380
tarifi summasini ko’rsatish uchun ekspeditorga beriladi. Ikkinchi nusxasi molning
jo’natganligi to’g’risida asos bo’lib omborchida qoladi. Unga binoan ombor hisobi
kartochkasining «chiqim» grafasiga jo’natilgan mahsulotning miqdorini yozib
qo’yadi va hujjat buxgalteriyaga topshiriladi. Ekspeditor mahsulotni transport
tashkilotiga topshirib undan yukni qabul qilib olganligi to’g’risida
kvitansiya
oladi. Mahsulot jo’natilgandan keyingi kuni ekspeditor buyruq – nakladnoyini va
transport tashkilotining kvitansiyasini mol oluvchining nomiga to’lov talabnoma –
topshiriq yoki boshqa hujjat yozish uchun buxgalteriyaga topshirishi shart. Shu
bilan bir vaqtda schyot – faktura ham yoziladi.
Тo’lov talabnomasida jo’natilgan tovarning assortimenti, miqdori, sotish
(shartnoma) bahosi va qiymati ko’rsatiladi, bunday holda schyot faktura to’lov
talabnomasiga albatta ilova qilinishi kerak.
Тo’lov talabnomasi mol oluvchining hisob – kitob schyotidan schyot –
fakturaga asosan yuklab yuborilgan mahsulot qiymatini o’tkazib berishi to’g’risida
mol yuboruvchining bankka bergan buyrug’i bo’lib hisoblanadi. Schyot – faktura
yoki to’lov talabnomasininig alohida qatorida
mol oluvchilar tomonidan
to’lanadigan idish va o’rama qiymati hamda temir yo’l tarifi ko’rsatiladi. Ayrim
hollarda mol yuboruvchining to’laydigan temir yo’l tarifi to’lanmalar summasiga
qo’shilishi mumkin, QQS summasi alohida qatorda ko’rsatiladi.
Mol yuboruvchi bilan mol oluvchi o’rtasida tuziladigan shartnomada mol
yuboruvchi mahsulotni qaysi joy (franko – joy) gacha yetkazib berish xarajatlarini
o’z hisobiga olishi to’g’risida kelishib olinadi.
Franko – joyni quyidagi turlari mavjud:
mol yuboruvchining franko – ombori – bunda
mol yuboruvchi korxona
mahsulot yuborish bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlar (ombordagi, temir yo’l
bekatidagi, yuklash – tushirish ishlar qiymati, tashish qiymati va temir yo’l tarifi)
to’lov – talabnomasiga qo’shiladi;
381
-
franko – yuklab jo’natish bekati – bunda mol yuboruvchi to’lov –
talabnomaga temir yo’l tarifini va mahsulotni vagonga yuklash xarajatlari
summasini qo’shadi;
-
franko – vagon tayinlanish bekati – bunda mol yuboruvchi to’lov –
talabnomaga faqat temir yo’l (yoki boshqa transport) tarifi summasini qo’shadi;
-
franko – tayinlanish bekati – bunda temir yo’l tarifi qo’shilgan holda
mahsulot jo’natish bilan bog’liq bo’lgan barcha
xarajatlarni mol yuboruvchi
to’laydi;
-
franko – mol oluvchining ombori – bunda yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar
bilan bir qatorda mol yuboruvchi mol oluvchining bekatidagi va uning omboridagi
tushirish – yuklash ishlari, uning omboriga olib borish va boshqa ishlar qiymatini
to’laydi.
O’zbekistonda to’lovning keng tarqalgan turi bo’lib franko – vagon
tayinlanish bekati hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: