10.4. Тayyor mahsulotlarni yuklab jo’natish va sotishning analitik
xamda sintetik hisobi
Yuklab jo’natilgan mahsulotlar (bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmat) lar –
mahsulot hamda xizmatlar uchun to’lov hujjatlari, mol yuboruvchilar tomonidan
bankka topshirilgan, lekin xaridorlar tomonidan to’lanmagan summani anglatadi.
Oy oxirida yuklab jo’natilgan, lekin to’lov hujjatlari bankka topshirilmagan
mahsulotlar balansda ombordagi tayyor mahsulotlar bilan birga aks ettiriladi va
korxonaning aylanma mablag’lari tarkibida ko’rsatiladi.
384
Тayyor mahsulotlar harakatining sintetik hisobi 2810 «Ombordagi tayyor
mahsulotlar» schyotida yuritilib, u mavjud tayyor mahsulotlar va ularning harakati
to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. Bu schyotning debetida
omborga tushgan mahsulotlar, kreditida esa ombordan jo’natilgan mahsulotlar aks
ettiriladi.
Agar mahsulotlar harakatining joriy hisobi reja tannarxida yuritilsa, 2810-
schyotning debetida ikkita ko’rsatkich reja tannarxi va reja tannarxidan farq
summasi hisobga olinadi. Agar joriy hisobda korxonaning ulgurji baholari
qo’llanilsa, 2810 schyotning debetida quyidagi ko’rsatkichlar bo’ladi: ishlab
chiqarilgan mahsulot qiymatining korxona ulgurji bahosi va ulgurji baho qiymati
bilan haqiqiy tannarxi orasidagi farqi.
Mahsulot (ish va xizmat) larni sotish hisobi 9010 -«Тayyor mahsulotlarni
sotishdan daromadlar», 9020 -«Тovarlarni sotishdan daromadlar» va 9030- «Ishlar
bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar» schyotlarida yuritiladi. Ushbu
schyotlar tranzit bo’lib, passiv schyotlarga mansubdir. Bu schyotlar tayyor
mahsulotlar tovarlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarni sotish jarayoni
to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. Bu schyotlarning kredit
qoldiqlari moliyaviy natijani aniqlash maqsadida har oyning oxirida 9910 -
«Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o’tkazilib boriladi.
1998 yilning 1 yanvaridan boshlab mahsulotlar yuklab jo’natgan, xizmatlar
ko’rsatilgan, ishlar bajarilgan sana hisoblash usuliga ko’ra sotilgan vaqt
hisoblanadi
Hisoblash usulida mol oluvchilarga mahsulot yuklab jo’natilganda, sotilgan
mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi
amalga oshiriladi: Dt 9110 -«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi» schyoti,
Kt 2810 -«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti.
Yuklab jo’natilgan mahsulotning shartnoma (sotish) qiymatiga, D-t 4010
«Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti, K-t 9010
385
«Тayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» schyoti kabi yozuv amalga
oshiriladi..
Yuklab jo’natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16- qaydnomaning II-
bo’limida yuritiladi. Bu qaydnomaning ikkinchi bo’limida jo’natilgan, sotilgan
mahsulotlar,
moddiy
qiymatliklar,
xizmatlar
va
xaridorlar
bilan
hisoblashishlarning analitik va sintetik hisobi o’z ifodasini topgan. Jo’natilgan va
sotilgan mahsulotlar analitik hisobi ularning natural ko’rinishdagi turlari bo’yicha
yoki to’lov hujjatlari bo’yicha ikki bahoda – haqiqiy tannarxda va sotish narxida
tashkil etiladi.
Shuni ham aytish kerakki, oy boshiga va oy oxiriga to’lanmay qolgan,
hisobot oyida jo’natilgan, xaridorlar tomonidan qaytarilgan va sotilgan
mahsulotlarning umumiy miqdori ham hisobga olinadi. Qaydnomaning II-
bo’limini to’ldirish uchun oldingi oyning qaydnomasi (to’lanmagan mahsulotning
oy boshiga qoldig’i), to’lov hujjatlari, hisobot oyida jo’natilgan mahsulotlarga
buyruq – nakladnoylari, shuningdek, korxonaning hisob – kitob schyotidan
olingan bankning ko’chirmalari asos bo’lib hisoblanadi. Mol oluvchi hisobidan
chek bilan to’langan temir yo’l tarifi qaydnomada alohida ko’rsatiladi, chunki u
mahsulot sotish hajmiga kiritilmaydi.
Qaydnomaning II- bo’limida quyidagi ma’lumotlar o’z ifodasini topadi: oy
davomida ombordan yuklab jo’natilgan mahsulotlarning assortimenti va qiymati
bo’yicha miqdori; transport xarajatlari summasi; QQS summasi; schyot – to’lov
hujjatlari bo’yicha olishga tegishli summa; xaridorlar bilan hisob – kitoblar holati;
mahsulot uchun hisobot oyida tushgan summalar to’g’risidagi ma’lumotlar va
transport xarajatlarini qoplanishi va boshqa ma’lumotlar. Qaydnomaning
ko’rsatkichlari katta operativ ahamiyatga ega, chunki har kuni yuklab jo’natilgan,
sotilgan mahsulotlar hajmi to’g’risida ma’lumotlar qayd etilgan bo’ladi. Bundan
tashqari, shartnoma majburiyatlarini bajarilishi ham nazorat qilinadi.
386
16- qaydnomaning III- bo’limida to’langan, hisobdan chiqarilgan,
to’lanmagan va hisobdan chiqarilmagan summalar to’g’risidagi yig’ma
ma’lumotlar aks ettiriladi.
III. Тo’langan, hisobdan chiqarilgan, to’lanmagan va hisobdan chiqarilmagan
summalar bo’yicha yig’ma ma’lumotlar. A. Korrespondentlanuvchi schyotlar
bo’yicha to’lanishi va hisobdan chiqarilishi
so’m
Debet-
lanuvchi
schyot
Kreditlanuvchi va debetlanuvchi
schyotlar
Jami
joriy oy uchun
qaydnoma
bo’yicha
o’tgan
oy
uchun
qaydnoma
bo’yicha
5110 -
4010 -
2810-schyotning
kreditidan
(mahsulot sotish bo’yicha oborot
shaklida aks ettirilmagan summa)
quyidagi schyotlarning debetiga:
«Ҳisob-kitob schyoti»
9010-schyotning
kreditidan
quyidagi schyotlarning debetiga:
«Хaridorlar va buyurtmachilar
bilan hisob-kitoblar»
9600
726272
Jami
735872
B. Mahsulotni qaytarilishi bilan bog’liq bo’lgan taqdim etilgan summalarni
kamaytirish tartibidagi hisobdan chiqarishlar.
V. Hisob guruhlari bo’yicha to’lanmagan va hisobdan chiqarilmaganlar.
so’m
387
Hisob guruhlari
Тayyor
mahsulot
uchun
Тransport
xarajatlari
Тo’lanmadi:
Joriy oy uchun qaydnoma bo’yicha
110600
1380
Oldingi oy uchun qaydnoma bo’yicha
Shu jumladan:
Mahsulot xaridorning mas’uliyatli saqlashida
qolganligi uchun hisobdan chiqarilmadi:
Joriy oy uchun qaydnoma bo’yicha
Oldingi oy uchun qaydnoma bo’yicha
Joriy oy uchun 3 – jadval bo’yicha jami 847852
Qaydnomaning III- bo’limi taqdim etilgan schyotlar bo’yicha umumiy
summasini ko’rsatib oy oxirida to’ldiriladi va u uch qismdan iboratdir:
A- to’lanishi va hisobdan chiqarilishi; B- mahsulot qaytarilganligi uchun
hisobdan chiqarilishi; V- to’lanmagan, hisobdan chiqarilmagan. Bu bo’lim 2810
va 9010 schyotlarning kredit oborotlarini II- jurnal -orderida to’liq aks
ettirilganligi va 2810 schyot bo’yicha keyingi oyga qolgan qoldiqni to’g’ri
hisoblab chiqilganini nazorati uchun xizmat qiladi.
Mahsulot sotish bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalarining majmui
sotish jarayoni deyiladi. Mahsulot sotish jarayonini rejalashtirish korxonani
buyurtma bilan ta’minlashdan boshlanadi. Unga binoan ishlab chiqarish jarayonini
tashkil etish asosi bo’lgan nomenklatura bo’yicha reja tuziladi. Buyurtmalarda
mahsulotlarning assortimenti, yuklab jo’natish muddati, miqdori va sifati, narxi,
hisoblashish shakllari ko’rsatilgan bo’lib buyurtmachi va mol yuboruvchilar bilan
kelishib olinadi.
388
Mahsulot uchun pul xaridorlardan hisob – kitob schyotiga kelib tushgan
sanada sotildi deb hisoblanadi (kassa usuli) yoki yuklab jo’natilgan, topshirilgan
mahsulotlar, bajarilgan ishlar, xizmatlar uchun hujjatlar bankka topshirilgan
sanada sotildi deb hisoblanadi (hisoblash usuli). Ikkala usulda ham sotilgan
mahsulot (ish, xizmatlar) 9010 «Тayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar»,
9020 «Тovarlarni sotishdan daromadlar», 9030 «Ishlar bajarilgan va xizmatlar
ko’rsatishdan daromadlar» schyotlarida hisobga olinadi. Sotilgan tovarlarni
qaytarilishi va xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar 9040 «Sotilgan
tovarlarning qaytishi» va 9050 «Хaridorlar va buyurtmachilarga berilgan
chegirmalar» - schyotlarida hisobga olinadi. Bu schyotlarning xususiyatlari
shundan iboratki, ularning debeti va kreditida bir hajmda (miqdorda) gi sotilgan
mahsulot (ish, xizmat) lar bir xil summada aks ettiriladi.
9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida 4010 «Хaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti bilan korrespondentlashgan
holda mahsulot (ish va xizmat) lar sotishdan tushadigan sof tushum aks ettiriladi.
Bu schyotlarda xaridorlarga jo’natilgan mahsulot (ish va xizmat) lar bo’yicha
hisoblangan aksiz solig’i va QQS summalari aks ettirilmaydi, balki quyidagi
provodka bilan 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
schyotida aks ettiriladi:
D-t 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» jo’natilgan
mahsulotlar uchun, aksiz solig’i va QQS summasi qo’shilgan holda, xaridorlardan
olinadigan jami summaga.
K-t 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» hisoblangan
aksiz soliђi va QQS summasiga.
K-t 9010 «Тayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» mahsulot sotishdan
tushadigan sof tushumga.
389
9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida aks ettirilgan summa oy oxirida
9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti bilan korrespondentlangan holda
yopiladi.
Hisoblash usulida, ya’ni mahsulotni topshirish (yuklab jo’natish), ish va
xizmatlarni bajarish fakti sotildi deb hisoblanganda 4010 «Хaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti qo’llaniladi. Bu schyot aktiv
bo’lib, uning saldosi buyurtmachiga topshirilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning
to’lanmagan sotish qiymatini ko’rsatadi; debet oboroti hisobot oyida topshirilgan
mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa
hisobot oyida xaridorlar tomonidan to’langan summani ko’rsatadi. Quyida
mahsulot sotish operatsiyalarini schyotlarda aks ettirish sxemasi keltiriladi.
«Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar»
korrespondensiyasi (9000)
D-t
K-t
Korrespondentlanuvchi schyotlar
Schyotlarning krediti
Schyotlarning debeti
4010,
4110-
4010,
4110-
9910-
Kreditga
sotilgan
tovarlarning
qaytarilishi
(debet
9040)
Sotilishidan
va
narxidan
berilgan
chegirmalar
(debet 9050)
Oy oxirida sotishdan
olingan
sof
tushumning hisobdan
Yuklab jo’natilgan mahsulot,
bajarilgan ish va xizmatlar
uchun to’lanadigan summa
Mahsulot, ish va xizmatlar naqd
pulga sotilganda
Qisqa
va
uzoq
muddatli
investitsiya
tarzida
boshqa
tashkilotlarga o’tkazib berilgan
mahsulotlar summasiga
O’z kapital qurilishi uchun
ko’rsatilgan
xizmatlar
-
4010,
4110
-
5010,
5020
-
5810,
0610
-
0890
-0810
-
390
chiqarilishi
summasiga
Ichki xo’jalik ehtiyojlari uchun
sarflangan
mahsulot
va
ko’rsatilgan
xizmatlar
summasiga
Mehnat
haqi
yuzasidan
xodimlarga berilgan mahsulot
va xizmatlar summasiga
Mahsulot
bilan
to’langan
dividendlar summasiga
Hisobot davri oxirida 9040 va
9050 – schyotlarining yopilishi
0890,
2320, 2510,
9410 - 9450
-
6710
-
6610
-
9900
Yuklab jo’natilgan va sotilgan mahsulotlarning turlari bo’yicha sintetik hisobi
11- jurnal–orderida yuritiladi. Bu jurnal- order 2810, 9410, 9010, 9020, 9030,
9210, 9220, 4010 - schyotlarning kredit oborotlarini va 9010, 9020, 9030 -
schyotlarining analitik ma’lumotlarini yozish uchun tayinlangan. 11 - jurnal–order
15 va 16 - qaydnomalarning analitik ma’lumotlariga asosan to’ldiriladi. Quyida
11- jurnal–orderining shakli keltiriladi.
11 – jurnal-order
So’m hisobida
Schyotlar
krediti
Schyotlar debeti
2810 9410 9010
9020
6410
Jami
2810 «Yuklangan tovarlar»
43280
0
432800
4010
«Хaridorlar
va
2832 440108
442940
391
buyurtmachilardan
olinadigan
schyotlar»
5010 «Milliy valutadagi pul
mablag’lari»
9600 565300
16097
2
735872
jami
43280
0
2832 449708 565300
16097
2
161612
Yuklab jo’natilgan mahsulotlar hajmidagi yil boshidan jamlanuvchi
oborotlari haqiqiy tannarxni taqdim etilgan schyotlar summasiga bo’lgan foiz
nisbatini hisoblash uchun foydalaniladi. Bu nisbat 100% dan kam bo’lishi kerak,
chunki u korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumidagi haqiqiy xarajatlar
ulushini ko’rsatadi. Qolgan qismi foyda ulushini ko’rsatadi. Koxona bo’yicha foiz
nisbati 82,0 (2520000 x 100 : 3068000).
Demak, sotishdan tushgan tushumning qariyb 18% ini foyda tashkil etadi.
Ushbu ko’rsatkich nafaqat reja bajarilishini tahlil qilishda, balki oy oxiriga qolgan
yuklab jo’natilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxini
hisoblashda katta ahamiyatga ega. Buning uchun barcha schyotlar bo’yicha oy
oxiriga to’lanmagan sotish qiymatidagi summani foiz nisbatiga ko’paytiriladi.
Koxonada haqiqiy tannarx bo’yicha qoldiq 90692 so’mga teng (110600 x 82,0 :
100).
11 - jurnal–orderning analitik ma’lumotlari bo’yicha foyda summasiga
buxgalteriyada 15 - jurnal–orderga yozish uchun quyidagi korrespondentlanuvchi
schyotlarni ko’rsatib ma’lumotnoma tuzadi: D-t 9010, 9020, 9030- schyotlar, K-t
9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.
Хaridorga mahsulot yuklab jo’natishdan oldin ulardan mahsulot qiymatining
eng kamida 15 % bo’nak to’lovlari tariqasida qabul qilinishi lozim.
41
41
ЎзР Президентининг «Тўлов интизоми ва ўзаро ҳисоб-китоблар тизимини мустаҳкамлаш чора-тадбирлари
тўғрисида» Фармони. 1996 йил 24 январ
392
Olingan bo’naklarning sintetik hisobi 6310 «Хaridorlar va buyurtmachilardan
olingan bo’naklar» schyotida yuritiladi. Bu schyot moddiy qiymatliklarni yetkazib
berish uchun yoki bajarilgan ishlar uchun olingan avanslar bo’yicha, shuningdek
buyurtmachilar uchun bajarilgan qisman tayyor bo’lgan mahsulot va ishlarni
to’lash bo’yicha olib boriladigan hisob – kitoblar to’g’risidagi axborotni
umumlashtirish uchun tayinlangan.
Olingan bo’naklar summasi, shuningdek qisman tayyor bo’lgan ishlar va
xizmatlar uchun olingan to’lanmalar, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar
(5010, 5110, 5210) ning debeti va 6310 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olingan
bo’naklar» schyotining kreditida aks ettiriladi.
Тo’la tayyor buyumlar, materiallar va bajarilgan ishlar uchun mol oluvchi
(buyurtmachi)larga schyotlar taqdim etilganda, ushlab qolinadigan olingan bo’nak
summalari va qisman tayyor bo’lgan mahsulot va ishlar bo’yicha olingan
to’lanmalar 6310-schyotning debetida va 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan
olinadigan schyotlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. 6310 - schyot bo’yicha
analitik hisob har bir kreditor bo’yicha yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |