11.2. Qo’shilgan va zaxira kapitallarini hisobga olish
Aksioner jamiyatlarida qo’shilgan kapitalning buxgalteriya hisobi 8400-
«Qo’shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar» ning quyidagi: 8410-«Emissiya
daromadi» va 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotlarida
hisobga olinadi.
403
Ushbu schyotlar oddiy va imtiyozli aksiyalar bo’yicha nominal qiymatidan
ortiq olingan, shuningdek, ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlarning
mavjud summalarini va ularning harakatini umumlashtirish uchun tayinlangan.
8410-«Emissiya daromadi» schyotida aksiyalarni ta’sischilarga birlamchi
sotishda nominal qiymatidan ortiqcha tushgan summa hisobga olinadi. Bu vaqtda
5010, 5110, 5210–schyotlar debetlanib, 8410-«Emissiya daromadi» schyoti
kreditlanadi. Bu schyotning debetida o’z aksiyalarini sotib olishi va bekor qilishda
tashkil bo’lgan salbiy farq summalarini qoplanishi aks ettiriladi. Bu vaqtda 8410
«Emissiya daromadi» schyoti debetlanib, 8610-«Sotib olingan xususiy aksiyalar –
oddiy» va 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – imtiyozli» schyotlari
kreditlanadi.
8410-«Emissiya daromadi» schyoti bo’yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli
aksiyalar bo’yicha alohida yuritiladi.
8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyoti ustav kapitalini
shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kursdagi farqlarni hisobga olish uchun
tayinlangan.
Ustav kapitalini shakllanishida valuta va valuta qimmatliklari ustav kapitaliga
badal qo’yilgan vaqtdagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
belgilangan kurs bo’yicha baholanadi. Valuta va valuta qiymatliklari va boshqa
mulklarning bahosi ta’sis hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish paytidagi bahosidan
farqlanishi mumkin. Bu vaqtda vujudga keladigan kursdagi farqi 8420-«Ustav
kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotida hisobga olinadi.
Baholar orasidagi ijobiy farq summasiga mulk, valuta va valuta
qiymatliklarini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 8420-«Ustav kapitalini
shakllantirishdagi kurs farqi» schyoti kreditlanadi, salbiy farqi esa aksincha
provodkalar bilan rasmiylashtiriladi. Baholardagi farqlarni shu tartibda hisobdan
chiqarish ta’sis hujjatlarida kelishilgan ta’sischilarning ustav kapitalidagi ulushini
o’zgartirmaslik imkoniyatini beradi.
404
Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga keladigan kurs farqlarining analitik
hisobi, ochiq turdagi aksioner jamiyatining aksionerlari bilan olib boriladigan
hisob –kitoblar hisobidan tashqari, har bir ta’sischilar bo’yicha yuritiladi.
Qo’shilgan kapital hisobi bo’yicha schyotlar korrespondensiyasi (8400)
№
Хo’jalik muomalalarining
mazmuni
Schyotlar
korrespon-densiyasi
Yozuvni tasdiqlovchi
hujjatlar
Debet
Kredit
1 Aksiyalarning nominal qiymati
bilan emission qiymati
orasidagi farq summani qabul
qilish
5110,
5010,
5020,
5210
8410 Kirim kassa orderi,
bankning ko’chirmasi
2 Sotib olingan o’z aksiyalarini
ikkilamchi sotishdan pul tushdi
5110,
5010,
5020,
5210
8610,
8620
Kirim kassa orderi,
bankning ko’chirmasi
3 Sotib olingan aksiyalarini qayta
sotishda sotib olgan narxdan
kam sotilganligi uchun farqi
emission daromad hisobidan
qoplandi
8410
8610,
8620
Тa’sischilar qarori,
bankning ko’chirmasi
4 Sotib olingan aksiyalarni bekor
qilishda aksiyalarni nominal
qiymati bilan sotib olish bahosi
orasidagi salbiy farqi emission
daromad hisobidan qoplandi
8410
8610,
8620
Тa’sischilar qarori
5 Ustav kapitalini shakllanishida
4610,
8420 Тa’sischilar qarori,
405
kapitalni to’lash paytida
vujudga kelgan ijobiy kurs farqi
4890
bankning ko’chirmasi
6 Ustav kapitalini shakllanishida
kapitalni to’lash paytida
vujudga kelgan salbiy kurs farqi
8420
4610,
4890
Тa’sis xujatlari,
buxgalteriya raschyoti
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlari umumiy majlis qarori bo’yicha aksiyalarni
nominal qiymatini ko’paytirish yoki qo’shimcha aksiyalar chiqarish yo’li bilan
ustav kapitalini ko’paytirishlari mumkin. Sodir bo’lgan zararlarni qoplash uchun
ustav kapitalini ko’paytirishga yo’l qo’yilmaydi. Aksionerlarning umumiy majlisi
ustav kapitalini kamaytirish to’g’risida ham qaror qabul qilishi mumkin. Ustav
kapitalini kamaytirish aksiyalarni nominal qiymatini kamaytirish yo’li bilan yoki
aksiyalarni umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini sotib olish
yo’li bilan bo’lishi mumkin. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatining ustav kapitalini
kamaytirish jamiyatning barcha kreditorlarini ogohlantirgandan so’ng amalga
oshiriladi.
Хo’jalik yurituvchi subyektlar o’zlarining sof foydasidan ta’sis hujjatlarida
belgilangan miqdorda zaxira kapitali tashkil etishi mumkin. Zaxira kapitaliga har
yili ustavda belgilangan miqdorgacha ajratiladi. Basharti amaldagi qonunchilik va
ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan bo’lsa, boshqa tijorat tashkilotlari ham zaxira
kapitalini tashkil etishlari mumkin.
Zaxira kapitalining tayinlanishi – sodir bo’ladigan korxonaning balans zarari
va boshqa to’lovlarini qoplashdir. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlarida zaxira
kapitalidan, foyda yetarli bo’lmagan yoki yo’q bo’lgan hollarda, imtiyozli
aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash uchun ham foydalaniladi. Zaxira kapitalini
to’ldirish uchun asosiy vositalarning indeksatsiya fondi summasi ham
yo’naltiriladi.
406
Zaxira fondi harakatining hisobi 8500-«Zaxira kapitalini hisobga oluvchi
schyotlar» ning quyidagi: 8510-«Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»;
8520-«Zaxira kapitali» va 8530-«Тekinga olingan mulk» schyotlarda hisobga
olinadi
8510–schyotida mulklarni qaytadan baholash natijasida ularning qiymatini
ortishi hisobga olinadi. Bu schyot passiv bo’lib mulklarni qayta baholash
natijasida zaxira kapitalini tashkil etilishi va to’ldirilishi 8510-«Mulkni qayta
baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotining kreditida aks ettirilib, tegishli qiymati
ko’paytirilgan mulklarni hisobga oladigan schyotlar debetlanadi.
Basharti qaytadan baholash natijasida mulklarning qiymati kamaytirilsa,
xuddi shu mulk turi bo’yicha qaytadan baholash natijasida ortgan qiymati
tugaguncha 8510 «Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyoti debetlanib
tegishli aktivlarni hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi. Undan ortiYoiga 9430-
«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib tegishli aktivlarni hisobga
oladigan schyotlar kreditlanadi. 8510-schyotning qoldig’i balansda «Zaxira
kapitali» moddasi bo’yicha ko’rsatiladi.
8510-«Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotining debetiga
quyidagi hollarda yoziladi:
qaytadan baholash natijasida mulklar qiymatini
kamayishi; Qaytadan baholash natijasida uzoq muddatli investitsiya qiymatini
kamayishini
qoplash;
korxonaning
tugatilishida
ta’sischilar
orasida
taqsimlanadigan summa. Bunda 8510-schyot debetlanib 6620-«Chiqib ketayotgan
ta’sischilarga ulushi bo’yicha qarz» schyoti kreditlanadi.
8520-«Zaxira kapitali» schyotida xo’jalik yurituvchi subyektlar o’zlarining
ta’sis xujjatlarida belgilangan miqdorda zaxira kapitali tashkil etilganda yoki
to’ldirilganda aks ettiriladi. Bu vaqtda 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan
foydasischyoti debetlanib, 8520-«Zaxira kapitali» schyoti kreditlanadi.
Zaxira kapitalidan foydalanilishi 8520-«Zaxira kapitali» schyotining
debetida aks ettiriladi. Masalan, aksioner jamiyatining dividend to’lash uchun
407
foydasi yo’q bo’lsa, yoki yetmasa zaxira kapitali hisobidan dividendlar hisoblash
bo’yicha quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8520-«Zaxira kapitali», Kt 6610-
«Тo’lanadigan dividendlar» schyoti.
8530-«Тekinga olingan mulk» schyoti qaytarib bermaslik sharti bilan olingan
mol-mulklarni hisobga olish uchun tayinlangan.
Mol-mulk bepul olinganda, olingan mol-mulklarni hisobga oladigan schyotlar
debetlanib, 8530 «Тeking olingan mulk» schyoti kreditlanadi. Bepul olingan mol-
mulklar qiymati foyda (daromad)dan ajratma solig’iga tortiladi. Bepul olingan
mol-mulkni soliqqa tortish tartibi O’zR Soliq Kodeksi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |