Moliyaviy tahlil


Moliyaviy natijalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o’zgarishini tahlili



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə70/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

8.Moliyaviy natijalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o’zgarishini tahlili
“Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot va uni to’ldirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli Yo’riqnomasi asosida belgilanadi.
“Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobotga ko’ra, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijasi quyidagilar asosida shakllanadi:
    • Asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natija;


    • Moliyaviy faoliyatdan olingan moliyaviy natija;


    • Favqulotdagi moliyaviy natija;


Asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natija quyidagicha aniqlanadi (Fa):


;
Bu erda:
Fms-mahsulot(ish, xizmat)lar sotishdan moliyaviy natija;
Xd-jami davr, ya’ni sotish, ma’muriy, boshqa operasion, kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari;
Fba-asosiy faoliyatning boshqa daromadlari.
Moliyaviy faoliyatdan olingan moliyaviy natija quyidagicha aniqlanadi (Mf):

Bu erda:


Mfd-moliyaviy faoliyatdan olingan, ya’ni divident shaklidagi, foizlar ko’rinishidagi, uzoq muddatli ijara(moliyaviy lizing)dan, valyuta kursidagi ijobiy tafovutlar va boshqa Shu kabi daromadlar;
Mfz-moliyaviy faoliyatdan, ya’ni foizlar shaklidagi, uzoq muddatli ijara(moliyaviy lizing)dan, valyuta kursidagi salbiy tafovutlar va boshqa Shu kabi xarajatlar.
Favqulotdagi moliyaviy natija xo’jalik yurituvchi sub’ektining odatdagi faoliyatidan aniq farq qiladigan, Shuningdek, tez-tez yoki muntazam (uch yil davomida) sodir bo’lmaydigan, faoliyatida rejalashtirilmagan hamda tabiyat qonuniyatlari asosida yuzaga kelgan xarajatlari yoki daromadlariga ko’ra shakllanadi.
“Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shakli amaldagi “Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to’g’risida”gi Nizomga asosan, xalqaro hisob andozalari talablariga ko’ra mazmunan boyitilgan bo’lib, unda xo’jalik yurituvchi sub’ektning foyda yoki zararlari to’g’risidagi ma’lumotlari umumlashtirilib, quyidagicha tahlil etiladi (31-jadval):

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin