Rentabellik ko’rsatkichlari va ularga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Rentabellik – xo’jalik yurituvchi sub’ektning foydalik darajasini xarakterlab, odatda uning bir necha turlari mavjud.
Xususan:
1. Asosiy vositalar rentabelligi (Ra);
Asosiy vositalar rentabelligi har bir yoki ming so’mlik asosiy vosita hisobiga to’g’ri keladigan sof foyda summasini xarakterlab, quyidagicha aniqlanadi:
Ushbu ko’rsatkich joriy aktivlarning har bir yoki ming so’miga to’g’ri keladigan sof foydani xarakterlab, quyidagicha aniqlanadi:
Bu ko’rsatkich xo’jalik yurituvchi sub’ektning jami mulkining foydalilik darajasini xarakterlovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanib, quyidagicha aniqlanadi:
O’z mablag’lar manbai rentabelligi xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’ziga qarashli bo’lgan mablag’larning foydalilik darajasini anglatib, quyidagicha aniqlanadi:
Sotish bo’yicha rentabellik, xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan sotilgan mahsulot(ish, xizmat)larning foydalik darajasini xarakterlab, boshqa rentabellik ko’rsatkichlaridan farqli ravishda quyidagicha aniqlanadi:
Rentabellik ko’rsatkichlari foydaning yuzaga chiqish o’rni bilan bevosita bog’lanib, birlik omillar bo’yicha aniqlanib, tahlil etiladi (38-jadval).
38-jadval
“Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektning rentabellik ko’rsatkichlari va ularning o’zgarishini tahlili
№
|
Ko’rsatkichlar
|
O’tgan yil
|
Hisobot yil
|
Farqi (+,-)
|
1
|
Hisobot davrining sof foydasi
|
41169
|
192 789
|
+151 620
|
2
|
Mahsulot(ish, xizmat)lar sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natija
|
129576
|
364 541
|
+234 965
|
3
|
Mahsulot(ish, xizmat)lar sotishdan tushgan sof tushum
|
605821
|
999 312
|
+393 491
|
4
|
Asosiy vositalar qiymati
|
138395
|
114 677
|
-23 718
|
5
|
Joriy aktivlar qiymati
|
309846
|
793 883
|
+484 037
|
6
|
Jami mol-mulk
|
454739
|
943 138
|
+488 399
|
7
|
O’z mablag’lar manbalari
|
300212
|
453 890
|
+153 678
|
8
|
Asosiy vositalar rentabellig, % ((1/5)*100)
|
29,7
|
168,1
|
+138,4
|
9
|
Joriy aktivlar rentabelligi, % ((1/6)*100)
|
13,3
|
24,3
|
+11,0
|
10
|
Jami mol-mulkning rentabelligi, % ((1/7)*100)
|
9,1
|
20,4
|
+11,3
|
11
|
O’z mablag’lar manbai rentabelligi, % ((1/8)*100)
|
13,7
|
42,5
|
+28,8
|
12
|
Mahsulot(ish, xizmat)lar sotish buyicha rentabellik, % ((2/3)*100)
|
21,4
|
36,5
|
15,1
|
38-jadval ma’lumotlariga ko’ra, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektning rentabellik ko’rsatkichlari hisobot davrida o’tgan yilga nisbatan o’sgan. Bu “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining faoliyati samaradorligidan dalolat bermoqda.
Xususan:
- asosiy vositalar rentabelligi 168,1 foizni tashkil etib, bu ko’rsatkich o’tgan yildan 138,4 (168,1-29,7) foizga ko’p;
- joriy aktivlar rentabelligi ham hisobot davrida o’tgan yildan 11,0 (24,3-13,3) foiza ortgan;
- jami mol-mkulk rentabelligi hisobot yili 20,4 foizni tashkil etib, o’tgan yildan 11,3 foizga (20,4-9,1) ko’p bo’lgan;
- o’z mablag’lar manbai rentabelligi hisobot davrida 28,8 foiz (42,5-13,7)ga ko’paygan;
- mahsulot(ish, xizmat)lar rentabelligi ham hisobot yili 15,1 foiz(36,5-21,4)ga ortgan.
Yuqoridagi ijobiy natijalarga “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining hisobot davridagi sof foydasini 151620 (192789-41169) ming so’mga o’sishi katta ta’sir etgan. O’ylaymizki, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti bunday faoliyatini yanada samarali davom ettirishi maqsadga muvofiqdir. Faoliyatini yanada samarali davom ettirishda xo’jalik yurituvchi sub’ektning rentabellik ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir etgan omillarni o’rganish muhim ahamiyatga ega (39-jadval).
39-jadval
“Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining aktivlari rentabelligini omilli tahlili
Ko’rsatkichlar
|
O’tgan yil
|
Shartli ko’rsatkich
|
Hisobot yil
|
Jami o’zgarish
|
Shu jumladan:
|
sof foydaning o’zgarishi hisobiga
|
aktivlar-ning o’zgarishi hisobiga
|
1. Asosiy vositalar rentabelligi (Rash), %
|
29,7
|
139,3
|
168,1
|
+138,4
|
+109,6
|
+28,8
|
2. Joriy aktivlar rentabelligi (Rjsh), %
|
13,3
|
62,3
|
24,3
|
+11,0
|
+49,0
|
-38,0
|
Hisob-kitoblar:
1. Asosiy vositalar rentabelligining shartli ko’rsatkichi;
1.1. Sof foydaning o’zgarishi hisobiga asosiy vositalar rentabelligining o’zgarishi;
1.2. Asosiy vositalar qiymatining o’zgarishi hisobiga.
2. Joriy aktivlar rentabelligi.
2.1. Sof foydaning o’zgarishi hisobiga:
2.2. Joriy aktivlar qiymatining o’zgarishi hisobiga.
39-jadval ma’lumotlariga ko’ra, asosiy vositalar va joriy aktivlarning rentabelligi hisobot davrida o’tgan yilga nisbatdan o’sgan bo’lib, ularga sof foyda hamda aktivlar qiymatining o’zgarishi ta’sir etgan.
Xususan, asosiy vositalar rentabelligi sof foydaning hisobot yili o’tgan davrga nisbatdan 151620 (192789-41169) ming so’mga ortishi hisobiga 109,6 foizga ortgan. Asosiy vositalar qiymatining hisobot davrida 23718 (114677-138395) ming so’mga kamayishi hisobiga esa uning rentabelligi 28,8 foizga o’sgan. Natijada asosiy vositalar rentabelligi hisobot davrida o’tgan yilga nisbatdan jami 138,4 (168,1-29,7 yoki 109,6+28,8) foizga ortgan.
Shu jumladan, joriy aktivlarning rentabelligi hisobot davrida sof foydaning ortishi hisobiga 49,0 foizga o’sgan. Joriy aktivlar qiymatining hisobot davrida 484037 (793883-309846) ming so’mga ortishi hisobiga ularning rentabelligi 38,0 foizga pasaygan. Natijada, ikki omil yig’indisi hisobiga jami o’zgarish hisobot yilida 11,0 foiz(49,0+(-38,0))ni tashkil etgan.
Yuqoridagi ma’lumotlarga asosan, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining asosiy vositalari rentabelligini ijobiy baholash mumkin. Joriy aktivlar rentabelligini oshirishda esa, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti buxgalteriya balansidagi tayyor mahsulot (170-satr), debitorlik qarzlari (210-satr) kabi qator ko’rsatkichlarning kamaytirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
|