Moliyaviy tahlil


Buxgalteriya balansining aktivi va passivi harakatchanligini tahlili



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə62/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

Buxgalteriya balansining aktivi va passivi harakatchanligini tahlili


  • Tovar-moddiy zaxiralarini qoplashga mablag’lar manbaining etarliligi yoki etishmasligi, ularning aylanishini tahlili


  • Sekin sotiluvchi aktivlarning aylanishini tahlili
  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektning to’lov qobiliyatini tahlili

  • Moliyaviy koeffisientlarning tahlili



  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy natijalari tahlilini maqsadi, vazifalari va axborot manbalari


  • Moliyaviy natijalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o’zgarishini tahlili


  • Mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan moliyaviy natija va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili


  • Davr xarajatlari va asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromadlar tahlili


  • Rentabellik ko’rsatkichlari va ularga ta’sir etuvchi omillar tahlili


  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlilini maqsadi, vazifalari va axborot manbalari


  • Buxgalteriya balansi bo’yicha debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlili


  • Debitorlik qarzlari aylanishini omilli tahlili


  • Kreditorlik qarzlari aylanishini omilli tahlili


  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holati tahlilining maqsadi, vazifalari hamda axborot manbalari

    Mamlakatda turli ukladlardagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat ko’rsatib, ular qonun himoyasidadir. Shu boisdan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar savdo-sotiqda erkin munosabat yuritishi, xamkorlikda faoliyat ko’rsatishi uchun sherik tanlay bilishi, o’zi ishlab chiqargan mahsulot(ish, xizmat)lar va ularni sotishdan olgan daromadga to’liq egalik qiladi. Bu jihatlar xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatiga ta’sir etuvchi muhim omillardan sanalib, uning to’g’ri yo’lga qo’yilishi bugunning kechiktirib bo’lmas vazifalaridan sanaladi.


    Xo’jalik yurituvchi sub’ektning yangicha faoliyatida ishonchli xamkor tanlay bilish moliyaviy hisobot shakllariga asosan xamkorning moliyaviy imkoniyatlarini o’rganishni taqozo etmoqda.
    Yuqoridagilarga binoan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatini ifodalovchi ko’rsatkichlarning yillar bo’yicha dinamik o’zgarishiga omilli baho berish tahlilining maqsadi sanaladi. Belgilangan maqsadga erishishda, tahlilning vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
    • Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy ahvolini har tomonlama o’rganib, uning holatiga aniq va holisona baho berish;


    • Xo’jalik mablag’lari va uning kelib chiqish manbalarini joylanishini tekshirish, ularni to’g’ri yo’nalishda sarflanganligini aniqlash;


    • Buxgalteriya balansini harakatchanligiga ko’ra tahlil etish;


    • Tovar moddiy zaxiralarini qoplash manbalarini omilli o’rganish;


    • Aylanma mablag’lar aylanishini tahlil etish;


    • Moliyaviy koeffisientlarni omilli o’rganish;


    • Xo’jalik sub’ektining to’lov qobiliyatini baholash;


    • Debitorlik va kreditorlik qarzlarining holatini omilli o’rganish;


    • Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatini yaxshilash yuzasidan xulosa hamda takliflar tayyorlash va boshqalar.


    Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatiga buxgalteriya balansi asosida baho beriladi.


    Buxgalteriya balansi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug’ bilan tasdiqlangan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning mablag’lari va ularni kelib chiqish manbalarining ma’lum bir sanaga aks ettiruvchi huquqiy xujjat hisoblanadi.
    Buxgalteriya balansi ikki, aktiv va passiv qismlardan iborat bo’lib, uning aktivida xo’jalik mablag’lari, ya’ni ko’z bilan ko’rib, qo’l bilan ushlab bo’ladigan buyumlari aks etadi. Passivida esa, buxgalteriya balansining aktividagi mablag’larning kelib chiqish, ya’ni o’z yoki chetdan jalb etilgan manbalar hisobiga shakllanganligi to’g’risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
    Buxgalteriya balansining aktivi ikki qism: - “Uzoq muddatli aktivlar”; “Joriy aktivlar”dan iborat bo’lib, tahlil ko’rsatkichlari ham ular asosida shakllanadi. Faqatgina, tahlilda joriy aktivlar mazmun-mohiyatiga ko’ra uch qism, xususan: - “Tovar-moddiy zahiralari” (kelgusi davr xarajatlari - 190 satr, muddati kechiktirilgan xarajatlar – 200 satr bilan birga); “Debitorlik qarzlari”; “Pul mablag’lari” (qisqa muddatli investisiyalar – 370 satr, boshqa joriy aktivlar – 300 satr bilan birga)ga bo’linib, balans tamoyili asosida o’rganiladi (28-jadval).
    28-jadval
    Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining buxgalteriya balansi aktivining tahlili
    (ming so’m hisobida)







    Yüklə 0,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin