Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
Pul mаblаg‘lаri hisоbi vа tаhlilining mаqsаdi, vаzifаlаri, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni konseptual asoslari ochib berilgan;
Pul mаblаg‘lаri hisоbi vа tаhlilining mаqsаdi, vаzifаlаri vа аxbоrоt mаnbаlаri o‘rganildi;
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni konseptual asoslari ochib berildi;
Kоrxоnаdа pul mаblаg‘lаri hisоbini tаshkil etish tahlili amalga oshirldi;
Kompaniyaning pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumot moliyaviy hisobotni foydalanish o‘rganildi;
Pul oqimlari tahlilining to‘g‘ri va egri uslubi tahlil qilindi;
Pul mablag‘larining omilli tahlili ochib berildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarning amaliyotda qo‘llanilishi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzishga qo‘yilgan talablar va uning tamoyillarini modernizatsiyalashga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqilishiga olib kelishi mumkin.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan birinchi marta foydalanishning nazariy va amaliy muammolari ko’plab xorijiy va mahalliy olimlar va amaliyotchilarning, jumladan, Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R., D.E.Norbekov, A.N.Toʻrayev, Sh.Sh.Rahmonov, M.S.Abryutin, M.I.Bakanov, V.V.Bocharov, Yu.F.Brighham, J.A.Bakanov kabi asarlariga bag’ishlangan. V.V.Gluxov, A.Damodaran, L.V.Dontsova, B. Zvi, V.V.Kovalev, V.E.Leontiev, N.A.Nikiforova, N.P.Radkovskaya, G.V.Savitskaya, Yu.A.Sokolov, E.S.Stoyanov, K.Uolsh, A. D. Sheremet kabilarning asarlarida aks ettirilgan.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi.Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotlarni tuzishga bo’lgan talablar va uning tamoyillari mavzusida olib borilgan tadqiqotimizda tizimli tahlil, deduktsion va induktsion belgilash, ekspert baholari va boshqa usullar va metodlardan foydalanilgan.
Dostları ilə paylaş: |