqqoniy taqdim etishni talab etadi. MHXSlarni, zarur bo‘lganda qo‘shimcha maʼlumotlarni oshkor etish bilan birga, qo‘llash haqqoniy taqdim etishni taʼminlaydigan moliyaviy hisobotlarga olib keladi deb ko‘zda tutiladi.
Moliyaviy hisobotlari MHXSlarga muvofiq bo‘lgan xo‘jalik subʼekti izohlarda bunday muvofiqlikni aniq taʼkidlashi lozim. Moliyaviy hisobotlar MHXSlarning barcha talablariga muvofiq bo‘lmaguncha, xo‘jalik subʼekti ularni MHXSlarga muvofiq deb taʼkidlamasligi lozim.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish kabi MHXSning asosiy maqsadiga erishish uchun quyidagilar belgilanishi kerak:
- vazifalarni yechish uchun talab etiladigan moliyaviy maʼlumot;
- axborot tizimini tuzish tamoyillari;
- moliyaviy hisobot elementlari.
Moliyaviy hisobotning maqsadi moliyaviy ahvol, faoliyat natijalari va moliyaviy ahvoldagi o‘zgarishlar haqida maʼlumot taqdim etishdan iboratdir.
Ushbu maʼlumot keng doiradagi foydalanuvchilarga qarorlarni qabul qilish uchun zarurdir.
Moliyaviy hisobot foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar, korxonani pul mablag‘lari va ularni ekvivalentlarini yaratish va ko‘paytirish, shuningdek bu jarayonni barqarorligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishi imkoniyatini baholashni talab etadi. Foydalanuvchilar, korxonaning pul mablag‘lari va ularni ekvivalentlarini yaratish qobiliyatini baholashi uchun, korxonaning moliyaviy ahvoli, faoliyat natijalari va moliyaviy ahvoldagi o‘zgarishlarga yo‘naltirilgan maʼlumotlarga ega bo‘lishi kerak.
Moliyaviy ahvol to‘g‘risidagi maʼlumot asosan buxgalteriya muvozanatida (muvozanat hisobotida) beriladi. Korxona faoliyatining natijalari haqida maʼlumot asosan foyda va zararlar to‘grisidagi hisobotda keltiriladi.
Moliyaviy ahvoldagi o‘zgarishlar moliyaviy hisobotda alohida o‘rin egallagan hisobot (xususiy kapitaldagi o‘zgarishlar) orqali ko‘rsatiladi.
Moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir, chunki ular bir hil operatsiyalar va hodisalarni turli jabhalarini aks ettiradi. Hisobotning har bir shakli boshqalardan farq qiladigan maʼlumotni berishiga qaramasdan, hech biri bir ashyo yakkalanib qolmaydi va foydalanuvchilar uchun muayyan ehtiyojlarini aks ettiruvchi kerakli bo‘lgan barcha maʼlumotni yetkazib bera olmaydi. Masalan, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot, muvozanat va moliyaviy ahvolni o‘zgarishi haqidagi hisobotlarning maʼlumotlarisiz foydalansa, korxonaning moliyaviy natijalari haqida to‘liq axborotni bera olmaydi.
Moliyaviy hisobot, shuningdek, ilovalarni (tushuntirish xati), qo‘shimcha materiallar va boshka maʼlumotlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, u muvozanat, foyda va zararlar moddalari haqida, foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondiruvchi, qo‘shimcha maʼlumotni aks ettirishi mumkin. U, korxonaga taʼsir etadigan tavakkalchilik va noaniqliklarni, shuningdek muvozanatda aks ettirilmagan har qanday resurslar va majburiyatlarni (foydali qazilmalar zahiralari kabi) yoritishi mumkin. Geografik va sanoat segmentlar, va korxonaga narxlarni o‘zgarishini taʼsir etish haqidagi maʼlumot ham qo‘shimcha axborot sifatida berilishi mumkin.
Belgilangan vazifalarni bajarish uchun moliyaviy hisobot hisoblash tamoyili asosida tuzilishi zarur. U hisobga olish mezonlariga muvofiq daromadni qachon hisobga olish va uni qachon hisobotlarda aks ettirish kerakligini belgilaydi. Hisoblash tamoyiliga muvofiq, tovarlar sotilishidan olingan daromad, xaridor ushbu tovarlarning egasi bo‘lganda, yaʼni egalik qilish xuquqi bilan bog‘lik bo‘lgan barcha tavakkalchiliklar va mukofotlar unga o‘tgan paytda hisobga olinadi. Sotuvchi o‘z majburiyatlarini bajarmaguncha, daromad hisobga olinmasligi lozim.
Moliyaviy hisobot odatda korxona faoliyat ko‘rsatadi va yaqin kelajakda faoliyat ko‘rsatishni davom ettiradi degan faraz asosida tuziladi. Shunday qilib, faraz qilinadiki, korxona tugatilishi yoki o‘z faoliyati ko‘lamini ahamiyatli ravishda qisqartirish yoxud tugatishga oid niyati ham yo‘q va bunga ehtiyoji ham yo‘q. Аgar bunday niyat yoki zaruriyat paydo bo‘lsa, moliyaviy hisobot boshqa asosda tuzilishi va bu qo‘llanilayotgan asos yoritilishi zarur.
Moliyaviy hisobotda taqdim ettirilgan maʼlumotning asosiy sifati, bu foydalanuvchilar tomonidan tushunarli bo‘lishidadir. Bunda, faraz qilinadiki, foydalanuvchilar xo‘jalik va iqtisodiy faoliyat sohasida, buxgalteriya hisobi sohasida yetarlicha bilimlarga ega bo‘lishi, shuningdek talab qilinadigan darajada qunt bilan harakat qilish istaklari bo‘lishi lozim. Biroq, murakkab savollarga taalluqli, foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlarni qabul qilishi uchun o‘rinli bo‘lgan maʼlumot, faqat maʼlum foydalanuvchilar tomonidan tushunish murakkabligi sababli chiqarib tashlanishi mumkin emas.
Foydali bo‘lish uchun maʼlumot qarorlar qabul qiluvchi foydalanuvchilar uchun o‘rinli bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlariga taʼsir etib, ularga o‘tib ketgan, hozirgi paytda amalga oshiriladigan va kelajakda bo‘ladigan hodisalarni baholash uchun yordam beradigan yoki ularni tasdiqlaydigan yoxud avvalgi baholarni tuzatish imkoniyatini yaratgan maʼlumot o‘rinli deb hisoblanadi.
Maʼlumotning o‘rinliligiga uning tavsifi va muhimligi jiddiy taʼsir ko‘rsatadi. Baʼzi holatlarda faqat maʼlumot tavsifi uning o‘rinliligini aniqlash uchun yetarli bo‘lmaydi. Masalan, yangi segment haqidagi maʼlumot, hisobot davrida ushbu yangi segment tomonidan erishilgan natijalar muhimligidan qatʼi nazar tavakkalchilik va imkoniyatlarni baholashga o‘z taʼsirini ko‘rsatishi mumkin.
Foydali bo‘lishi uchun maʼlumot shuningdek ishonchli bo‘lishi kerak.
Maʼlumot agar unda ahamiyatli xato yoki bilib qilingan buzib ko‘rsatishlar bo‘lmasa, foydalanuvchilar ushbu maʼlumotga haqqoniyat bilan taqdim etilganligiga tayanishi mumkin bo‘lsa, ishonchli deb hisoblanadi.
Foydali bo‘lishi uchun, maʼlumot xo‘jalik yurituvchi subʼektning moliyaviy ahvoli, operatsiyalar natijalari, pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida haqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak. Shunday kilib, masalan, muvozanat operatsiyalar va boshqa hodisalarni va ularni amalga oshirish natijasi bo‘lgan, tan olish mezonlariga javob beradigan kompaniyaning aktivlari, majburiyatlari va kapitalini haqqoniy va xolis aks ettirishi kerak.
Аgar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy hisobotda axborot operatsiyalar va voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborot uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va haqiqiyligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur.
Operatsiyalar va boshqa hodisalarning mazmuni ularning xuquqiy yoki belgilangan shakliga har doim ham muvofiq kelmaydi.
Moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli bo‘lishi uchun taxminlardan mustaqil bo‘lishi lozim. Moliyaviy hisobot maʼlumotning tanlash va takdim etishi bilan qarorlarni qabul qilinishiga yoki oldindan belgilangan natija yoki yakunga etishish maqsadida fikrni shakllantirishga o‘z taʼsirini ko‘rsatsa u betaraf deb hisoblanishi mumkin emas.
Qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa yetarlicha baholanmasligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir.
Moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini taʼminlash maqsadida axborot yetarlicha to‘la hajmda taqdim etilishi kerak.
Moliyaviy hisobotning elementlarini quyidagilarga bo‘lish mumkin agar shunday bo‘lsa, ushbu asos ochib beriladi:


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin