Moliyaviy tahlil



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə83/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

Auditning usullari

Auditning o’ziga xos usullari va uslubiyati mavjud. Bu usullar auditning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektda audit o’tkazish mutaxassis auditordan ma’lum bilim va ish tajribasini talab etadi. Turli mulkka asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatlari bir-biridan farq qiladi. Ularning so’nggi moliyaviy natijalari ham turli operasiyalar va omillar tufayli shakllanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining qabul qilingan qonun-qoidalarga monandligini ekspertiza qilish, baholash, asosli xulosalarga kelish va tavsiyalar berish auditordan ko’p bilim hamda tajribani talab etadi. Audit natijasida ishonchli xulosaga kelish ushbu jarayonda qo’llaniladigan usullarga bevosita bog’liqdir. Ushbu usullarning turi ham ko’p.


Audit usulining asosida mantiqiy mulohaza, ilm-fan yutuqlari, xo’jalik jarayonining o’zgaruvchanligi yotadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatidagi operasiyalar tufayli mablag’lar bir shakldan boshqa shaklga o’zgarib turadi. Ushbu jarayon natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ekti samara (naf) olishi kerak. Bu samara, o’z navbatida qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilingan holda erishilgan bo’ladi. Noqonuniy operasiyalar mijozlarga faqat zarar keltiradi, xolos.


7-chizma. Auditorlik faoliyati.
Audit jarayonida iqtisodiyotimizga xos bo’lgan xalqaro amaliyotda keng foydalaniladigan usullar qo’llaniladi. Auditor audit usullarini mustaqil ravishda belgilaydi va qo’llaydi. Ushbu usullar tarkibi auditning predmeti, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liqdir. Audit nazariyasi va amaliyotida ushbu usullarning quyidagi turlari keltirilgan:
- solishtirish usuli (iqtisodiy hodisalar, ko’rsatkichlarni o’zaro va biznes-reja bilan solishtirish);
- gipoteza usuli (hodisalarning sodir bo’lishi, natijalari turli shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda o’rganiladi. Bunday usul ko’pincha “yashirin iqtisodiyot” natijalarini aniqlashda keng foydalaniladi);
- tahlil va sintez usuli (audit ob’ekti bo’lgan ma’lum ko’rsatkich omillar asosida o’rganiladi, mavjud ichki imkoniyatlar aniqlanadi);
- taftish usuli (xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatiga to’liq baho berish uchun barcha operasiyalar tasdiqlovchi nazoratidan o’tkaziladi);
- inventarizasiya usuli (xo’jalik yurituvchi sub’ektidagi aktivlar va majburiyatlarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga monandligi tekshiriladi);
- kalkulyasiya usuli (bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi, umumiy ovqatlanish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda esa taomlarning sotilish bahosi aniqlanadi);
- ekspertiza usuli (hujjatlarning realligini, haqqoniyligi, mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari laboratoriya yo’li bilan aniqlanadi);
- buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv usuli ( xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktivlari va majburiyatlarining harakati hamda qoldiqlari buxgalteriya hisobi schyotlari orqali tekshiriladi);
- balans usuli (xo’jalik yurituvchi sub’ektdagi hodisa, jarayonlarni rasmiylashtirish, dastlabki ma’lumotlarni umumlashtirish orqali nazorat qilish).
Auditor tekshirish jarayonida me’yorlashtirish, baholash, guruhlash usullaridan ham foydalaniladi. Audit usullari har bir hodisaning kelib chiqish sabablari, ularning oqibatlari, ho’jalik jarayonlarining qonun-qoidalarga (mezonlarga) muvofiqligini aniqlashga yordam berishi kerak. Auditorlik faoliyatining rivojlanishi tufayli uning uslubi, unda qo’llaniladigan usullar ham takomillashib boraveradi. Keyingi paytlarda maxsus adabiyotlarda auditning quyidagi usullariga katta e’tibor berilmoqda: xodimlar (yoki uchinchi shaxslar) bilan og’zaki so’rovlar o’tkazish; tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’yicha muqobil (alternativ) balans tuzish; audit ob’ektlari bo’yicha testlar anketalar o’tkazish; kompyuter axborotlari texnolgiyalaridan keng foydalanish kabi usullar. Shuni ham qayd qilish kerakki, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) audit jarayonida qabul qilingan umumiy (an’anaviy) usullardan foydalanish bilan bir qatorda ular o’zlariga ma’qul bo’lgan yoki boshqalar uchun “tijorat siri” hisoblangan noan’anaviy (lokal) usullardan ham foydalanishlari mumkin. Audit o’tkazishda milliy va xalqaro audit standartlariga asoslanadi. Shunday qilib, auditda qo’llaniladigan usullar uning turi, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liq bo’ladi.


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin