Strukturaviy o’zgarish hisobiga aniqlangan mahsulot(ish, xizmat)lar hajmi (xs).
;
Olma sharbati bo’yicha (os) ming so’m.
Nok sharbati bo’yicha (rs) ming so’m.
Uzum sharbati bo’yicha (ts) ming so’m.
Jadval ma’lumotlariga binoan xo’jalik sub’ektida ishlab chiqarilayotgan mahsulot(ish, xizmat)larning strukturaviy o’zgarishi natijasida ishlab chiqarish hajmi hisobot davrida 12 ming so’mga kamaygan. Biznes reja ma’lumotlari bo’yicha jami 840 ming so’mlik mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo’lib, bu ko’rsatkich haqiqatda 912 ming so’mni tashkil etgan. Strukturaviy o’zgarish hisobiga 924 ming so’mlik mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarishi zarur edi. Bu ma’lumotlar xo’jalik yurituvchi sub’ektining mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish strukturasini o’zgarishi faoliyatga salbiy ta’sirini ko’rsatganligidan dalolatdir.
Mahsulot(ish, xizmat)lar nomenkulaturasi va assortimentining tahlili
Xo’jalik yuritish sub’ektlari mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarishni iste’molchilar bilan tuzilgan shartnoma talablari asosida, nomenkulatura va assortimentlarda ham bajarishi zarur. Sababi, mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarishni nomenklatura va assortimentda bajarilishi iste’molchilarni ularga bo’lgan talabini to’laroq qondiribgina qolmasdan, bozor mo’l-ko’lligini ta’minlaydi.
Mahsulot(ish, xizmat)lar assortimenti - ularning ma’lum bir belgilari, ya’ni navi, o’lchami, markasiga qarab turlarga ajratiladigan mahsulot(ish, xizmat)lar xilidir.
Mahsulot(ish, xizmat)lar nomenklaturasi deb, tovarlarning guruhlarini belgilashda hamda hisobga olishda qabul qilingan ro’yxatiga aytiladi. Masalan, ruchka, qalam, daftar kabilar mahsulot nomenklaturasini tashkil qilsa, ularning ranglari, turlari bo’yicha ajratilgani, ya’ni qizil, ko’k, yashil rangli ruchka, qalamlar yoki umumiy, oddiy daftar tovar assortimentini bildiradi.
Mahsulot(ish, xizmat)lar nomenklaturasi va assortimenti tahlilida o’rtacha assortiment rejasining bajarilishi (xa) quyidagi formula asosida aniqlanib, o’rganiladi:
;
Assortimentga qabul qilingan mahsulot (ish, xizmat) hajmi, har bir tovar assortimenti qiymatining rejalashtirilgan va haqiqatdagi ma’lumotlaridan eng kichigini olish orqali aniqlanadi (11-jadval).
11-jadval ma’lumotlari asosida assortiment rejasining bajarilishi quyidagicha bo’lgan:
15-jadval ma’lumotlariga binoan, xo’jalik yurituvchi sub’ekti uch turdagi, ya’ni olma, nok, uzum sharbatlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan bo’lib, hisobot davrida ulardan nok va olma sharbatlarini rejalashtirilganidan mos ravishda 20 (140-120) va 20 (120-100) shartli bonkaga ortig’i bilan bajargan. Uzum sharbati esa, 20 (100-80) shartli