Moliyaviy tahlil


Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə91/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari

Auditorlik tashkilotlari majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlaridan tashqari, O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonuni va №-90 AFMS “Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari” nomli standartida ko’rsatilgan, istalgan professional xizmatlarni ko’rsatishlari mumkin. Bunday xizmatlarga quyidagilar kiradi:

a) buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish;


b) moliyaviy hisobotni tuzish;
v) milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish;
g) xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish;
d) buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
e) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar va deklarasiyalarni tuzish;
j) auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlarni ham ko’rsatishlari mumkin.
Ushbu keltirilgan professional xizmatlar ro’yxati kengaytirilishi va to’ldirilishi mumkin. Ammo hozirgi ko’rinishda ham auditorlik tashkilotlari tomonidan taklif qilinadigan xizmatlarning qanchalik xilma-xil ekanligini ko’rish mumkin.
Auditorlik tashkiloti yuqori sifatli professional xizmatlarni ko’rsatishga erishishi uchun o’z faoliyatini shunday tashkil etishi kerakki, uning ish bajarish yoki xizmat ko’rsatishda qatnashayotgan xodimlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- halollik va haqqoniylik;
- professional kompetentlilik va zarur tajriba hamda malakaga egalik;
- professional axloq normalariga rioya qilish va belgilangan standartlar (Shu jumladan xo’jalik yurituvchi sub’ektidagi ham) talablarini bajarish;
- o’z professional majburiyatlarini bajarish chog’ida xodimlarga ma’lum bo’lgan axborotlarni maxfiy (sir) tutish prinsipiga rioya qilish va hokazo.
Mijoz-xo’jalik yurituvchi sub’ektini rahbariyati shartnoma asosida professional xizmatlar ko’rsatayotgan auditorlar faoliyati ustidan joriy nazorat o’rnatishi va ko’rsatiladigan xizmatlar sifatiga ta’sir etuvchi muammolar yuzaga kelganda ularga ma’lum qilishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, odatda buyurtmachi auditorlik tashkilotiga murojat qilganida bitta emas, balki bir necha xizmatni olishni hohlaydi. Shuning uchun ayrim xizmat turlarini alohida ko’rib chiqamiz.
a) Buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish. Buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish xizmati ko’plab tadbirlarni va avvalo uzoq muddatli hisob siyosatini aniqlash, buxgalterlik hisobining shaklini, texnik vositalar majmuini tanlash, buxgalterlik xizmatining tuzulmasini shakllantirish, hujjatlar aylanish jadvalini, Shuningdek, buxgalter xodimlarning xizmat vazifalarini ishlab chiqish va boshqalarni o’z ichiga oladi. Ushbu tadbirlarni o’tkazish natijasida buyurtmachi xo’jalik yurituvchi sub’ektida buxgalteriya hisobini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Mazkur xizmat turining o’zi bir martalik xususiyatga ega bo’lib, yangidan tashkil etilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda alohida auditorlik tashkilotlari tomonidan buxgalteriya (moliyaviy, boshqaruv) hisobini tashkil etish texnologiyasiga talab juda katta. Buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish bo’yicha ko’rsatiladigan professional xizmatning davomi sifatida auditorlik tashkiloti mijoz-xo’jalik yurituvchi sub’ekti buxgalteriyasi uchun bo’lim buxgalterlaridan tortib to bosh buxgalter va moliya ishlari bo’yicha xodimlarni tanlashi va o’qitib berishi ham mumkin.
Buxgalteriya hisobini qayta tiklash xizmati ham ma’lum davr ichida bajariladi va bir martalik xususiyatga ega.
Hisobni qayta tiklash – ancha murakkab ish bo’lib, u auditorlik tashkilotining eng malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq o’zining buxgalteriya xizmatiga ega bo’lmagan tashkilotda buxgalteriya hisobi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya markazi yoki tarkibiga buxgalteriya sub’ekti ham kiradigan xo’jalik birlashmasining hisobga olish bo’limi tomonidan amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan auditorlik tashkilotlari bunday ixtisoslashtirilgan tashkilot rolini muvaffaqiyat bilan bajarishlari mumkin.
Auditorlik tashkiloti o’z mijoziga hisob yuritishi uchun hisob siyosatini ishlab beradi, buxgalterlik hisobining ishchi schyotlar rejasini tuzadi, analitik schyotlar va hisob registrlarining tarkibini loyihalashtiradi, hisob yuritish shaklini tavsiya etadi.
Agar mijoz-xo’jalik yurituvchi sub’ekti professional xizmatlar uchun shartnoma tuzilayotgan paytda zarur tashkiliy texnikalar – kompyuterlar, printerlar, aloqa vositalariga ega bo’lmasa, u holda auditorlik tashkiloti xodimlari o’z mijozi uchun qulay texnik vositalarni tanlash bo’yicha tavsiya berishi yoki tanlab, o’rnatib va dastur ta’minotini tuzib berishi hamda ma’lumotlar bazasini to’ldirishga doir ishlarni bajarishi mumkin.
Auditorlik tashkilotining xodimi (xodimlari) mijoz hohishiga ko’ra bevosita buyurtmachining ish joyida ishlab, buyurtmachi auditorlarni zarur uskunalar bilan ta’minlash, ish joyini tashkil etish va boshqa majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. Agar mijoz-xo’jalik yurituvchi sub’ekt tashkiliy texnikalarni sotib olish uchun etarli mablag’ga ega bo’lmasa yoki uni sotib olishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblasa hamda auditorlik tashkiloti xodimlari mijozning ish joyida ishlashlari uchun shart-sharoitlar bo’lmasa, u holda buyurtmachi dastlabki hujjatlarni o’z vaqtida taqdim etish bo’yicha majburiyatlarni to’liq zimmasiga oladi. Dastlabki hujjatlarni auditorlik tashkilotiga etkazib berish, hujjatlarning saqlanishini ta’minlash, kompyuter yordamida hujjatlarga ishlov berish, analitik va sintetik hisob registrlarini yuritish, dastlabki hujjatlar, tuzulgan buxgalteriya hisobi registrlarini mijozga etkazib berish va boshqalarga doir ishlarni auditorlik tashkiloti o’z zimmasiga oladi.
Hisob yuritish hisobning barcha turlari va uchastkalari (to’liq hisob yuritish) kabi, hisobning alohida uchastkalari va bo’limlari bo’yicha ham (moddiy boyliklar harakatini hisobga olish – agar buyurtmachining ombori uning markaziy ofisidan uzoqda joylashgan bo’lsa; mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar va boshqalar bo’yicha) amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu professional xizmat bayonidan ko’rinib turibdiki, buyurtmachi-xo’jalik yurituvchi sub’ektida buxgalteriya xizmati yo’q, natijada hisobot tuzish, soliq deklarasiyalarini to’lg’azish, buxgalteriya hisobotlari va soliq deklarasiyalarini davlat soliq inspeksiyasi (DSI) va boshqa muassasalarda himoya qilishni topshirish mumkin bo’lgan malakali hodimi ham yo’q. Shuning uchun qoidaga ko’ra, mijoz-xo’jalik yurituvchi sub’ekti buxgalterlik (moliyaviy) hisobotni tuzish, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlar va soliq deklarasiyalarini davlat soliq inspeksiyasi(DSI)da himoya qilish kabi xizmat turlarini ham shartnomaga kiritishi mumkin.
b) Moliyaviy hisobotni tuzish. Professional xizmatning ushbu turi asosan ikki xil bo’lishi mumkin. Birinchidan, auditorlik tashkiloti tomonidan buxgalterlik hisobini yuritishga doir bajarilgan ishlar majmuining yakunida hisobot ham tuzib berilishi mumkin. Ikkinchi holatda auditorlik tashkilotining mustaqil ishi sifatida ya’ni buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buxgalterlik registrlarining ma’lumotlari asosida faqatgina hisobotning o’zi tuzib berilishi ham mumkin.
Auditorlik tashkilotlar mijoz-xo’jalik yurituvchi sub’ektiga buxgalterlik (moliyaviy) hisobotni tuzib berish bilan birga byudjetdan tashqari fondlar va statistika organlariga topshiriladigan hisobotlarni tuzish bo’yicha ham xizmat ko’rsatishi mumkin.
v) Milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investisiyalarni jalb etish iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning muhim belgilaridan biri hisoblanadi. Bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun milliy moliyaviy hisobotlarni xorijiy investorlar “O’qiy oladigan til”ga – moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari(MHXS)ga yoki investor faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatdagi umum qabul qilingan hisob prinsiplari(masalan, GAAP tizimi)ga o’tkazish zarur. Buning uchun auditor MHXS yoki investor mamlakatidagi GAAP tizimini, ularning xususiyatlarini va milliy moliyaviy hisobotlarimiz bilan qiyosiy tahlilini chuqur bilishi zarur.
Milliy iqtisodiyotimizga investisiyalarni jalb qilishdan maqsad, faqat o’zaro manfaatlarni qondirish emas, balki investorning investisiya ob’ekti hisoblangan xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan o’zaro munosabatlarni o’rnatishdan iborat.
Nazorat o’rnatish yoki jiddiy ta’sir ko’rsatish uchun qilingan investisiyalar hisobi, faqat birgina maqsadni - qo’shimcha daromad olishni ko’zlab qilingan investisiyalar hisobidan farq qiladi. Bunday tafovutning negizida investor va investisiya oluvchi xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasidagi o’zaro munosabatlar yotadi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) tizimida har xil moliyaviy qo’yilmalarni investor tomonidan hisobga olish tartibini belgilaydigan bir qancha standartlar mavjud. №25-MHXS “Investisiyalar hisobi”, №27-MHXS “Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot va Shu’ba kompaniyalarga qilingan investisiyalar hisobi”, №28-MHXS “Birlashgan kompaniyalarga qilingan investisiyalar hisobi”, №31-MHXS “Hamkorlikdagi faoliyatda ishtirok etish to’g’risidagi moliyaviy hisobot”, №32-MHXS “Moliyaviy dastaklar: axborotlarni bayon qilish va taqdim etish”, №39-MHXS “Moliyaviy dastaklar: tan olish va baholash” Shular jumlasidandir.
g) Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish masalalariga so’ngi yillarda talab kuchaymoqda. Bu, bir necha yillar davomida faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, o’zlarining moliyaviy ahvoliga baho berish, iqtisodiy barqarorlikka erishish va mahsulot (ish, xizmat)larning qaysi turi eng ko’p daromad (yoki zarar) keltirishi va Shu kabilarni bilishni istaydilar. Aksariyat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining xizmat xodimlari uning moliyaviy ahvolni, balansining likvidligi va to’lov layoqatini tahlil qilish hamda moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish bilan bog’liq usullarni bilmaydilar. Biznes-rejalar tuzish tajribasiga ega emas.
d) Buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish, rejalashtirish, menejment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati. Ushbu masalalarga doir professional xizmatlar: soliqqa tortish bo’yicha tuShuntirishlar (yozma va og’zaki shaklda) tayyorlash, soliq qonunchiligini buzganlik uchun jarima hisob-kitobi hamda jarima undirishning to’g’riligini (yoki noto’g’riligini) asoslash, dastlabki hisobni tashkil etish, mijozning boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan tuziladigan xo’jalik shartnomalari(bitimlari)ni takomillashtirish kabi ishlarni o’z ichiga oladi.
Hozirgi bozor kon’yunkturasidan foydalanib, tezroq boylik orttirishni o’ylamasdan, xo’jalik yurituvchi sub’ektni uzoq yillar davomida jiddiy va barqaror rivojlantirishni maqsad qilib qo’ygan tadbirkorlar yangidan tuzayotgan shartnomalari va bitimlarini oldindan ekspertiza qildirishdan manfaatdordirlar.
Amalda majburiy auditorlik tekshiruvi, ko’pincha, yillik buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlar tuzilib, tasdiqlanib va hatto tegishli organlarga topshirilganidan so’ng o’tkaziladi. Qoidaga ko’ra ularga hamda tekshiruv o’tkazilayotgan davrga tegishli hisob registrlariga ham tuzatish kiritish mumkin emas.
Shuning uchun hozirgi paytda professional xizmatlarning Yuqorida qayd qilingan turlari bo’yicha konsalting xizmatiga talab oshmoqda. Agar mijoz-xo’jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlarini topshirmasdan kansalting xizmati bo’yicha auditorlik tashkilotiga murojaat qilsa, yo’l qo’yilgan xato-kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf qilib, qabul qilingan hisob siyosatidan chetga chiqmasliklari mumkin.
e) Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar, hisobotlar va deklarasiyalarni tuzish, ularni soliq inspeksiyasiga hamda boshqa tegishli organlarga topshirish ko’p hollarda buxgalter uchun nohush jarayon sifatida kechadi.
Bunga sabab bir tomondan, mazkur ishning murakkabligi bo’lsa, ikkinchidan, hisobot va deklarasiya topshiruvchi buxgalterning vaqtini oladigan-navbat kutish hamda ayrim soliq xodimlarining xushmuomilasizligi va Shunga o’xshashlar.
Bundan tashqari, ma’lumki, agar davlat statistika organlari va byudjetdan tashqari fondlarga (bandlik xizmati va h. k) tegishli hisobot shakllari topshirilganligi to’g’risida buxgalterlik (moliyaviy) hisobot muqovasiga belgi qo’yilmagan bo’lsa, uni soliq inspeksiyasi qabul qilmaydi.
Bunday ishlarni, ya’ni soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar, hisobotlar va deklarasiyalarni tuzish hamda tegishli organlarga topshirishni auditorlik tashkiloti to’liq o’z zimmasiga oladi.
Shuningdek, auditorlik tashkiloti soliq inspeksiyasining tekshiruv dalolatnomalarini ham o’rganib, agar nohaq kamchiliklar ko’rsatilgan bo’lsa, ular bo’yicha e’tiroz xati tayyorlashi mumkin.
Hisobotlarni muvaffaqiyatli topshirish va himoya qilish, auditorlik tashkiloti hisobotlarni tuzishga doir ishlarni malakali va sifatli bajarganligidan dalolat beradi hamda professional xizmat bozorida uning obro’sini oshiradi.
j) Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tadqiqotlar, ma’ruzalar, seminarlar, amaliy mashg’ulotlar va boshqa shakldagi tadbirlar ham o’tkazishi mumkin. Bu maqsadda auditorlik tashkiloti davlat soliq inspeksiyasi, Moliya Vazirligi va boshqa mutasaddi idoralardan tajribali uslubiyotchi va amaliyotchi xodimlarni hamda oliy o’quv yurtlaridan etakchi professor-o’qituvchilarni taklif etishi mumkin.
Bu toifa xizmatlarning buxgalterlarni o’qitish bilan bog’liq boshqa xizmatlardan farqi, u seminar ishtirokchilaridan ma’lum malaka talab qiladi.
Auditorlik tashkiloti xodimlari ma’ruza va seminar ishtirokchilariga fuqarolik, soliq va boshqa qonunchiliklarda ro’y bergan o’zgarishlarni, buxgalterlik hisobini yuritishga doir me’yoriy hujjatlar(buxgalteriya hisobi va hisobotining xalqaro hamda milliy standartlari, nizomlar, qarorlar, yo’riqnomalar va boshqalar)ni sharhlab beradilar. Shuningdek, bunday tadbirlarda hisob yuritish va hisobot tuzishda ko’p sodir bo’ladigan xatolar muhokama qilinadi va seminar ishtirokchilarining savollariga javob beradilar.
Yuqorida keltirilgan professional xizmatlardan tashqari auditorlik tashkiloti belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi, audit, moliya-xo’jalik faoliyatini tahlili, soliqqa tortish bo’yicha o’quv qo’llanmalar va o’quv-uslubiy materiallar tayyorlashi hamda chop ettirishi mumkin. Bu tarzdagi xizmatlar, odatda, mazkur masalalar bo’yicha bosmaxona, uslubiy tavsiyalar va boshqa ommabop adabiyotlarni ishlab chiqa oladigan mualliflar hamda tahririyat jamoasiga ega yirik auditorlik tashkilotlari tomonidan bajariladi.
Shuningdek, auditorlik tashkiloti mijoz-xo’jalik yurituvchi sub’ektlariga davriy nashr adabiyotlari: “Soliq to’lovchining jurnali”, “Soliq va bojxona xabarlari”, “Xo’jalik huquqi”, “O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” va boshqalarga obuna bo’lishdan tortib, to kompyuter uchun “Huquq tizimi” va h. K. ma’lumotlargacha bo’lgan qo’llanmalarning maqbul to’plamini tanlash bo’yicha maslahatlar ham berishi mumkin.
Auditorlik tashkilotlari faoliyatlarining istiqbolli yo’nalishlaridan biri – buxgalterlik hisobni kompyuterlashtirish bo’lib hisoblanadi. Bu eng avvalo:
- dastur ta’minoti bozoridagi mavjud dastur vositalaridan kompyuterlashtirish uchun zarur bo’lgan, tadbiq qilinadigan dasturlar paketini tanlash va ularni mijoz-xo’jalik yurituvchi sub’ekti sharoitiga moslashtirish;
- hisobni kompyuterlashtirish bo’yicha tadbiq qilinadigan dasturlarni ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish (maslahat berish, masalani shakllantirish, test o’tkazish va h. K.);
- buyurtmachiga tadbiq qilinadigan dasturlar paketini joriy qilish va h.k..


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin