37-jadval
“Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining davr xarajatlarini tahlili
(ming so’m hisobida)
№
|
Ko’rsatkichlar
|
O’tgan yili
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
summa
|
foiz
|
summa
|
foiz
|
summa
|
foiz
|
1.
|
Sotish xarajatlari
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
2.
|
Ma’muriy xarajatlar
|
8273
|
11,0
|
11375
|
9,2
|
+3102
|
-1,8
|
3.
|
Boshqa operasion xarajatlar
|
67314
|
89,0
|
111769
|
90,8
|
+44455
|
+1,8
|
4.
|
Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
|
Jami davr xarajatlari
|
75587
|
100,0
|
123144
|
100,0
|
+47557
|
-
|
Yuqoridagi jadval ma’lumotlariga binoan, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining davr xarajatlari hisobot davrida 123144 ming so’mni tashkil etib, bu o’tgan yilga nisbatdan 47557 (123144-75587) ming so’mga ko’p bo’lgan.
Davr xarajatlari tarkibida asosan boshqa operasion va ma’muriy sarflari bo’lib, ularning salmog’i mos ravishda hisobot yilida 90,8 hamda 9,2 foizlarni tashkil etgan.
Tahlil natijalariga binoan, davr xarajatlari faoliyat davomida yuzaga keluvchi xarajatlar hisoblanib, uni bartaraf etish mumkin emas. Shu boisdan, bu xarajatni kamaytirish imkoniyatlari bo’lsa undan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromadlari yuzasidan “Moliyaviy natjalar to’g’risida”gi hisobotda to’liq ma’lumotni olish imkoniyati bo’lmay, ular to’g’risida umumlashgan ko’rsatkich keltirilgan. Shunday bo’lsada, asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromadlari quyidagi ko’rsatkichlar asosida shakllanib, ular to’g’risida maxsus bilimga ega bo’lishni taqozo etadi:
Ortiqcha asosiy vositalarini sotishdan olgan foydasi;
Ortiqcha nomoddiy aktivlarini sotishdan olgan foydasi;
Ortiqcha materiallarini sotishdan olgan foydasi va boshqalar.
Yuqoridagi ko’rsatkichlar bilan mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan foyda(zarar)ni chegirish(qo’shish) orqali xo’jalik yurituvchi sub’ektining asosiy faoliyatidan olingan moliyaviy natijasi aniqlanadi va ularning ta’siriga baho beriladi.
|