«moliyaviy tahlil» kafedrasi ergasheva Nargiza Raimjon qizi


Auditorlik faoliyati milliy standartlarini xalqaro audit standartlariga



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/25
tarix05.10.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#152494
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
auditorlik faoliyatining milliy standartlarini amaliyotga qollash

3.2. Auditorlik faoliyati milliy standartlarini xalqaro audit standartlariga
muvofiqlashtirish istiqbollari va muammolari 
O’zbekiston 
Respublikasi 
iqtisodiyotining 
jahon 
iqtisodiy 
integratsiyasiga asta-sekin qo’shila borishi barcha sohada bo’lgani kabi 
auditorlik faoliyatida ham tub o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. 
Shu boisdan, auditni xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda 
O’zbe iston uchun tobora dolzarb ishga aylanmoqda.
Bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon 
bozoriga yanada chuqurroq kirib borishi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, 
iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik 
faoliyatini xalqaro standatlarga moslashtirishni taqozo qilmoqda. Bu borada 
auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilmoqda.
Hozirgi kunga kelib quyidagi auditning milliy standartlari tasdiqlangan: 

auditni rejalashtirish 

audit ishi sifatini nazorat qilish 

auditorlik tekshiruvini hujjatlashtirish 

muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi 

moliyaviy hisobotda bo’lgan boshqa ahborot 

ma'lumotlarning kompyuter ishlovi (MKI) sharoitida audit 

tahliliy taomillar 

auditorlik tanlash 

ekspert hizmatidan foydalanish 

moliyaviy 
hisobotning 
chalkashliklari 
aniqlanganida 
auditorlik 
tashkilotining ish tutishi 


54 

auditorlik tekshiruvini o’tkazishda me'yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya 
etishni tekshirish

ho’jalik yurituvchi sub'ekt faoliyati bilan tanishish 

auditorlik dalillari 

aloqador shaxslar o’rtasida bitimlar bo’yicha auditorlik dalillarini olish 
taomillari 

moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar

boshqa auditor ishi natijalaridan foydalanish 

auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik hulosasi 

mahsus savolni tekshirish natijalari bo’yicha auditor hisoboti 

auditorlik tashkilotlarining kasbga doir hizmatlari 
O’zbe iston Respublikasi auditorlik faoliyatining 3, 4, 5, 6, 9, 10, 11, 13, 
14, 16-son milliy standartlari «Auditorli faoliyati to’g’risida»gi O’zbe iston 
Respublikasi qonuni, O’zbe iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 
yil 10 iyundagi «Oliy Ma lisning XIV sessiyasida O’zbe iston Republikasi 
Prezidentining ma'ruzasida keltirilgan asosiy qoidalarni amalga oshirilishi 
chora-tadbirlari to’g’risida»gi 296-son qarori asosida ishlab chiqilgan va ular 
O’zbe iston Respublikasida auditorlik faoliyatini me'yoriy jihatdan tartibga 
solish unsuri bo’lib hisoblanadi. 
O’zbe iston Respublikasi auditorlik faoliyatining 25, 31, 50, 55, 56, 60,
70, 80, 90-son milliy standartlari «Auditorli faoliyati to’g’risida»gi 
O’zbe iston Respublikasi qonuni, O’zbe iston Respublikasi Vazirlar 
Mah amasining 
2000 
yil 
22 
senyabrdagi 
«Auditorli
faoliyatini 
takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlari rolini oshirish to’g’risida» 365-son 
qaroriga asosan ishlab chiqilgan va ular O’zbe iston Respublikasida auditorlik 
faoliyatini me'yoriy tartibga solish elementi hisoblanadi. 
Respublikamizda auditorlik faoliyatining 10 dan ortiq standartlari ishlab 
chiqilgan. Ushbu standartlar O’zbe iston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan va amaliyotga joriy qilingan. O’zbe iston Respublikasi 


55 
Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan auditorlik faoliyatining milliy 
standartlari respublikamizda auditorlik faoliyatini yuritishda muhim me'yoriy 
hujjat hisoblansada, ammo ushbu me'yoriy hujjatlarning ishlab chiqilishida 
talaygina muammolar mavjud. 
O’zbe iston Respublikasida qabul qilingan va qabul qilinayotgan 
auditorlik 
faoliyatining 
milliy 
standartlarida 
uchraydigan 
eng 
katta 
kamchiliklardan biri - bu mazkur standartlar asosan xalqaro standartlardan huddi 
nusha ko’chirgan holatdagidek ishlab chiqilgan. Ma'lumki, respublikamizda 
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda o’zimizga hos va o’zimizga mos yo’lni 
tanlaganmiz. Shu boisdan barcha faoliyat turlarida qonuniy asoslarni barpo etar 
ekanmiz, avvalo, mana shu jihatni inobatga olishimiz lozim. Bu boradagi 
ishlarni yoritib berish maqsadida audit ishi sifatini nazorat qilishga 
bag’ishlangan xalqaro va milliy standartlarning farqli va o’xshash tomonlarini 
solishtirib chiqish maqsadga muvofiqdir. 
«Audit ishi sifatining nazorati» nomli xalqaro standart buhgalterlar 
xalqaro federatsiyasi doirasida faoliyat yuritayotgan xalqaro auditorlik qo’mitasi 
tomonidan ishlab chiqilgan. U auditorli standartlari tizimining «Vazifalar» 
bo’limiga 220-raqam bilan kiritilgan. hozirgi paytda O’zbe istonda «Auditor 
ishi sifatining nazorati» Moliya vazirligining 1999 yil 4 avgustdagi 62-son 
buyrug’i bilan tasdiqlangan. Bu standartlarni bilish va ularni qo’llanilishi 
amaliyotida auditorlar va auditorlik tashkilotlarining malakaviy darajasini 
ko’rsatadi.
Shunga asosan aksariyat auditorlik firmalari, ayniqsa, yirik firmalar bu 
standartlardan keng foydalanmoqda va tekshirish uchun Shartnoma, audit 
bitimlari tuzishda shu standartga asoslanmoqda. 
Xalqaro ta ribani o’rganish maqsadida, shuningde uni O’zbe istonda 
auditorlik faoliyatiga tatbiq qilish sababli milliy va xalqaro standartlarning 
talablarini qiyoslash juda muhimdir. 


56 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin