Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni konseptual asoslari…


Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə4/26
tarix20.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#133209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Dissertatsiya Rasulov Sh.Sh.(1)

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ishda ilgari surilgan, asoslangan ilmiy nazariy g‘oyalardan pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzishga qo‘yilgan talablar va uning tamoyillari davlat iqtisodiy siyosatining istiqbol yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarda foydalanish mumkin. Rasmiy statistik ma’lumotlar asosidagi muallif ishlanmalari va takliflari ijtimoiy taraqqiyot dasturlarini ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin. Dissertatsiyada asoslangan fikr-mulohazalar, undagi amaliy ma’lumotlardan “buxgalteriya hisobi”, “buxgalteriya hisobia kirish” va boshqa shunga o‘xshash fanlarni o‘qitishda foydalanish mumkin.
Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, yettita paragraf, xulosa va takliflar shu bilan birga muallif ishlanmalari, jadvallar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.

I BOB. PUL MАBLАG‘LАRI HISОBI VА TАHLILINING MАQSАDI, VАZIFАLАRI, MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI BO‘YICHA TAYYORLASHNI KONSEPTUAL ASOSLARI

1.1. Pul mаblаg‘lаr hisоbi haqida umumiy tushuncha
BHXS (IAS) 1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standarti umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish asosini xo‘jalik subʼektining oldingi davrlardagi moliyaviy hisobotlari hamda boshqa xo‘jalik subʼektlarining moliyaviy hisobotlari bilan qiyosiyligini taʼminlash maqsadida belgilaydi. U moliyaviy hisobotlarni taqdim etishga nisbatan umumiy talablarni, ularning tuzilishiga oid ko‘rsatmalarni hamda ularning mazmuniga doir minimal talablarni o‘rnatadi.
Xo‘jalik subʼekti mazkur standartni umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXSlari) muvofiq tayyorlashda va taqdim etishda qo‘llashi lozim. Boshqa MHXSlar muayyan operatsiyalar va boshqa hodisalarni tan olish, baholash va oshkor etish bo‘yicha talablarini belgilaydi.
Moliyaviy hisobotlar - xo‘jalik subʼektining moliyaviy holati va moliyaviy natijalarining tartibga solingan holda ifodalanishidir.
Moliyaviy hisobotlarning maqsadi keng ko‘lamdagi foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydali bo‘lgan xo‘jalik subʼektining moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul oqimlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taʼminlashdan iboratdir. Moliyaviy hisobotlar rahbariyat tomonidan unga ishonib topshirilgan resurslar boshqarilishining natijalarini ham aks ettiradi. Ushbu maqsadga erishish uchun, moliyaviy hisobotlar xo‘jalik subʼektiga tegishli bo‘lgan quyidagi jihatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni taʼminlaydi:
a) aktivlar;
b) majburiyatlar;
v) kapital;
g) daromad va xarajatlar, jumladan foyda va zararlar;
d) mulk egalari tomonidan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi qilingan qo‘yilmalar va ularga taqsimlanadigan summalar;
e) pul oqimlari.
Ushbu maʼlumotlar, izohlardagi boshqa maʼlumotlar bilan birga, moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga xo‘jalik subʼektining kelgusi pul oqimlarini va, xususan, ularning muddatini va aniqliligini oldindan taxminan bilishda yordam beradi.
Moliyaviy hisobotlarning to‘liq to‘plami quyidagilarni qamrab oladi:
a) davr oxiridagi moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot;
b) davr uchun foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad
to‘g‘risidagi hisobot;
v) davr uchun kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot;
g) davr uchun pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;
d) izohlar, yaʼni muhim hisob siyosatlarining va boshqa tushuntirish maʼlumotlarining qisqa bayonini qamrab olgan izohlar;
e) oldingi davr boshiga moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot, qachonki xo‘jalik subʼekti hisob siyosatini retrospektiv tarzda qo‘llasa, yoki o‘zining moliyaviy hisobotlaridagi moddalarni retrospektiv tarzda qayta hisoblashni amalga oshirsa, o‘zining moliyaviy hisobotlaridagi moddalarni qayta tasniflasa
Xo‘jalik subʼekti mazkur Standartda foydalanilgan hisobot nomlaridan tashqari nomlardan foydalanishi mumkin. Masalan, xo‘jalik subʼekti “foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobot” o‘rniga “umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobot” nomidan foydalanishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlar xo‘jalik subʼektining moliyaviy holatini, moliyaviy natijalarini va pul oqimlarini haqqoniy tarzda taqdim etishi lozim. Haqqoniy taqdim etish operatsiyalarning, boshqa hodisalarning va sharoitlarning oqibatlarini Kontseptual asosda keltirilgan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlarning taʼriflariga va tan olish mezonlariga muvofiq haqqoniy taqdim etishni talab etadi. MHXSlarni, zarur bo‘lganda qo‘shimcha maʼlumotlarni oshkor etish bilan birga, qo‘llash haqqoniy taqdim etishni taʼminlaydigan moliyaviy hisobotlarga olib keladi deb ko‘zda tutiladi.
Moliyaviy hisobotlari MHXSlarga muvofiq bo‘lgan xo‘jalik subʼekti izohlarda bunday muvofiqlikni aniq taʼkidlashi lozim. Moliyaviy hisobotlar MHXSlarning barcha talablariga muvofiq bo‘lmaguncha, xo‘jalik subʼekti ularni MHXSlarga muvofiq deb taʼkidlamasligi lozim.
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash paytida, rahbariyat xo‘jalik subʼekti faoliyatini uzluksiz davom etishi qobiliyatini baholashi lozim. Qachonki rahbariyat xo‘jalik subʼektining faoliyatini tugatishni yoki savdoni to‘xtatishni mo‘ljallayotgan bo‘lmasa yoki bunday choralarni amalga oshirishdan boshqa amaliy muqobil choralar mavjud bo‘lmagan holat yuzaga kelmasa, xo‘jalik subʼekti moliyaviy hisobotlarni faoliyatning uzluksizligi asosida tayyorlashi lozim. Аgar rahbariyat, baholashni amalga oshirayotganda, xo‘jalik subʼekti faoliyatini uzluksiz davom etishi qobiliyati to‘g‘risida ahamiyatli shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan hodisalar yoki sharoitlarga tegishli ahamiyatli noaniqliklardan xabardor bo‘lsa, xo‘jalik subʼekti ushbu noaniqliklarni oshkor etishi lozim. Аgar xo‘jalik subʼekti moliyaviy hisobotlarni faoliyatning uzluksizligi asosida tayyorlamasa, u ushbu faktni, moliyaviy hisobotlar qaysi asosda tayyorlanganligini hamda xo‘jalik subʼekti faoliyatning uzluksizligini taʼminlay olmaydi deb hisoblanishining sababi bilan birga, oshkor etishi lozim.
Xo‘jalik subʼekti o‘zining, pul oqimlari to‘g‘risidagi maʼlumotlaridan tashqari, moliyaviy hisobotlarini buxgalteriya hisobining hisoblash usuli asosida tayyorlashi lozim.
Buxgalteriya hisobining hisoblash usuli qo‘llanilganda, xo‘jalik subʼekti moddalarni aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar va xarajatlar (moliyaviy hisobotlar elementlarini) sifatida tan oladi,
qachonki ular Kontseptual asosda keltirilgan ushbu elementlarning taʼriflariga va tan olish mezonlariga to‘g‘ri kelsa.
Xo‘jalik subʼekti o‘xshash moddalarning har bir ahamiyatli turkumini alohida taqdim etishi lozim. Bir biridan farq qiladigan xususiyatga yoki vazifaga ega bo‘lgan moddalarni, ular ahamiyatsiz bo‘lmasa, xo‘jalik subʼekti alohida taqdim etishi lozim.
Moliyaviy hisobotlar o‘z xususiyatiga yoki funktsiyasiga ko‘ra turkumlarga birlashtiriladigan katta hajmdagi operatsiyalar yoki boshqa hodisalarni qayta ishlash natijasida yuzaga keladi. Birlashtirish va tasniflash jarayonining oxirgi bosqichi yig‘ilgan va tasniflangan maʼlumotlarni taqdim etish hisoblanib, u moliyaviy hisobotlarning satrlarida aks ettiriladigan moddalarini shakllantiradi. Аgar satrdagi modda alohida olinganda ahamiyatli bo‘lmasa, u ushbu hisobotlarda yoki izohlarda boshqa moddalar bilan birlashtiriladi. Ushbu hisobotlarda alohida satrda aks ettirish uchun yetarli darajada ahamiyatli bo‘lmagan modda, izohlarda alohida aks ettirilishi muhim bo‘lishi mumkin.
MHXS da talab etilmaguncha yoki ruxsat etilmaguncha, xo‘jalik subʼekti aktivlar bilan majburiyatlarni yoki daromadlar bilan xarajatlarni o‘zaro hisob-kitob qilmasligi lozim.
Xo‘jalik subʼekti aktivlar bilan majburiyatlarni ham daromadlar bilan xarajatlarni ham alohida aks ettiradi. O‘zaro hisob-kitob qilish operatsiyaning yoki boshqa hodisaning mohiyatini aks ettiradigan holatdan tashqari, foyda yoki zarar va boshqa umumlashtirilgan daromadlar yoki moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot(lar)da o‘zaro hisob-kitob qilish foydalanuvchilarning sodir bo‘lgan operatsiyalar, boshqa hodisalar va sharoitlarni tushunish hamda xo‘jalik subʼektining kelgusi pul oqimlarini baholash qobiliyatini susaytiradi.
Xo‘jalik subʼekti moliyaviy hisobotlarning (jumladan qiyosiy maʼlumotni) to‘liq to‘plamini kamida yillik asosda taqdim etishi lozim.
Odatda, xo‘jalik subʼekti bir meʼyorda bir yillik davr uchun moliyaviy hisobotlarni tayyorlaydi. Biroq, amaliy sabablar tufayli, ayrim xo‘jalik subʼektlari, masalan, 52-haftalik davr uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etishni afzal ko‘radilar. Mazkur Standart ushbu amaliyotni taqiqlamaydi.
Xo‘jalik subʼekti bir davrdan keyingi davrga moliyaviy hisobotlardagi moddalarni aks ettirishni yoki tasniflashni o‘zgartirmasdan qoldirishi lozim, bunda:
a) xo‘jalik subʼekti faoliyati xususiyatining ahamiyatli o‘zgarishi yoki uning moliyaviy hisobotlarini qayta ko‘rib chiqish natijasida, MHXS 8 dagi hisob siyosatlarini tanlash va qo‘llash uchun mezonlarni inobatga olgan holda boshqa taqdimot yoki tasniflash o‘rinliroq bo‘lishi mumkinligi ochiq namoyon bo‘lmaguncha; yoki
b) MHXS taqdimotda o‘zgarishni talab etmaguncha.
Xo‘jalik subʼekti moliyaviy hisobotlarni aniq belgilashi va aynan bir xil chop etilgan hujjatdagi boshqa maʼlumotlardan farqlashi lozim.
MHXSlar faqatgina moliyaviy hisobotlarga nisbatan qo‘llanilib, yillik hisobotda taqdim etilgan boshqa maʼlumotlarga, meʼyoriy maʼlumotlarga, yoki boshqa hujjatga nisbatan zaruriy tarzda qo‘llanilmaydi.
Shu tufayli, foydalanuvchilar MHXSlarga asosan tayyorlanadigan maʼlumotlarni foydalanuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan ammo ushbu talablar ostida bo‘lmagan boshqa maʼlumotlardan farqlay olishi muhimdir.
Xo‘jalik subʼekti har bir moliyaviy hisobotni va izohlarni aniq
belgilashi lozim. Shu bilan birga, xo‘jalik subʼekti quyidagi maʼlumotlarni aniq ajratib ko‘rsatishi va ularni taqdim etilgan maʼlumotlar tushunarli bo‘lishi uchun zarur bo‘lganda takrorlashi lozim:
a) Hisobot beradigan xo‘jalik subʼektining nomi yoki aniqlashning boshqa usullari va oldin keladigan hisobot davri oxiridan boshlab ushbu maʼlumotdagi har qanday o‘zgarish;
b) moliyaviy hisobotlar alohida xo‘jalik subʼektiga yoki xo‘jalik subʼektlari guruhiga tegishliligi;
v) hisobot davri oxirining sanasi yoki moliyaviy hisobotlar to‘plami yoki izohlar qamrab olgan davr;
g) MHXS 21 da taʼriflanganidek taqdimot valyutasi;
d) moliyaviy hisobotlarda miqdorlarni taqdim etishda foydalanilgan yaxlitlash darajasi. Minimum darajada, moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot quyidagi miqdorlarni aks ettiradigan satrlarda ko‘rsatiladigan moddalarini o‘z ichiga olishi lozim:
a) asosiy vositalar;
b) investitsion mulk;
v) nomoddiy aktivlar;
g) moliyaviy aktivlar((d), (z) va (b) larda keltirilgan miqdorlardan tashqari);
d) ulushbay ishtirok etish usulidan foydalangan holda hisobga olingan investitsiyalar;
ye) biologik aktivlar;
j) tovar-moddiy zaxiralar;
z) savdo bo‘yicha va boshqa debitorlik qarzlari;
i) naqd pullar va naqd pul ekvivalentlari;
y) MHXS 5 “ Sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar va tugatilgan faoliyatlar” ga muvofiq sotishga mo‘ljallangan sifatida tasniflangan aktivlar va sotishga mo‘ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqariladigan moddalarning guruhlariga kiritilgan aktivlar jami;
k) savdo bo‘yicha va boshqa kreditorlik qarzlari;
l) zaxiralar;
m) moliyaviy majburiyatlar ((k) va (l) larda keltirilgan miqdorlardan tashqari);
n) BHXS 12 «Daromad solig‘i» da taʼriflanganidek, joriy soliq
bo‘yicha majburiyatlar va aktivlar;
o) BHXS 12da taʼriflanganidek, muddati kechiktirilgan soliq majburiyatlari va muddati kechiktirilgan soliq aktivlari;
p) MHXS 5 ga muvofiq sotishga mo‘ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqariladigan moddalarning guruhlariga kiritilgan majburiyatlar;
r) kapital tarkibida aks ettirilgan nazorat kuchiga ega bo‘lmagan hissalar;
s) bosh xo‘jalik subʼektining mulk egalariga tegishli chiqarilgan kapital va zahiralar.
Xo‘jalik subʼekti moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot satrlarida ko‘rsatiladigan qo‘shimcha moddalarini, sarlavhalarni va jamilarni taqdim etishi lozim, qachonki bunday taqdim etish xo‘jalik subʼektining moliyaviy holatini tushunishda o‘rinli bo‘lsa.
Аgar xo‘jalik subʼekti o‘zining moliyaviy holati to‘g‘risidagi hisobotida joriy va uzoq muddatli aktivlarni hamda joriy va uzoq muddatli majburiyatlarni alohida turkumlar sifatida aks ettirsa, u muddati kechiktirilgan soliq aktivlarini (majburiyatlarini) joriy aktivlar (majburiyatlar) sifatida tasniflamasligi lozim.
Xo‘jalik subʼekti joriy va uzoq muddatli aktivlarni hamda joriy va uzoq muddatli majburiyatlarni o‘zining moliyaviy holati to‘g‘risidagi hisobotida alohida guruhlar sifatida taqdim etishi lozim, likvidlilik asosida taqdim etish ishonchli va o‘rinliroq bo‘lgan maʼlumotlarni taʼminlaydigan holat bundan mustasno. Аgar bu istisno qo‘llanilsa, xo‘jalik subʼekti barcha aktivlarni va majburiyatlarni ularning likvidliligi bo‘yicha taqdim etishi lozim.
Taqdim etishning qaysi usuli qabul qilinishidan qatʼiy nazar, xo‘jalik subʼekti:
a) hisobot davridan so‘ng o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan va
b) hisobot davridan so‘ng o‘n ikki oydan ortiq bo‘lgan davr mobaynida qoplanadigan yoki hisob-kitob qilinadigan miqdorlarni qamrab oladigan har bir aktiv va majburiyatning satrlarda ko‘rsatiladigan moddasiga nisbatan o‘n ikki oydan ortiq davrdan so‘ng qoplanadigan yoki hisob-kitob qilinadigan summani oshkor etishi lozim.
Xo‘jalik subʼekti aktivni joriy sifatida tasniflashi lozim, qachonki:
a) u o‘zining odatiy operatsion sikli davomida aktivni pulga aylantirishni mo‘ljallagan bo‘lsa, yoki uni sotishni yoki isteʼmol qilishni rejalashtirsa;
b) u asosan savdo uchun aktivni o‘zida saqlasa;
v) u aktivni hisobot davridan so‘ng o‘n ikki oy ichida pulga aylantirishni mo‘ljallagan bo‘lsa; yoki
g) aktiv (BHXS 7da taʼriflanganidek) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti bo‘lsa, bunda hisobot davridan so‘ng kamida o‘n ikki oy mobaynida aktiv almashtirilishi yoki majburiyatni so‘ndirish uchun foydalanilishi taqiqlanmagan bo‘lsa.
Xo‘jalik subʼekti boshqa barcha aktivlarni uzoq muddatli sifatida tasniflashi lozim.
Xo‘jalik subʼekti majburiyatni joriy sifatida tasniflashi lozim, qachonki:
a) u o‘zining odatiy operatsion sikli davomida majburiyatni so‘ndirishni mo‘ljallagan bo‘lsa;
b) u asosan savdo uchun majburiyatni o‘zida saqlasa;
v)majburiyat hisobot davridan so‘ng o‘n ikki oy ichida so‘ndirilishi lozim bo‘lsa; yoki
g) u majburiyatning so‘ndirilishini hisobot davridan so‘ng kamida o‘n ikki oy muddatga uzaytirish bo‘yicha shartsiz huquqqa ega bo‘lmasa.
Majburiyatning, kontragentning hohishi bo‘yicha, uni ulushli instrumentlar chiqarish orqali so‘ndirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan shartlari, uning tasniflanishiga taʼsir etmaydi.
Xo‘jalik subʼekti boshqa barcha majburiyatlarni uzoq muddatli sifatida tasniflashi lozim.
Xo‘jalik subʼekti, yoki moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda yoki izohlarda, uning faoliyatiga to‘g‘ri keladigan ravishda tasniflangan va aks ettirilgan, satrlarda ko‘rsatiladigan moddalarining ikkilamchi batafsilroq qilib tasniflangan moddalarini oshkor etishi lozim.
Ikkilamchi tasniflashda taqdim etiladigan tafsilot darajasi MHXSlarning talablariga va qamrab olingan moddalarning kattaligi, xususiyati va vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. Oshkor qilinadigan maʼlumotlar har bir modda uchun farqlanadi, masalan:
a) Аsosiy vositalar BHXS 16 ga muvofiq turkumlarga ajratiladi;
b) Debitorlik qarzlari xaridorlardan (savdo bo‘yicha) olinadigan schyotlar, o‘zaro aloqador tomonlardan olinadigan schyotlar, bo‘naklarga va boshqa to‘lov summalariga ajratiladi;
v) Tovar-moddiy zaxiralar, BHXS 2 “Tovar-moddiy zaxiralar”ga muvofiq, tovarlar, ishlab chiqarish zaxiralari, xom-ashyolar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar kabi tasniflarga ajratiladi;
g) zaxiralar (rezervlar) xodimlarga haq to‘lash bo‘yicha zaxiralar va boshqa moddalarga ajratiladi; va
d) aktsiyadorlik kapitali va zaxiralar (rezervlar) to‘langan kapital, qo‘shilgan kapital va zaxiralar kabi har xil turkumlarga ajratiladi.
Xo‘jalik subʼekti, yoki moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda yoki kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotda, yoki izohlarda, quyidagilarni oshkor etishi lozim:
a) aktsiyadorlik kapitalining har bir turkumi bo‘yicha:
- chiqarishga ruxsat etilgan aktsiyalar miqdori;
- chiqarilgan va to‘liq to‘langan aktsiyalar soni hamda chiqarilgan ammo to‘liq to‘lanmagan aktsiyalar soni;
- har bir aktsiyaning nominal qiymati, yoki aktsiyalar nominal qiymatga ega emasligi;
- muomaladagi aktsiyalar sonining davr boshiga va oxiriga solishtirmasi;
- ushbu turkumga biriktiriladigan huquqlar, imtiyozlar va cheklovlar, jumladan dividendlarni taqsimlash va kapitalni qaytarish bo‘yicha cheklovlar,
- xo‘jalik subʼekti yoki uning shuʼba yoki qaram xo‘jalik jamiyatlari egalik qilayotgan xo‘jalik subʼektidagi hissalari; va
- optsionlar va aktsiyalarni sotish shartnomalari bo‘yicha chiqarish uchun saqlanayotgan aktsiyalar, shu jumladan ularning shartlari va summalari;
b) kapitaldagi har bir zahira xususiyati va maqsadining tavsifi.
Аktsiyadorlik kapitaliga ega bo‘lmagan xo‘jalik subʼekti, masalan shirkat yoki trast, talab etilgan ekvivalent bo‘lgan maʼlumotlarni oshkor etishi lozim, bunda aktsiyadorlik ulushining har bir toifasidagi davr mobaynidagi o‘zgarishlarni va aktsiyadorlik ulushining har bir toifasiga biriktiriladigan huquqlar, imtiyozlar va cheklovlarni aks ettirgan holda.
Аgarda xo‘jalik subʼekti:
a) ulushli instrument sifatida tasniflangan qayta sotiladigan moliyaviy instrumentni, yoki
b) faqat likvidatsiya jarayonida xo‘jalik subʼektiga uning sof aktivlaridagi proportsional ulushni boshqa tomonga yetkazib berish majburiyatini yuklaydigan va ulushli instrument sifatida tasniflanadigan instrumentni moliyaviy majburiyatlardan kapitalga yoki kapitaldan moliyaviy majburiyatlarga qayta tasniflaganida, u bir toifadan boshqa toifaga qayta tasniflangan summani (moliyaviy majburiyatlardan kapitalga yoki kapitaldan moliyaviy majburiyatlarga) hamda ushbu qayta tasniflashning vaqtini va sababini oshkor etishi lozim.
Foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobot (umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobot), foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar boblariga qo‘shimcha tarzda, quyidagilarni taqdim etishi lozim:
a) foyda yoki zarar;
b) jami boshqa umumlashgan daromadlar;
v) jami foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlarni qamrab olgan holda, davr uchun umumlashgan daromadlar.
Аgar xo‘jalik subʼekti alohida foyda yoki zarar to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etsa, u umumlashgan daromadlarni aks ettiradigan hisobotda foyda yoki zarar bo‘limini taqdim etmaydi.
Xo‘jalik subʼekti, foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar boblariga qo‘shimcha tarzda, davr foydasi yoki zarari va boshqa umumlashgan daromadlarining taqsimlanishi sifatida quyidagi moddalarni oshkor etishi lozim:
a) quyidagilarga tegishli bo‘lgan davr foydasi yoki zarari:
- nazorat huquqini bermaydigan ulushlar, va
- bosh xo‘jalik subʼektining mulk egalari.
b) davr uchun quyidagilarga tegishli bo‘lgan umumlashgan daromadlar:
- nazorat huquqini bermaydigan ulushlar;
- bosh xo‘jalik subʼektining mulk egalari.
Аgarda xo‘jalik subʼekti foyda yoki zararni alohida hisobotda taqdim etsa, u (a) ni ushbu hisobotda taqdim etishi lozim.
Boshqa MHXSlarda talab etilgan moddalarga qo‘shimcha tarzda, foyda yoki zarar bo‘limi yoki foyda yoki zarar to‘g‘risidagi hisobot davr uchun quyidagi summalarni aks ettiradigan, satrlarda ko‘rsatiladigan moddalarini o‘z ichiga olishi lozim:
a) asosiy faoliyatdan olinadigan daromad;
b) amortizatsiyalangan qiymat bo‘yicha hisobga olinadigan moliyaviy aktivlarni tan olishni to‘xtatishdan yuzaga keladigan foyda va zararlar;
v) moliyaviy xarajatlar;
g) ulushli ishtirok usuli bo‘yicha hisobga olingan qaram xo‘jalik jamiyatlarining va qo‘shma korxonalarining foyda yoki zararidagi ulushi;
d) agar moliyaviy aktiv qayta tasniflanib, haqqoniy qiymat bo‘yicha hisobga olinadigan bo‘lsa, oldingi balans qiymati bilan uning qayta tasniflash sanasidagi haqqoniy qiymati o‘rtasidagi farqdan yuzaga keladigan har qanday foyda yoki zarar (MHXS 9 da taʼriflanganidek);
ye) soliq xarajati;
j) jami tugatilgan faoliyatlar bo‘yicha yagona.
Boshqa umumlashgan daromadlar bo‘limi davr uchun boshqa umumlashgan daromadlarning satrlarda ko‘rsatiladigan moddalarini taqdim etishi lozim, bunda ular xususiyati bo‘yicha tasniflangan (jumladan, ulushli ishtirok etish usuli bo‘yicha hisobga olingan qaram xo‘jalik jamiyatlarining va qo‘shma korxonalarning boshqa umumlashgan daromadlaridagi ulushi) va shunday guruhlarga guruhlangan bo‘lishi kerakki, ular boshqa MHXSlarga muvofiq:
a) keyinchalik foyda yoki zarar sifatida qayta tasniflanmaydi; va
b) muayyan shartlar bajarilgandan keyin foyda yoki zarar sifatida qayta tasniflanadi.
Xo‘jalik subʼekti foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlarni aks ettiradigan hisobot(lar)da qo‘shimcha satrlarda ko‘rsatiladigan moddalarini, sarlavhalarni va jamilarni taqdim etishi lozim, qachonki bunday taqdimot xo‘jalik subʼektining moliyaviy natijalarini tushunishda o‘rinli bo‘lsa.
Xo‘jalik subʼekti foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlarni aks ettiradigan hisobot(lar)da yoki izohlarda daromad yoki xarajatning har qanday moddalarini favqulodda moddalar sifatida aks ettirmasligi lozim.
MHXS boshqa hollarda talab etilmaguncha yoki ruxsat berilmaguncha, xo‘jalik subʼekti davr uchun daromad va xarajatning barcha moddalarini foyda yoki zararda tan olishi lozim.
Xo‘jalik subʼekti boshqa umumlashgan daromadlarning har bir moddasiga tegishli daromad solig‘i miqdorini, jumladan qayta tasniflash bo‘yicha tuzatishlarini, foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobotda yoki izohlarda oshkor etishi lozim.
Xo‘jalik subʼekti boshqa umumlashgan daromadlarning moddalarini:
a) tegishli soliq taʼsirlarini chegirgan holda, yoki
b) ushbu moddalarning ularga tegishli daromad solig‘i solinguncha bo‘lgan qiymatini alohida va umumiy daromad solig‘ining yagona summasini alohida ko‘rsatgan holda taqdim etishi mumkin.
Аgar xo‘jalik subʼekti (b) muqobilini tanlasa, u soliq summasini foyda yoki zarar bo‘limiga keyinchalik qayta tasniflanishi mumkin bo‘lgan moddalar va foyda yoki zarar bo‘limiga keyinchalik qayta tasniflanmaydigan moddalar o‘rtasida taqsimlashi lozim.
Xo‘jalik subʼekti boshqa umumlashgan daromadlarning tarkibiy qismlariga tegishli bo‘lgan qayta tasniflash bo‘yicha tuzatishlarni oshkor etishi lozim.
Daromad yoki xarajat moddalari ahamiyatli bo‘lsa, xo‘jalik subʼekti ularning xususiyatini va summasini alohida oshkor etishi lozim.
Daromad va xarajat moddalarining alohida oshkor etilishini talab etishi mumkin bo‘lgan holatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) tovar-moddiy zahiralarni sof sotish qiymatigacha yoki asosiy vositalarni qoplanadigan summasigacha kamaytirish hamda bunday kamaytirishlarning qayta tiklanishi holati;
b)xo‘jalik subʼekti faoliyati restrukturizatsiyasi va restrukturizatsiya xarajatlari bo‘yicha qilingan har qanday zaxiralarning tiklanishi;
v) asosiy vositalar moddalarining hisobdan chiqarilishi;
g) investitsiyalarning hisobdan chiqarilishi;
d) tugallangan faoliyatlar;
y) sud jarayonidagi hisob-kitoblar; va
j) qilingan zaxiralarning boshqa qayta tiklanishi.
Xo‘jalik subʼekti foyda yoki zararda tan olingan xarajatlar tahlilini ularning xususiyatiga yoki xo‘jalik subʼektidagi vazifasidan kelib chiqqan tasniflashdan foydalangan holda, bunda qaysi biri ishonchli va o‘rinliroq maʼlumotlarni taʼminlashiga qarab, taqdim etishi lozim.
Xarajatlar, moliyaviy natijalarning tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish maqsadida, tez-tez takrorlanishi, foyda yoki zarar keltirish potentsiali va ularni oldindan bilish mumkinligiga qarab farqlanishi mumkin bo‘lgan ikkilamchi turkumlarga tasniflanadi. Bunday tahlil ikkita shakldan birida taʼminlanadi.
Tahlilning birinchi shakli «xarajatning xususiyati» bo‘yicha tasniflash usulidir. Xo‘jalik subʼekti xarajatlarni foyda yoki zararda ularning xususiyatiga (masalan, eskirish, xom-ashyolar xaridi, transport xarajatlari, xodimlarga haq to‘lash va reklama xarajatlari) qarab birlashtiradi va ularni xo‘jalik subʼektidagi funktsiyalar bo‘yicha qayta taqsimlamaydi. Ushbu usul qo‘llash uchun oddiy bo‘lishi mumkin, chunki xarajatlarni funktsional turkumlarga taqsimlash zaruriyati yo‘q. Xarajatning xususiyati bo‘yicha tasniflash usulini qo‘llagan holda tasniflashga misol quyida keltirilgan:
Tahlilning ikkinchi shakli «xarajatning funktsiyasi» yoki «sotish tannarxi» usuli bo‘lib, u xarajatlarni sotish tannarxining tarkibiy qismi sifatida ularning vazifasiga qarab tasniflaydi, masalan, sotish yoki maʼmuriy xarajatlari. Xo‘jalik subʼekti ushbu usulda kamida o‘zining sotish tannarxini boshqa xarajatlardan alohida oshkor etadi. Ushbu usul foydalanuvchilarga xarajatlarning xususiyati bo‘yicha tasniflanishiga nisbatan o‘rinliroq maʼlumotlarni taʼminlashi mumkin, ammo xarajatlarni vazifalarga qarab taqsimlash ixtiyoriy taqsimlashlarni va ancha hukm chiqarishni talab etishi mumkin. Xarajatning funktsiyasi bo‘yicha tasniflash usulini qo‘llagan holda tasniflashga misol quyida keltirilgan:
Аsosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar X
Sotish tannarxi X
Yalpi foyda X
Boshqa daromadlar X
Sotish xarajatlari X
Аsosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar X
Boshqa daromadlar X
Tayyor mahsulotlar zaxiralaridagi va
tugallanmagan ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlar X
Foydalanilgan xom-ashyolar va materiallar X
Xodimlarga haq to‘lash xarajatlari X
Eskirish va amortizatsiya xarajatlari X
Boshqa xarajatlar X
Jami xarajatlar X
Soliqqacha bo‘lgan foyda X
Maʼmuriy xarajatlar X
Boshqa xarajatlar X
Soliqqacha bo‘lgan foyda X
Xarajatlarni funktsiyasi bo‘yicha tasniflaydigan xo‘jalik subʼekti xarajatlarning xususiyati, jumladan eskirish va amortizatsiya xarajatlari va xodimlarga haq to‘lash xarajatlari, bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni oshkor etishi lozim.
Kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot quyidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga oladi:
a) davr uchun jami umumlashgan daromad, bunda uning bosh xo‘jalik subʼekti egalariga va nazorat huquqini bermaydigan ulushlar egalariga tegishli jami miqdorlarni alohida ko‘rsatgan holda;
b) kapitalning har bir qismi uchun, MHXS 8 ga muvofiq tan olingan retrospektiv qo‘llashning yoki retrospektiv qayta hisoblashningtaʼsirlari; va
v) kapitalning har bir qismi uchun, davr boshidagi va oxiridagi balans qiymati o‘rtasidagi solishtirma, bunda quyidagilardan yuzaga keladigan o‘zgarishlarni alohida oshkor etgan holda:
- foyda yoki zarar;
- boshqa umumlashgan daromadlar; va
- mulk egalari bilan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi operatsiyalar, bunda mulk egalari tomonidan qilingan qo‘yilmalarni va ularga taqsimlangan summalarni hamda nazoratni yo‘qotishga olib kelmaydigan sho‘ba xo‘jalik jamiyatlaridagi egalik ulushidagi o‘zgarishlarni alohida ko‘rsatgan holda.
Kapitalning har bir qismi bo‘yicha xo‘jalik subʼekti yoki kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotda yoki izohlarda, boshqa umumlashgan daromadlarni moddama-modda tahlilini taqdim etishi lozim.
Xo‘jalik subʼekti yoki kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotda yoki izohlarda, davr mobaynida mulk egalariga taqsimotlar sifatida tan olingan dividendlar summasini va bitta aktsiyaga to‘g‘ri keladigan dividendlar summasini taqdim etishi lozim.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar, moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar xo‘jalik subʼektining pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatini hamda xo‘jalik subʼektining ushbu pul oqimlaridan foydalanish ehtiyojini baholashi uchun asos yaratadilar. BHXS 7 pul oqimlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarini taqdim etish va oshkor etish uchun talablarni belgilaydi.
Foydalanuvchilar moliyaviy hisobotlarni tushunishi va ularni boshqa xo‘jalik subʼektlarining moliyaviy hisobotlari bilan taqqoslashi oson bo‘lishi uchun, xo‘jalik subʼekti odatda izohlarni quyidagi tartibda taqdim etadi:
a) MHXSlarga muvofiqliq to‘g‘risida bildirish;
b) qo‘llanilgan muhim hisob siyosatlarining qisqa bayoni;
v) moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotlarda, foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobot(lar)da, kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotlarda va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlarda taqdim etilgan moddalar bo‘yicha yordamchi maʼlumotlar, bunda ularning tartibi har bir hisobot va har bir modda taqdim etiladigan tartibda bo‘ladi; va
g) boshqa oshkor etiladigan maʼlumotlar, jumladan:
- shartli majburiyatlar va tan olinmagan shartnoma majburiyatlari, va
- nomoliyaviy oshkor etishlar, masalan xo‘jalik subʼektining moliyaviy xatarni boshqarish maqsadlari va siyosatlar.
Xo‘jalik subʼekti muhim hisob siyosatlarining qisqa bayonida quyidagilarni oshkor etishi lozim:
a) moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda foydalanilgan baholash asoslari va
b) moliyaviy hisobotlarni tushunishda o‘rinli bo‘lgan qo‘llanilgan boshqa hisob siyosatlari.
Xo‘jalik subʼekti izohlarda quyidagilarni oshkor etishi lozim:
a) moliyaviy hisobotlarni chop etishga ruxsat etilishidan oldin taklif qilingan yoki eʼlon qilingan, ammo davr davomida mulk egalariga taqsimot sifatida tan olinmagan dividendlar summasi hamda bunday dividendlarning bitta aktsiyaga to‘g‘ri keladigan summasi; va
b) tan olinmagan har qanday kumulyativ imtiyozli dividendlar summasi.
Xo‘jalik subʼekti quyidagilarni oshkor etishi lozim, agarda moliyaviy hisobotlar bilan chop etilgan biror maʼlumotlarda oshkor etilmagan bo‘lsa:
a) xo‘jalik subʼektining doimiy yuridik adresi va uning yuridik shakli, uning tashkil etilgan mamlakati, uning ro‘yxatdan o‘tgan ofisning manzili (yoki biznesning asosiy joyi, agarda ro‘yxatdan o‘tgan ofisining adresidan farq qilsa);
b) xo‘jalik subʼekti operatsiyalari va asosiy faoliyati xususiyatining
tavsifi;
v) guruhning bosh xo‘jalik subʼekti va yakuniy bosh xo‘jalik subʼektining nomi; va
g) agar xo‘jalik subʼektining faoliyati muddati cheklangan bo‘lsa, uning faoliyatining muddati to‘g‘risidagi maʼlumotlar.



    1. Yüklə 1,2 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin