Moliyaviy tahlil


-jadval “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektda moliyaviy natijalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o’zgarishlarini tahlili



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə71/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

35-jadval
Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektda moliyaviy natijalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o’zgarishlarini tahlili




Kursatkichlar


Yil boshiga


Yil oxiriga


O’zgarishi (+,-)


ming sum


%


ming sum


%


ming sum


%

1

Mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natija, (2-shakl, 030-satr)

129576

240,0

364541

151,0

+234965

-89,0

2

Jami davr xarajatlari, (2-shakl, 040-satr)

75587

140,0

123144

51,0

+47557

-89,0

3

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari

-

-

-

-

-

-



4


Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi (2-shakl, 100-satr yoki 1-2+3)


53989


100,0


241397


100,0


+187408


-

5

Moliyaviy faoliyatning daromadlari (2-shakl, 110-satr)

-

-

-

-

-

-

6

Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar (2-shakl, 170-satr)

-

-

-

-

-

-



7


Moliyaviy faoliyatdan olingan moliyaviy natija (5-6)


-


-


-


-


-


-


8


Favqulotdagi moliyaviy natija(2-shakl, 230-satr)


-


-


-


-


-


-


9


Foyda solig’ini to’lagunga qadar moliyaviy natija (2-shakl, 240-satr yoki 4±7±8)


53989


100,0


241397


100,0


+187408


-

10

Foydadan soliq va boshqa soliqlar hamda yig’imlar (2-shakl, 250-260-satrlar)

12820

23,7

48608

20,1

+35788

-3,6

11

Hisobot davrining sof foydasi (2-shakl, 270-satr yoki 9-10)

41169

76,3

192789

79,9

+151620

+3,6


35-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektning sof foydasi hisobot yilida 192789 ming so’mni tashkil etib, bu ko’rsatkich o’tgan yildan 151620 (192789-41169) ming so’mga ko’p. Bu, xo’jalik yurituvchi sub’ekti uchun ijobiy holat hisoblanadi.

Hisobot davrida sof foydaning 151620 ming so’mga ortishida asosan mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan foydaning yil oxirida 364541 ming so’mni tashkil etishi sabab bo’lgan. Negaki, hisobot davrida mahsulot(ish, xizmat)lar sotishdan olingan foyda o’tgan yilga nisbatdan 234965 (364541-129576) ming so’mga ko’p bo’lgan.


Yuqoridagi ijobiy holatlar bilan birga, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining jami davr xarajatlari ham hisobot davrida 47557 (123144-75587) mig so’mga ortgan. Bu, odatiy hol. Sababi, mahsulot(ish, xizmat)lar sotishdan olingan foydaga mos ravishda jami davr xarajatlari ham ortgan.
Moliyaviy natijalarning shakllanishida boshqa, ya’ni moliyaviy faoliyatdan, favqulotda olingan foyda yoki zarar ko’rsatkichlarning ta’siri bo’lmaga.
“Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining moliyaviy natijalarini vertikal tahliliga ko’ra, hisobot davrida mahsulot(ish, xizmat)lar sotishdan foydasi 151 foiz(soliq to’laguniga qadar foydasiga nisbatdan)ni tashkil etib, 51 foizi davr xarajatlari hissasiga to’g’ri kelgan. Bu ko’rsatkichlar o’tgan yilda mos ravishda 240 va 140 foizlarni tashkil etgan. Natijada, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti hisobot davrida erishgan 100 foizlik foydasidan 20,1 foiz soliq to’lagan va 79,9 foiz sof foydaga erishgan. Ushbu ko’rsatkich, o’tgan yili mos ravishda 100/23,7/76,3 taqsimotda bo’lgan.
Tahlil natijalariga binoan, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining hisobot davridagi faoliyatini ijobiy baholash mumkin.

9.Mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan moliyaviy natija va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy natijalarini shakllanishida asosiy daromadni mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda tashkil etadi. Shu sababli, xo’jalik yuritish sub’ektining mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olgan yalpi foydasi omilli tahlil etilib, uning o’tgan yillarga nisbatan o’zgarishiga baho beriladi.

Mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda ularni sotishdan sof tushumdan tannarxini chegirish asosida aniqlanadi. Shu boisdan, mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxi, bahosi, hajmi ularni sotishdan yalpi foydaning o’zgarishiga ta’sir etadi.


Mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foydaning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagicha ifodalanadi:

Ko’rsatkichlar


O’tgan yil


Shartli ko’rsatkich


Hisobot yil


1. Mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum



QOPO



Q1PO



Q1P1


2. Sotilgan mahsulot(ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi



QOSO



Q1SO



Q1S1




3. Mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda



QO(POSO)



Q1(POSO)



Q1(P1S1)

Bu erda, Q-sotilgan mahsulot(ish, xizmat)lar hajmi, naturada; P-sotilgan mahsulot(ish, xizmat)lar bir birligining bahosi; S-sotilgan mahsulot(ish, xizmat)lar bir birligining tannarxi.

Hisob-kitoblarga ko’ra omillar ta’siri quyidagicha aniqlanar edi:


  • Mahsulot(ish, xizmat)lar hajmining o’zgarishi hisobiga;


Q1(PO – SO)- QO(PO – SO)


2. Mahsulot(ish, xizmat)lar bir birligining bahosi va tannarxining o’zgarishi hisobiga.
Q1(P1 – S1) - Q1(PO – SO)
Ammo, bu tartibda mahsulot(ish, xizmat)lar sotishdan olingan yalpi foyda o’zgarishiga omilli baho berishda “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot ma’lumotlari etarli bo’lmay, qo’shimcha axborot manbalari(boshqaruv hisobotlari)dan foydalanish zarur bo’ladi.
Yuqoridagi ko’rsatkichlar, mahsulot(ish, xizmat)lar sotishdan olingan yalpi foydaga ta’sir etuvchi ichki omillar sifatida qaralib, u tashqi sabablarga ko’ra ham o’zgaradi. Tashqi omillar, xo’jalik yurituvchi sub’ektiga bog’liq bo’lmagan, ya’ni mahsulot(ish, xizmat)larga bo’lgan talab, taklif va boshqa shu kabilarga ko’ra shakllanadi.
Umuman, xo’jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan kelgan yalpi foydasiga o’ziga tegishli bo’lgan ta’sir etuvchi omillarini tahlil etish mumkin (36-jadval).
36-jadval
Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining mahsulot(ish, xizmat)lar sotishdan olgan yalpi foydasi va uning o’zgarishini omilli tahlili

Ko’rsatkichlar


O’tgan yil


Shartli ko’rsatkich


Hisobot yili


O’zgarishi


mutlaq

foiz

1. Mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum


605821


942764

999312

+393491

164,9

2. Sotilgan mahsulot(ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi

476245


785459

634771

+158526

133,3

3. Mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda

129576


157305

364541

+234965

281,3


36-jadval ma’lumotlaiga binoan, “Turon” xo’jalik yurtuvchi sub’ektining mahsulot(ish, xizmat)lar sotishdan olgan yalpi foydasi hisobot yilida 234965 (364541-129576) ming so’mga ortgan. Bu, xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun ijobiy holat hisoblanib, unga mahsulot(ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof tushum va ishlab chiqarish tannarxi ta’sir etgan. Ushbu omillar ta’sirini quyidagi hisob-kitoblar asosida aniqlash mumkin:

1. O’tgan yilda xo’jalik yurituvchi sub’ekt mahsulot(ish, xizmat)lar sotishdan 605821 ming so’mlik sof tushumga ega bo’lib, uning 78,6 foizi ((476245/605821)*100) sotilgan mahsulot(ish, xizmat)ning tannarxini tashkil etgan. Ushbu fikrga asosan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot(ish, xizmat)larini shartli tannarxi 785459 ((999312*78,6)/100) ming so’m ekanligi aniqlanadi;


2. Yuqoridagi hisob-kitoblarga ko’ra, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot(ish, xizmat)larini sotishdan olgan shartli yalpi foydasi 21,4 foiz(100,0-78,6)ga, ya’ni 27729 ((129576*21,4)/100) ming so’mga ortishi zarur. Aniqlangan summa 157305 (129576+27729) ming so’mni tashkil etgan;
3. Iqtisodiy tahlilning mazmuni, ya’ni umumiylikdan bo’laklarga bo’lib yoki bo’laklardan umumiylikka o’tishdan kelib chiqib, mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan shartli sof tushumni 942764 ming so’m (785459+157305) ekanligini keltirib chiqaramiz;
4. Mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxining o’zgarishi hisobiga;
157305-129576=+27729
5. Sotilgan mahsulot(ish, xizmat)lar hajmi va boshqa omillar hisobiga;
364541-157305=+207236
6. Omillar yig’indisi.
27729+207236=+234965
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin