Debitorlik qarzlari aylanishini omilli tahlili
Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida debitorlik qarzlarining aylanish davrini o’rganib, ularni necha kunda undirib olinayotganligi bilish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega.
Debitorlik qarzlarini aylanishiga baho berayotganda bir qator quyidagi ko’rsatkichlarni yillar bo’yicha dinamik o’zgarishiga omilli baho beriladi (36-jadval):
1. Debitorlik qarzlarini aylanish koeffisienti (Dk);
2. Debitorlik qarzlarining aylanish salmog’i koeffisienti (Ds);
3. Debitorlik qarzlarini aylanish davri kun o’lchov birligida hisobga olinib, quyidagicha aniqlanadi (Da).
yoki
41-jadval ma’lumotlariga binoan, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining debitorlik qarzlarining aylanish koeffisienti hisobot davrida 2,6 birlikni tashkil etib, bu bir so’mlik debitorlik qarzlari hisobiga 2,6 so’mlik mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan sof tushum to’g’ri kelganligini bildiradi. Bu ko’rsatkich o’tgan yili 3,7 koeffisientni tashkil etib, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining mazkur masaladagi faoliyatini ijobiy baholamaydi. Ushbu ko’rsatkichga mos ravishda debitorlik qarzlarining aylanish salmog’i koeffisienti ham hisobot davrida 0,4 birlikni tashkil etdi. Bu, o’tgan yilga nisbatdan 0,1 (0,4-0,3) koeffisientga ko’p. Debitorlik qarzlarini aylanish salmog’i koeffisienti uning aylanish koeffisienti bilan teskari proporsional bog’liqligini inobatga olsak natija ijobiy emas.
41-jadval
“Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektida debitorlik qarzlarining aylanishini tahlili
Dostları ilə paylaş: |