4
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi.
Xozirda mamlakatimizda olib
borilayotgan tub iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyotning barcha sohalari
rivo lanib bormoqda. Bunda uchli fuqaroli amiyatini sha llantirish yo’lida
bеlgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan
ulkan vazifalar
mustahkam zamin yaratmoqda.
Iqtisodiyotni mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga
ega bo’lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur'atlariga erishish Vatanimiz
taraqqiyoti va xalq farovonligini ta'minlashning muxim shartlaridan xisoblanadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganligi tufayli iqtisodiy islohotlarni
bosqichma-bosqich amalga oshirish, bozor iqtisodiyotining
huquqiy asoslari,
demokratik davlat qurish va uni rivojlantirishning shart-sharoitlari yaratildi. Shu
bilan birga bu jarayonda bozor iqtisodiyotining obyektiv qonun va kategoriyalari
talablaridan kelib chiqqan holda jahon mamlakatlaridagi hisob, audit ishlarining
integratsiyalashuviga erishish borasida huquqiy baza yaratilmoqda. Shuningdek,
jamiyat hayotidagi ijobiy o'zgarishlarni hisobga olgan holda ulardan ijobiy
foydalanilmoqda. Bu borada mamlakatimizda iqtisodiy
rivojlanishning ustuvor
yo'nalishlari aniq belgilanib, iqtisodiyotni va xo’ ali yurituvchi subyektlar
faoliyatini erkinlashtirishda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida
buxgalteriya hisobi
va auditning nazariy, tashkiliy va amaliy jihatlari bozor iqtisodiyoti
munosabatlari talablaridan kelib chiqqan holda ko'rib chiqilishi lozim.
Uning
nazariy, amaliy, huquqiy jihatlari bilan birgalikda iqtisodiy nazoratni amalga
oshiradigan auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ham tub iqtisodiy
islohotlarning tarkibiy qismi ekanligi ko'zga tashlanmoqda.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy
nuqtalaridan biri bozor
iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Bu borada
Prezidentimiz Islom Karimov shunday deydi:
«Bozor infrastrukturasini yaratish va uning faoliyatiga hos jarayonlarni
tartibga solishni ta'minlaydigan qonun me'yorlari faol shakllantirilib borildi.
5
Ularning asosiy qoidalari banklar va bank faoliyati to’g’risidagi,
pul tizimi
to’g’risidagi, tadbirkorlik to’g’risidagi, sug’urta to’g’risidagi, birja va birja
faoliyati to’g’risidagi, auditorlik faoliyati to’g’risidagi, qimmatli qog’ozlar va
fond birjasi to’g’risidagi va boshqa qonunlarda o'z aksini topdi. Ushbu qonunlar
qabul qilinishi bilan respublikada bozor mehanizmlarini rivojlantirish uchun
mustahkam poydevor yaratildi»
1
.
Darhaqiqat, bozor infratuzilmasini barpo
etish va uning faoliyatini
jadallashtirish bevosita qonuniy-me'yoriy asoslarni ishlab chiqishga bog’liq.
Bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan auditorlik
tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirishda qonuniy-me'yoriy
asoslarga muhim e'tibor qaratish lozim.
Dostları ilə paylaş: