Mol-mulk(aktiv)ning tarkibi
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
| | | | |
O’zgarishi (+,-)
| | | | | |
ming so’m
|
%
|
ming so’m
|
%
|
ming so’m
|
%
|
yil boshiga nisbatan %
| | |
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6=4-2
|
7=5-3
|
8=(4/2)*100
|
1.
|
Uzoq muddatli aktivlar
|
144893
|
31,9
|
149255
|
15,8
|
4362
|
16,0
|
100,0
|
2.
|
Joriy aktivlar
|
309846
|
68,1
|
793883
|
84,2
|
484037
|
16,0
|
106,4
|
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
2.1.
|
Zaxira va xarajatlar (140+190+200);
|
70771
|
15,6
|
202721
|
21,5
|
131950
|
5,9
|
29,0
|
2.2.
|
Pul mabag’lari va qimmatli qog’ozlar (320+370+380);
|
73945
|
16,3
|
207536
|
22,0
|
133591
|
5,7
|
29,4
|
2.3.
|
Debitorlar (210).
|
165130
|
36,3
|
383626
|
40,7
|
218496
|
4,4
|
48,0
|
|
Balans aktivining JAMI
|
454739
|
100,0
|
943138
|
100,0
|
488399
|
-
|
107,4
|
28-jadval ma’lumotlariga binoan, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining yil boshida 454739 ming so’mlik mulki bo’lib, bu ko’rsatkich yil oxirida 943138 ming so’mni tashkil etgan. Demak, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektning mol-mulki hisobot davrida 488399 ming so’mga ortgan. Bu ko’payish asosan joriy aktivlarning, ya’ni zaxira va xarajatlarning 131950 (202721-70771) ming so’mga, pul mablag’larining 133591 (207536-73945) ming so’mga, debitorlik qarzlarining 218496 (383626-165130) ming so’mga ortishi hisobiga yuz bergan. Ma’lumotlarga mos ravishda mol-mulkdagi salmog’i ham o’zgargan.
Tahlil natijalariga binoan, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining mol-mulkining ko’payishida debitorlik qarzlari salmoqli hissaga ega. O’tgan yili bu ko’rsatkich 36,3 foizni tashkil etib, hisobot davrida 4,4 (40,7) birlikka ortgan. Bu, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti uchun ijobiy holat emas. Negaki, tahlil jadvalidagi ma’lumotlar “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan debitorlik qarzlarini vaqtida undirilmaganligidan dalolat beradi.
Zaxira va xarajatlarning 131950 ming so’mga ko’pligi ijobiy holat. Sababi, bu ko’payish ishlab chiqarish zaxiralari xissasiga (buxgalteriya balansiga qarang) to’g’ri keladi. Agarda bu o’sish, tovarlar hisobiga bo’lganda bu “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti uchun salbiy holat hisoblaib, mahsulot(ish, xizmat)larining sotilmay qolganligini bildirar edi.
Pul mablag’larining 133591 (207536-73945) ming so’mga ortishi “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti uchun ijobiy holat.
Yuqoridagi tahlil natijalariga ko’ra, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti debitorlik qarzlarini undirish ishlarini amalga oshirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Negaki, debitorlik qarzlarini vaqtida undirilmasligi uning moliyaviy holatini pasaytirishi mumkin.
Buxgalteriya balansining passivini tahlili ham 1-sonli moliyaviy hisobot shakli ko’rsatkichlari, ya’ni “O’z mablag’lar manbai” va “Majburiyatlar” asosida amalga oshiriladi. Tahlilda, majburiyatlar ham mazmun-mohiyatidan kelib chiqib quyidagicha guruhlarga ajratilib, o’rganiladi:
- uzoq muddatli kredit va qarzlar;
- qisqa muddatli kredit va qarzlar;
- kreditorlik qarzlari (29-jadval).
29-jadval
“Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining buxgalteriya balansi passivining tahlili
(ming so’m hisobida)
№
|
Mol-mulkning tarkibi
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
Uzgarishi (+,-)
|
ming so’m
|
%
|
ming so’m
|
%
|
ming so’m
|
%
|
yil boshiga nisbatan %
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6=4-2
|
7=5-3
|
8=(6/2)*100
|
1.
|
O’zlik mablag’lari manbalari
|
300212
|
66,0
|
453890
|
48,1
|
153678
|
- 17,9
|
+51,2
|
2.
|
Majburiyatlar
|
154527
|
34,0
|
489248
|
51,9
|
334721
|
17,9
|
+216,6
|
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
2.1.
|
Uzoq muddatli kredit va qarzlar (570, 580, 590)
|
32991
|
7,2
|
172756
|
18,3
|
139765
|
11,1
|
+423,6
|
2.2.
|
Qisqa muddatli kredit va qarzlar (730, 740)
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
2.3.
|
Kreditorlik qarzlari (770)
|
121536
|
26,8
|
316492
|
33,6
|
194956
|
6,8
|
+160,4
|
|
Balans passivining JAMI
|
454739
|
100,0
|
943138
|
100,0
|
488399
|
-
|
+107,4
|
Jadval ma’lumotlariga ko’ra, jami manbalar yil boshiga nisbatan 488399 (943138-454739) ming so’mga yoki 107,4 foizga ko’paygan. Xususan, o’zlik mablag’lar manbalari hisobot yil boshiga nisbatan 153678 (453890-300212) ming so’mga yoki 51,2 foizga, majburiyatlar 334721 (489248-154527) ming so’m yoki 216,6 foizga ko’paygan.
Hisobot davrida “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining majburiyatlarini 216,6 foizga ortishi uning uchun ijobiy holat emas. Sababi, mablag’lar manbai tarkibida majburiyatlarning ortishi xo’jalik yurituvchi sub’ektning mustaqillik darajasini pasaytirishi mumkin. Tahlil natijalariga binoan, hisobot yilida “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti 943138 ming so’mlik mulkka ega bo’lib, uning 51,9 ((489248/943138)*100) foizi chetdan jalb qilingan mablag’lar hisobiga shakllangan. Vaholanki, o’tgan yili “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining mustaqillik koeffisienti 66,0 ((300212/454527)*100) foizni tashkil etib, chetdan jalb qilingan mablag’lar ulushi 34,0 foiz bo’lgan.
Shuningdek, hisobot davrida mablag’lar manbai tarkibida majburiyatlarning katta salmoqqa egaligi, asosan joriy kreditorlik qarzlarining ortishi hisobiga bo’lgan. Shu boisdan, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining mablag’lar manbaini joylaShuvi yuzasidan ma’lum ishlarni amalga oshirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Buxgalteriya balansining aktivi va passivi harakatchanligini tahlili
Buxgalteriya balansining aktivi va passivini harakatchanligiga ko’ra tahlili asosida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatini baholash mumkin. Shu boisdan ham, xo’jalik yurituvchi sub’ekt mablag’lari (aktivi) va manbalari (passivi) harakatchanligiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lib o’rganiladi:
2. Xo’jalik manbalari:
- muddati kelgan (P1);
- qisqa muddatli (P2);
- uzoq muddatli (P3);
- doimiy passivlarga bo’linadi (P4).
Doimiy harakatdagi aktivlar (A1) deb, xo’jalik yurituvchi sub’ektning barcha pul mablag’lari, qisqa muddatli investisiyalari va boshqa joriy aktivlariga aytiladi. Shu boisdan ham, doimiy aktivlar(A1)ning muddati kelgan passivlar(P1)ni qoplashga etarliligi, ya’ni tegishli majburiyatlarning o’z vaqtida bajarilishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Tez sotiluvchi aktivlar(A2)ga xo’jalik yurituvchi sub’ektning debitorlik qarzlari kiritilib, ular zurur bo’lgan xollarda to’lov vositasi bo’lib xizmat qiladi. Shu sababli, ular qisqa muddatli passivlar(P2)ni qoplashga etarli bo’lishi ijobiy hisoblanadi.
Sekin sotiluvchi aktivlar (A3) deb, xo’jalik yurituvchi sub’ektning tovar-moddiy zaxiralari, balans tamoyiliga binoan kelgusi davr xarajatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlar kiritilib, ular uzoq muddatli passivlarni qoplashi maqsadga muvofiq. Negaki, sekin sotiluvchi aktivlar (A3) naqd pul mablag’lari etishmagan xollarda uzoq muddatli to’lov majburiyatlarini qoplashga sarflanishi mumkin.
Qiyin sotiluvchi aktivlar(A4)ga xo’jalik yurituvchi sub’ektning barcha uzoq muddatli aktivlari, xususan: asosiy vositalari; nomoddiy aktivlari; uzoq muddatli investisiyalari, qimmatli qog’ozlari, sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investisiyalari; qaram xo’jalik jamiyatlariga investisiyalari; xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarga investisiyalari; o’rnatilgan asbob-uskunalari; kapital qo’yilmalari; uzoq muddatli debitorlik qarzlari; uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlari va boshqa oborotdan tashqari aktivlari kiritiladi. Bu mulk turli ishlab chiqarishda uzoq muddat qatnashib, o’z qiymatini asta-sekin yaratilayotgan mahsulot(ish, xizmat)larga o’tkazib boradi. Shuning uchun ham, ularning pulga aylanib, to’lov vositasi bo’lishiga ko’p vaqt talab etiladi. Ammo, ularning doimiy passivlar(P2)dan kichik bo’lishi maqsadga muvofiq bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’z mablag’lari manbai hisobiga ko’proq aktiv shakllanganligini bildiradi.
Buxgalteriya balansining aktivi va passivini harakatchanligiga ko’ra guruhlarga ajratgandan so’ng, ularda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
A1>P1;
A2>P2;
A3>P3;
A4
4.
Yuqoridagi shartlarning bajarilishi, xo’jalik yurituvchi sub’ektning mutloq moliyaviy barqarorligini belgilaydi. Ammo, xar safar ham bu shartlar bajarilmasligi mumkin. Shu boisdan, shartlarning bajarilishiga ko’ra xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holati quyidagicha baholanadi va tahlil etiladi (30-jadval):
Dostları ilə paylaş: |