Inflyatsion risk. Inflyatsion iqtisodiyot sharoitida bunday risk turi moliyaviy risklarning mustaqil turi sifatida qaraladi. Inflyatsion risk kapitalning real qiymati, shuningdek, inflyatsiya sharoitida moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan kutilgan daromadlar qadrsizlanishi mumkinligi bilan tavsiflanadi.
Foiz riski.Bu risk turi moliya bozoridagi foiz stavkalarining kutilmagan oʻzgarishlari (depozit va kredit stavkalari boʻyicha) natijasida yuzaga keladi. Mazkur moliyaviy risk turi paydo boʻlish sabablari (agarda inflyatsion risk ta’siri boʻlmasa) sifatida davlatning tartibga solish siyosati ta’siri ostida moliya bozori kon’yukturasi oʻzgarishi, boʻsh pul mablagʻlariga taklifning oʻsishi yoki pasayishi va boshqa omillar koʻrsatib oʻtiladi.
Depozit riski.Bu risk depozit omonatlarining qaytmasligi (depozit sertifikatlarining qoplanmasligi) mumkinligida aks etadi. Depozit risklari nisbatan kutilmaganda va korxona depozit operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat bankini notoʻgʻri baholash hamda muvaffaqiyatsiz tanlash bilan bogʻliq hollarda uchraydi. Depozit riskining yuzaga kelish holatlari rivojlangan mamlakatlar amaliyotida kamdan-kam holatlarda uchraydi.
Kredit riskikorxona moliyaviy faoliyatida xaridorlarga tijorat krediti yoki iste’mol krediti taqdim etilgan holatlarda uchraydi. Kredit riskining yuzaga kelish kreditga berilgan tayyor mahsulot uchun toʻlov amalga oshirilmasligida yoki oʻz vaqtida hisob-kitoblar qilinmasligida koʻzga tashlanadi.
Soliq riski.Moliyaviy riskning bu turi quyidagilarda aks etadi: xoʻjalik faoliyatining alohida yoʻnalishlarini amalga oshirishga yangi soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar joriy etish ehtimoli; amaldagi soliqlar va majburiy ajratmalar stavkalarining oshish ehtimoli; alohida soliq toʻlovlari muddatlari va shart-sharoitlari oʻzgarishi; korxona xoʻjalik faoliyati sohasiga taqdim etilgan soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, soliq tekshiruvlari va boshqalar.
Valyuta riski.Bu risk turi tashqi iqtisodiy faoliyatda oʻziga xos boʻlgan korxonalarda (xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar import qiluvchi hamda tayyor mahsulot eksport qiluvchi korxonalarda) kuzatiladi. Depozit riski. Bu risk depozit omonatlarining qaytmasligi (depozit sertifikatlarining qoplanmasligi) mumkinligida aks etadi. Depozit risklari nisbatan kutilmaganda va korxona depozit operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat bankini notoʻgʻri baholash hamda muvaffaqiyatsiz tanlash bilan bogʻliq hollarda uchraydi.
http://fayllar.org