KIRISH
Isloh qilish jarayonining boshlangʼich nuqtasi strategiyani
tanlab olishdan
iboratdir. Bu gʼoyat maʼsuliyatli va murakkab jarayon hisoblanadi. Umumiy
strategiyaga ega boʼlmay,
pirovard maqsadni qurmay turib, iqtisodiy isloh
qilishning taʼsirli chora-tadbirlarini belgilab boʼlmaydi.
Ijtimoiy - iqtisodiy
oʼzgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olish hozirgi isloh qilish
strategiyasining boshlangʼich nuqtasi boʼlib xizmat qiladi.
Bunda biz
markazlashtirilgan, maʼmuriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga oʼtish-eski xoʼjalik yuritish mexanizmini
shunchaki yangilash yoki
takomillashtirish emas, balki bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga oʼtish
ekanligini
qayta-qayta
taʼkidladik
Bu
bir
iqtisodiy
munosabatlar
va
tashqiliyboshqaruv tizimlarining boshqa iqtisodiy munosabatlar va tashqiliy-
boshqaruv tizimlari bilan almashinuvidir.
―Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish‖ fanini chuqur o‘rganish
orqali talabalar mamlakatimizning moliya munosabatlaridagi
ishtirokini
faollashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy
o‘sish sur‗atlarini
saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
oshirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali
mamlakatimiz iqtisodiyoti
tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish, iqtisodiy
hamkorlikni yanada rivojlantirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga
oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali
foydalanish borasida tegishli nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega
bo‘lishadi. Shu bilan birgalikda, mazkur
fanni mutaxassis kadrlarni
tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.