Moliyaviy siyosat



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə4/5
tarix24.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#89588
1   2   3   4   5
MOLIYAVIY SIYOSAT

Baho siyosati

Davlatning baho siyosati monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining korrektivka qilinishi (o‘zgartirilishi) orqali ifodalanadi. Yer, osti boyliklari, suv havzalari, temir yo‘llar, elektr uzatish tarmoqlari, neft va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari bahosining o‘sishi milliy xo‘jalik barcha boshqa sektorlarida baholarning o‘sishiga olib keladi. Bu yerda bog‘lanish shunchalik ayonki, hech qanday izohga hojat yo‘q. Shuning uchun ham baho siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi.

Investitsiya siyosati

  • Investisiya siyosati moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo‘nalishlaridan) biri bo‘lib, u eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining real sektoriga o‘z va xorijiy investisiyalarni jalb qilish uchun sharoitlarni yaratish bo‘yicha tadbirlar kompleksidan iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasini boshqarishning turli darajalarida amalga oshiriladi. Investision siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish mamlakatdan kapitalning chiqib ketmasligi va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi.

Sotsial moliyaviy siyosat

  • Sotsial moliyaviy siyosat Konstitusiyaga muvofiq mamlakat aholisining huquqlarini moliyaviy jihatdan ta'minlash bilan bog‘liq. Hozirgi paytda bu siyosat, o‘z navbatida, pensiya siyosati, immigrasion siyosat, aholi ayrim sosial guruhlariga moliyaviy yordam ko‘rsatish siyosati va boshqa siyosatlarni o‘z ichiga oladi.

Boj siyosati

  • Boj siyosatini moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi sifatida qarash bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida e'tiborga olish kerak. Chunki soliqlar va bojlar tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Bir vaqtning o‘zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta'sir ko‘rsatishning o‘ziga xos bo‘lgan usuliga ham egadir. Usulning o‘ziga xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki bozoriga import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi tomondan esa, mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini rag‘batlantirishi yoki unga to‘sqinlik qilishi mumkin. Masalan, mamlakatda o‘xshashi bo‘lmagan texnologik asbob-uskunani import qilishga 20% li boj yig‘imi o‘rnatilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarning investision imkoniyatlarini kamaytiradi, ichki ishlab chiqarishning o‘sish sur'atlarini pasaytiradi, import qilinadigan mahsulotlarning salmog‘ini oshiradi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin