Moliyaviy tahlil


Sanoat korxonalarining xo’jalik faoliyatini tahlil qilish; 2



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə7/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

1. Sanoat korxonalarining xo’jalik faoliyatini tahlil qilish;
2. Iqtisodiyot tarmoqlarining boshqa tarmoqlarini tahlil qilish.
Bunda iqtisodiy rayonlar, hududlar va butun iqtisodiyot tarmoqlarini tahlil qilish tuShuniladi. Shuni aytish kerakki, iqtisodiyot tarmoqlarini tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil o’rin olmagan bo’lib, u siyosiy iqtisod va tarmoqlar iqtisodiyoti kurslarida o’rganiladi. Holbuki, korxonalarning xo’jalik faoliyatini tahlil qilish iqtisodiy fanlar qatoridan o’ziga xos mustaqil o’rin olgan.
Hozirgi sharoitda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirishda, iqtisodiyotdagi noqulay yo’nalishlarni tez bartaraf etishda iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta isloh qilishni jadallashtirish birinchi navbatdagi vazifadir. Iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari iqtisodiyotni boshqarishni qayta qurishning mohiyati va uni amalga oshirish tamoyillari bilan bevosita belgilanadi. Iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta qurishning mohiyati – barcha darajalarda asosan ma’muriy raxbarlik usullaridan iqtisodiy usullarga, manfaatlar orqali boshqarishga, boshqarishni keng demokratiyalashga, inson omilini butun choralar bilan kuchaytirishga o’tishdir. Hozirgi bosqichda tub islohotni amalga oshirish bozor iqtisodiyoti afzalliklarini mumkin qadar to’laroq ro’yobga chiqarish imkonini beradigan yaxlit, samarali va epchil boshqarish sistemasini vujudga keltirishni taqozo qiladi.
Xo’jalik faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarish ko’pgina ta’sir etuvchi omillarga, shartlarga va holatlarga bog’liq bo’ladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, korxonalar faoliyatini boshqarishda boshqaruv funksiyasi asosiy mavqeini egallaydi, Shu bilan birga tahlil ham. Ushbu funksiyalarning to’liq faoliyati va darajasi ko’p jihatdan ularning uslubiyatiga bog’liqligi bilan, bundan tashqari boshqaruv ob’ektida fanning predmetini o’z vaqtida aniq tuShunishi bilan ajralib turadi.
Bizga ma’lumki, odatda har qanday fan o’z predmeti orqali ob’ektiv borliqning qaysidir tomonlari va qismlarini tuShuna oladi. Aynan bitta ob’ektni turli xil fanlar o’zining ixtisoslik tomonlaridan yoki aloqalaridan kelib chiqib turlicha qarashi mumkin. Ko’rinib turganidek, xo’jalik faoliyati o’zining mazmuni va strukturasi jihatidan murakkab ob’ekt ekanligi bilan ajralib turadi.
Shu sababli korxonalarning xo’jalik faoliyatini ko’pgina iqtisodiy fanlar hamda boshqa fanlar o’rganishi mumkin.
Har bir fan jamiyat, tabiat va idroklash, taraqqiyot haqida ma’lum bir bilim beradi. Bunday bilim berishda yoki o’rganishda tabiat va jamiyatni rivojlantirishdagi umumiy qonuniyatlariga, tamoyillariga amal qiladi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin