Moliyaviy tahlil



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə66/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

Hisobot yil


Farqi (+,-)

1

Mahsulot(ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof tushum, ming so’m (2-shakl, 010-satr)

605821

999312

+393491

2

Sekin sotiluvchi aktivlar, ming so’m (140, 190, 200-satrlar)


70771

202 721

+131950

3

Sekin sotiluvchi aktivlarning aylanish koeffisienti (1/2)


8,6

4,9

-3,7

4

Sekin sotiluvchi aktivlarning aylanish davri, kun ((2*360)/1)


42

73

+31

5

Sekin sotiluvchi aktivlarning aylanish salmog’i koeffisienti (2/1)


0,1

0,2

+0,1

6

Sekin sotiluvchi aktivlarning aylanishni tezlashishi yoki sekinlashishidan mablag’larning bo’shashligi yoki qo’shimcha jalb qilinishi a) Kunda


x

X

+31




b) Summada (31*999312)/360


x

X

+85983


32-jadval ma’lumotiga ko’ra, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektning sekin sotiluvchi aktivlarining aylanish koeffisienti o’tgan yilga nisbatan 3,7 (4,9-8,6) birlikka kamaygan. Unga mos ravishda sekin sotiluvchi aktivlarning aylanish kuni 31 (73-42) kunga ortgangan. Shu jamladan, sekin sotiluvchi aktivlarning aylanish salmog’i koeffisienti ham o’tgan yilga nisbatan 0,1 (0,2-0,1) birlikka ortgan. Mazkur holat, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti uchun ijobiy holat emas. Negaki, sekin sotiluvchi aktivlarning aylanish davrini 31 kunga ortishi, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektini 35983 ming so’m qo’shimcha mablag’ jalb etishiga olib kelgan.

Bunday natijaga, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining buxgalteriya balansidagi tayyor mahsulotning yil oxirida 81400 ming so’mga qoldiq qolishi ham salbiy ta’sir etgan deb hisoblaymiz. Shu boisdan, xo’jalik sub’ekti tayyor mahsulotining sotilmay qolishini oldini olishi maqsadga muvofiq sanaladi.



Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati davomida turli iqtisodiy aloqalarni, jumladan xom ashyo hamda materiallarni, tayyor mahsulot(ish, xizmat)larni xarid etish va sotish bilan bog’liq hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Ushbu jarayonda hisob-kitob tamoyillariga e’tibor qaratish katta ahamiyatga ega bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ektning to’lov qobiliyatini tahlil etishni taqozo etadi.


To’lov qobiliyati deganda, xo’jalik yurituvchi sub’ektning joriy majburiyatlarini bajarishi uchun mablag’larining etarli yoki etishmasligi tuShuniladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning joriy majburiyatlari buxgalteriya balansining 600-satridan olinib, ularni to’lov mablag’lari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
  • pul mablag’lari (320-satr), qisqa muddatli investisiyalar (370-satr) - jami pul mablag’lari;


  • debitorlik (olishga tegishli) qarzlar (210-satr);


  • jami tovar-moddiy zaxiralari (140-satr).


Yuqoridagi to’lov mablag’laridan kelib chiqib, xo’jalik yurituvchi sub’ektining quyidagi to’lov qobiliyatlarini keltirib, tahlil etish mumkin (33-jadval):


1. Mutloq to’lov qobiliyati (Tm);

2. Oraliq to’lov qobiliyati (To);

3. Umumiy to’lov qobiliyati (Tu).

Amaldagi tartibga binoan, mutloq to’lov qobiliyatining qanchalik birga yaqinlashib borishi, xo’jalik yurituvchi sub’ekti uchun shunchalik ijobiy holat hisoblanadi. Qolgan to’lov qobiliyati turlarining 2 va undan yuqori bo’lishi maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin