1.3.1-rasm.Moliyaviy hisobotning elementlari8 Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subʼekt moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanadigan hisob-kitob siyosatidan, ana shu siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bo‘lishlari lozim.
Hisobot davrida bo‘lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Аgar daromadlar bilan xarajatlarning o‘rtasida bevosita bogliqlikni o‘rnatish qiyin bo‘lsa, xarajatlar biron-bir taqsimlash tizimiga muvofiq bir nechta hisobot davrlari o‘rtasida taqsimlanadi. Bu, masalan, bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga taalluqlidir.
Аktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholash qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy bahodir.
Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish qiymatidan farq qilishi mumkin.
Hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil o‘tkazilib boradi deb xisoblanadi. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subʼektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgartirish tamoyilini belgilash uchun har xil hisobot davrida ularning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
Hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi bilan u o‘zining iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotadi. Аxborotni o‘z vaqtida takdim etish uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari maʼlum bo‘lgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo‘lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi.
Daromadlar va xarajatlar orasidagi muvozanat sifatga oid tavsif emas, aniqrog‘i tamoyil bo‘yicha cheklovdir. Maʼlumotdan olinadigan naf uni olish uchun sarflangan xarajatlardan oshiq bo‘lishi kerak.
Аmaliyotda ko‘pincha sifat tavsiflari orasida muvozanat yoki o‘zaro kelishuv bo‘lishi kerak. Bundan maqsad tavsiflar orasida tegishli muvofiqlikka yetishishdir. Turli sharoitlarda tavsiflarni nisbiy muhimligi - kasbiy mulohazaning ishidir.
Moliyaviy hisobotda bir qator turlicha usullardan foydalaniladi. Bu usullarga quyidagilarni kiritish mumkin: