2.O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy tahlilni tashkil topishi va rivojlanishi Yuqorida jahon amaliyotida bir qator iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda tahlil fanining ham shakllanishi, rivojlanishi va mustaqil fan sifatida tashkil topishining tarixiy bosqichlari haqida fikr yuritildi. Buxgalteriya hisobi fanining yaratilganligiga 500 yildan oshdi. Shu fan negizida «Iqtisodiy tahlil» fani vujudga kelganligiga ham 100 yilga yaqinlashdi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki amaliyotda iqtisodiy dastaklarning biri sifatida namoyon bo’lmoqda. Xo’sh, tahlil fani mustaqil Respublikamizda qachondan shakllangan va fan sifatida tashkil topgan?
90-yillarning boshlariga kelib O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach barcha sohalarda bo’lgani singari ilm-fan sohasida ham o’zining mustaqil yo’lini tanlab oldi. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarida iqtisodiy tahlilga bo’lgan munosabat tubdan o’zgara boshladi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki amaliyotda iqtisodiy dastaklarning biri sifatida tahlil namoyon bo’lmo¢da.
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish bir tomondan, korxonalarning mustaqil faoliyati uchun katta imkoniyat yaratib bersa, ikkinchi tomondan, ularning mas’uliyatini ham oshiradi. Korxonalarning iqtisodiy erkinligi va mas’uliyatining oshganligi ularning o’z faoliyatini chuqur tahlil qilishni taqozo qiladi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar o’ziga xos iqtisodiy dastaklar va Shunga mos fanlarning shakllanishini taqozo qiladi. Shunday fanlardan biri «Iqtisodiy tahlil» fanidir.
Endigi «Iqtisodiy tahlil» fani, eng avvalo, hech qanday mafkuraga tobe emasligi, davlat manfaatini inkor etmagan holda, turli mulk egalarining manfaatlarini o’zida aks ettirishi bilan o’ziga xoslik kasb etadi. Bu holat mazkur fanning maqsadi, vazifalari, tarkibi, unda qo’llaniladigan ko’rsatkichlar tizimini o’zgartirishni taqozo qiladi.
Iqtisodiy tahlil– bu iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatini anglash, tarkibiy qismlarga bo’lishga asoslangan. Ularni ko’p qirrali aloqa va bog’liqligini o’rganishdir. Tahlil fanining paydo bo’lishi har qanday yangi bilimlarni paydo bo’lishiga sabab bo’lgan ob’ektiv sharoit va talablarni vujudga kelishidir.
Birinchi navbatda – kompleks va tizimli tahlil bo’lgan amaliy talabning vujudga kelishi sababi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, ishlab chiqarish munosabatlarining takomillaShuvi, ishlab chiqarish ko’lamining kengayishidir. Bunday sharoitda rivojlanmagan oddiy korxonalarda qo’llanilib kelingan tahliliy hisob – kitoblar, faraz qilishlarni qo’llanilishi rivojlangan katta korxonalar sharoitiga etarli bo’lmay qolishi, korxona faoliyatini har tomonlama qamrab olgan kompleks iqtisodiy tahlilsiz murakkab iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va optimal qarorlar qabul qilish mushkul bo’lib qoladi.
Tahlil fanining O’zbekistonda yaratilish tarixini taxminan 5 bosqichga bo’lish mumkin. Respublikamizda «Iqtisodiy tahlil» fanining yaratilish va rivojlanish tarixini quyidagi chizmada ifodalab o’tish mumkin (2-chizma):
Ma’lumki, O’zbekistonda uzoq yillar mobaynida oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida tahlil fani asosan sobiq ittifoqning markaziy shaharlardagi (Moskva, Leningrad, Kiev) olimlar tomonidan tayyorlangan darsliklar asosida o’qitilib kelindi. Ammo, bunda o’zimizga xos xususiyatlar aks ettirilmagan edi. Bu esa 60-yillarga kelib O’zbekistonlik olimlarni ham bu fan sohasida ijod qilishga da’vat etdi.
Ushbu davrdan boshlab markazdan chiqadigan darsliklarda O’zbekistonlik olimlar muallif sifatida qatnashadigan bo’ldi. Jumladan, 1966 yilda Moskvaning «Ekonomika» nashriyotida chop etilgan «Matlubot kooperasiyasi korkonalari xo’jalik faoliyatining tahlili» nomli darslikning mualliflari tarkibiga lvovlik O.R.Kmisikevich, novosibirsklik L.A.Falkovichlar bilan birgalikda samarqandlik olim I.N.Toporovskiy ham taklif qilingan edi. Bu darslikda respublikamizning ba’zi xususiyatlari birinchi marta o’z ifodasini topdi.
Shu fan bo’yicha masalalar to’plamini yozishni samarqandlik olimlar o’z zimmalariga oladilar. 1970 yilda I.T.Abdukarimov, B.A.Zaleskiy va N.Toporovskiy tomonidan Moskvaning «Ekonomika» nashriyotida «Matlubot kooperasiyasi korxona va tashkilotlari xo’jalik faoliyatini tahlil qilish bo’yicha masalalar to’plami» o’quv qo’llanmasi birinchi marta chop etildi. Bu o’zbekistonlik olimlarning katta ishonchga sazovor bo’lganligi va ularning tan olinganligidan dalolat edi.
Sobiq ittifoq olimlari ichida xo’jalik faoliyatini tahlil qilish fani bo’yicha o’zbekistonlik olimlarning mavqei uzluksiz oshib bordi. Shu fanga bag’ishlangan qator monografiyalar, o’quv o’qllanmalari, risolalar va ilmiy maqolalar chop etila boshlandi. 1968 yilda I.T.Abdukarimov tomonidan «Kooperativ savdoda muomala xarajatlari tahlili» Moskvaning «Ekonomika» nashriyotida, 1971 yilda «Kooperativ savdoda chakana tavar oboroti tahlili» o’quv qo’llanmasi Moskva kooperativ instituti nashriyotida, 1973 yilda «Kooperativ savdoda foyda va rentabillik» nomli monografiyasi «Ekonomika» nashriyotida chop etildi.
Respublikamizda 60-70 yillarda tahlil fanining tashkil topishi va shakllanishida asosiy mav¢eini samarqandlik olimlar egallaganini e’tirof etgan holda, 80-yillarga kelib poytaxtimiz Toshkent shahrida va respublikaning boshqa hududlarida ham tahlil fani sekin asta shakllandi va rivoj topa boshladi. Bu davrga kelib tahlil faninnig rivojlanishiga Toshkentlik iqtisodchi olimlardan R.Radjapov, A.S.Sotivoldiev, Yo.Abdullaev, O.Maxmudov, X.Shodiev, N.Xan, A.Shoalimov, A.T.Ibragimov, A.Usanov, A.K.Ibragimov, B. Hasanov va boshqalar katta hissa qo’shdilar.
80-yillarda Respublikaning Samarqandda yaratilgan tahlil maktabini a’zolari ham o’z an’analarini davom ettirib, Yuqoriva sermahsul ijod qildilar. Bu davrga kelib samarqandlik olimlardan I.T.Abdukarimov, M.Pardaev va A.A.Abdievlar hamkorlikda «Xo’jalik faoliyatining tahlili»ga bag’ishlangan to’rt tomlik albom yaratdilar. Bu albomning birinchi qismi «Iqtisodiy tahlilning nazariy asoslariga» bag’ishlangan bo’lib, barcha mavzular tegishli tizmalarda tuShunarli qilib tasvirlangan. Ushbu albomning ikkinchi tomi «Kooperativ savdoda iqtisodiy tahlil» nomi bilan ataladi. Bunda kooperativ savdo korxonalari xo’jalik faoliyati batafsil tahlil qilingan. Ammo matlubot kooperasiyasi ko’p tarmoqli soha. Shu tufayli albomning 3-tomi «Matlubot kooperasiyasi alohida tarmoqldari xo’jalik faoliyatining tahlili» mavzusiga bag’ishlangan. Albomning 4-tomi matlubot kooperasiyasi tashkilotlarida barcha tarmoqlardan hisobot qabul qilinganidan keyingi o’tkaziladigan tahlil usullarini o’z ichiga olgan. Bu «Moliyaviy holatining tahlili» deb nomlangan va bunda barcha soha bo’yicha moliyaviy holatning qanday ahvolda ekanligi to’g’risida xulosa qilishga bag’ishlangan. Ushbu tahlil usullari ham aniq chizmalar orqali yoritilgan.