40
O'zaro bog’liq shahslar va ular o'rtasidagi bitimlarni aniqlash uchun
auditor quyidagilarni amalga oshirishi kerak bo'ladi:
a) ho'jalik sub'ektining rahbaridan barcha o'zaro bog’liq shahslarni
aniqlashi, o'tgan davr mobaynida ushbu shahslar bilan qandaydir bitimlar
tuzilganmi, ho'jalik yurituvchi sub'ektda o'zaro bog’liq shahslar bilan tuzilgan
bitimlarning ro'yhatga olishni tegishli usuli bormi va ushbu holatlar hisobotda
to'g’ri aks ettiriladimi. Agar ko'rsatilgan usullardan foydalanilsa, ularga baho
berish lozim;
b) ho'jalik sub'ektining faoliyatiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan yirik
aksionerlarni aniqlash maqsadida aksionerlar reestrini o'rganib chiqish;
v) boshqa korxonalarning direktorlari va hizmatchilarining mijozga ishga
o'tishining sabablarini o'rganib chiqish;
g) avval o'tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bilan tanishib chiqish;
d) asosiy sotib oluvchilar, etkazib beruvchilar, debitorlar va kreditorlar
faoliyatining tusi va hajmini o'rganib chiqish.
Yuqorida aytib o’tganimde 13-son auditorlik milliy standarti ham
auditorli dalillarini olish bilan bog'liq milliy standartlarga ham misol bo’la
oladi.
Dostları ilə paylaş: