Moliyaviy tahlil


-chizma. O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi va uning elementlari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə86/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

8-chizma. O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi va uning elementlari
Auditorlik tashkilotlari bilan mijoz-xo’jalik yurituvchi sub’ekti o’rtasidagi munosabatlar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Auditorlik xizmatini ko’rsatish shartnomasi audit predmeti, xizmat ko’rsatish joyi haq to’lash hajmi va tartibini, tomonlarning javobgarligini o’z ichiga oladi. Shartnoma shartlari va topshiriq mazmuni O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga zid bo’lmasligi lozim.
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq auditorlik faoliyati bilan faqat yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkiloti Shug’ullanishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish lisenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.
Auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va rivojlanishida professional jamoat tashkilotlari muhim o’rin tutadi.
I. O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assosiasiyasi (O’BAMA) – buxgalterlar, auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar bo’yicha maslahatchilarning respublika jamoat tashkiloti bo’lib, o’z a’zolarini ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki professional tamoyillar bo’yicha birlashtiradi.
Assosiasiya O’zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlarning kasb malakasini rivojlantirish hamda ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda amaliy yordam ko’rsatadi.
Assosiasiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish, qimmatli qog’ozlar bozori, korxonalar moliya - xo’jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy menejment bo’yicha qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan birga Yuqorida sanab o’tilgan masalalar bo’yicha maslahatlar beradi.
II. O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP) – malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti. Auditorlar Palatasining asosiy maqsadi auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashga yordam ko’rsatish, o’z a’zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat hamda jamoat organlarida himoya qilish, Shuningdek, kasbga oid talablar bo’yicha barcha o’zgarishlar to’g’risidagi axborot ta’minoti bo’yicha aloqa o’rnatishdan iborat.
Auditorlar Palatasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- audit sohasiga oid me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- o’quv dasturlarini hamda malakaviy imtixonlarni topshirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash;
- auditorlik malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlar uchun malakaviy imtihonlarni o’tkazish;
- auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha o’quv markazlari tashkil etish;
- auditorlarni kasb ahloqi kodeksi qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish;
- O’zbekiston auditorlar palatasi a’zoligiga malakali auditorlarni jalb etish uchun xalqaro tashkilotlar va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qilish;
- O’zbekiston Respublikasi auditorlarining boshqa davlatlar jamoat tashkilotlari tomonidan tan olinishiga erishish.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin