bonkaga rejalashtirilganidan kam ishlab chiqarilgan. Mazkur o’zgarishga mos ravishda mahsulot(ish, xizmat)lar hajmining qiymati ham ma’lum miqdorga kamaygan. Natijada, olma va nok sharbatlari qiymatining biznes reja ma’lumotlari (270 va 360 ming so’m), uzum sharbatining haqiqatda ishlab chiqarilgan hajmi (168 ming so’m) assortimentga qabul qilingan. Shu boisdan, assortimentga qabul qilingan umumiy mahsulot(ish, xizmat)lar hajmi 798 ming so’mni tashkil etgan.
Yuqoridagi ma’lumotlarga asosan, assortiment rejasining bajarilishi 95,0 foizni tashkil etib, bunga uzum sharbatining hisobot davrida ma’lum miqdorga kam ishlab chiqarilganligi sabab bo’lgan. Ammo, xo’jalik yurituvchi sub’ektining assortiment rejasi 100 foizga bajarilmagan bo’lsada, hisobot davrida mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish rejasi 108,6 foiz ((912/840)*100)ga bajarilgan. Bu xo’jalik yurituvchi sub’ekti uchun ijobiy holat hisoblanadi.
Uzum sharbatining belgilangan rejadan kam ishlab chiqarilgani bois, xo’jalik yurituvchi sub’ekti 42 ming so’mlik (168-210) pul tushumiga ega bo’lish imkoniyati boy berilgan. Natijada, 5 foiz ((42/840)*100) assortiment rejasi bajarilmagan.
Umuman, iqtisodiy tahlilda assortiment hisobiga mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarishni tartibga keltirish uchun iste’molchilarning istiqboldagi ehtiyojlarini, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini, o’z vaqtida yangi tovarlar turini yaratish ishlarini, ma’naviy eskirgan va iqtisodiy jihatdan kam foyda keltirayotgan mahsulot(ish, xizmat)larni chiqarib tashlash, mahsulot assortimentining o’zgarishidagi xavf-xatarni oldindan ko’ra bilish qobiliyatini shakllantirishini amalga oshirishi zarur.