371
Faoliyatini baholashning nomoliyaviy chegaralariga esa xizmat qilishning
sifati, sotuvchilarning xushmuomala va chaqqonligi kiradi. Chunki ushbu xatti
harakatlari bilan sotuvchilar do’kondan xaridorlarni quruq chiqarmay u yoki bu
tovarni sotib olishga undaydilar. Markaziy idora va omborlar faoliyatining
natijasini baholash tartibi foyda markazlarining faoliyatini baholash kabi
belgilanadi. Quyida mart oyida markaziy idoraning xarajatlar bo’yicha tuzilgan
budjetining bajarilishi bo’yicha hisoboti keltirilgan (9.11-jadvalga qarang).
B- buxgalteriya, K-kompyuter bo’limi, Т- ta’minot bo’limi, M- ko’chmas
mulk bo’limi, S- sotish bo’limi.
Хarajat markazlarining xodimlarini rag’batlantirish uchun esa ularning
shaxsiy faoliyati, qo’shgan xissasi, ijrochilik qobiliyati, madaniyati e’tiborga
olinadi. Rag’batlantirishlar pul ko’rinishida- mukofot, dam olish uylariga va
davolashga bepul yo’llanma, sayohat, xizmat lavozimining pog’onasidan
ko’tarilish ko’rinishida bo’ladi.
Hisobotda sarflangan xarajatlar to’g’risida ma’lumotlar keltirilganligi uchun
«
+
» belgisi ijobiy va «-» belgisi salbiy holatlarni bildiradi. Mart oyida
kompaniyaning ma’muriyati tomonidan sarflangan xarajatlarning budjetga
nisbatan 160000 so’mga tejalgani ko’rinib turibdi. Ushbu ko’rinishdagi tuzilgan va
taqdim qilingan hisobotda xarajatlar uning turlari- moddalari bo’yicha nazorat
qilishdan tashqari har bir mas’uliyat markazlari bo’yicha ham nazorat va tahlil
qilish imkoniyatini yaratadi.
9.11-jadval
Kompaniya idorasining mart oyidagi budjetining bajarilishi bo’yicha
hisobot (ming so’m)
Dostları ilə paylaş: