9.7. Хo’jalik yurituvchi subyektlarning segmentlari bo’yicha hisobot
tizimini tuzishning vazifalari va bosqichi
Segmentlar bo’yicha hisobni yuritish va hisobot tuzish tizimini yaratishdan
maqsad mulk egalari va hamma bosqichdagi menedjerlarni ushbu bo’limlarning
faoliyatini tahlil qilish va oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur
bo’lgan to’liq, tezkor va ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlashdir.
Zarurat tug’ilganda ushbu ma’lumotlarni moliyaviy hisob to’liq holda va
tezkor yetkazib bera olmaydi. Shuning uchun ham segmentlar bo’yicha hisobni
yuritish: hozirda amal qilinayotgan hujjatlarning aylanishini takomillashtirishga
yordam beradi; kompaniyaning va ayrim mas’uliyat markazlari faoliyatining
ko’rsatkichlarini muqobillashtirish imkoniyatini yaratadi; natijada kompaniyaning
oladigan foydasi hajmining ko’payishiga yordam beradi.
Shuning uchun segmentlar bo’yicha hisob va hisobotni tashkil qilishda
quyidagilarga amal qilish lozim: ushbu tizimni tadbiq qilish va unga xizmat qilish
xarajatlari ulardan foydalanish natijasida ko’rilgan samaradan kam bo’lishi kerak;
ushbu
tizim
ma’lumotlarining
sirliligini
ta’minlashi
lozim;
tizim
avtomatlashtirilgan va qulay bo’lishi lozim.
357
Segmentlar bo’yicha hisobni yuritish tizimi tegishli subyektda quyidagi
bosqichlarni bosib o’tishini talab qiladi:
1-bosqich. Mas’uliyat markazlariga ajratilgan holda boshqarishning
markazlashmagan tarkibini shakllantirish. Mas’uliyat markazlari o’z navbatida
foyda markazi va xarajatlar markaziga bo’linishi shart. Ushbu shartdan kelib
chiqqan holda boshqaruv tarkibini quyidagicha shakllantirish maqsadga muvofiq
bo’ladi. (9.5-chizmaga qarang).
Ushbu keltirilgan loyiha bo’yicha boshqaruv tashkil qilinsa foyda markazi
sifatida ayrim olingan har bir do’kon va xarajat markazi sifatida esa idora va
omborlar faoliyat ko’rsatadi. Natijada foyda markazlari bo’yicha olingan
boshqaruv axborotlari asosiy o’rin tutadi. Chunki ularning faoliyatini oqilona va
muqobil boshqarish kompaniyaning umumiy foydasiga to’g’ridan to’g’ri ta’sir
qiladi. Chunki foyda markazlari sarflangan xarajatlarni qoplabgina qolmay
subyekt uchun foyda ham olib kelishi kerak. Хarajatlarning paydo bo’lish
markazlari hisoblangan mas’uliyat markazlari bo’yicha boshqaruv hisobi va
nazorati o’rnatiladi.
Ma’suliyat markazlarining faoliyati uchun javobgar shaxslar tegishli
segmentlarning rahbarlariga yuklatilgan. Ushbu markazlarning faoliyati o’z
navbatida tegishli bo’limlarning rahbarlari tomonidan nazorat qilinadi.
358
9.5-chizma. «Maxmud» kompaniyasining loyihadagi tashkiliy tarkibi.
Mas’ul xodimlar-mutaxassislar va bo’limning direktorlari mansab huquqi
chegarasida boshqaruv qarorlarini qabul qiladilar. Ularning huquq chegarasidan
chiqqan ayrim muammo va masalalar esa bosh direktor tomonidan yoki direktorlar
kengashi tomonidan yechiladi. Direktorlar kengashining yig’ilishi ikki usulda
o’tkazilishi mumkin: departamentlarning direktorlari ishtirokida ochiq yig’ilish;
zarur departamentning direktori ishtirokidagi yig’ilish.
Ushbu yig’ilishda ko’riladigan va yechiladigan masalaga bog’liq holda
yig’ilish o’tkaziladi. Misol, kommersiya direktori keyingi kunlardagi tovar
aylanishini tahlil qilib 16-do’konda ushbu ko’rsatkichning pasayib ketganligini
qayd qildi. Ushbu do’konning direktoridan kelgan ma’lumotga qaraganda yaqin
joyda yangi magazin ochilib shunga o’xshash tovarlar bilan savdo qilinayotgani
ma’lum bo’ldi. Demak, ushbu holat bo’yicha ma’lum qaror qabul qilish lozimki:
ushbu 16-do’kondagi tovarlarning aylanishi va savdo hajmini ilgarigi holatiga
qaytarish tadbirini belgilash; boshqa do’konlarning yaqinida imkoniyati boricha
shunga o’xshash do’konlarni qurishga halaqit berish.
Bosh dir
е
ktor
B
o‘
limlar dir
е
ktorlarining k
е
ngashi
Bo‘limlarning dir
е
ktorlari
Mas'uliyat
markazlari
Idora (ofis)
Ombor
Do‘konlar
Xarajatlarning
markazlari
Foyda markazi
359
Demak, ushbu masalaga bag’ishlangan majlisni tezlik bilan o’tkazish lozim.
Ayrim hollarda xususiy masalalarni yechish zaruriyati tug’ilganda u yoki bu
do’konning direktorini almashtirish masalalari ko’rilsa bosh direktor xodimlar
bilan shug’ullanadigan mas’ul shaxs va kommersiya direktorining fikri bilan
kifoyalanishi mumkin.
Kompaniyaning markaziy idorasi bo’yicha holat boshqacha bo’ladi. Ushbu
xarajat markazining faoliyati bo’yicha mas’ullikni kompaniyaning moliyaviy
direktoriga yuklash mumkin. U idoradagi xarajatlarning paydo bo’lish sababi va
joylari ustidan nazorat o’rnatadi. Hamma bo’limlarning direktorlari zaruriyat
tug’ilganda xarajatlarning ortiqcha sarfi bo’yicha moliyaviy direktorga tushintirish
xatlari yozishi shart, chunki ushbu bo’limlarning, qolaversa kompaniyaning
budjeti direktorlar kengashining yig’ilishida yilning boshida tasdiqlangan. Ushbu
farqlar yig’ilgan holda bildirishnoma ko’rinishida kelgusida qaror qabul qilish
uchun bosh direktorga beriladi. Chunki budjetni tasdiqlayotgan vaqtda chetga
chiqish chegarasi ham tasdiqlanadi.
2-bosqich. Mas’ullik markazlari bo’yicha sarflangan xarajatlarning
moddalarini kodlashtirish. Segmentlar bo’yicha xarajatlarni hisobga olish tizimini
tashkil qilishda ushbu markazlarning xarajat va daromadlarini aniq va analitik
holda ko’rsatish, faoliyatining natijalarini baholash va hisobotlarni tuzish uchun
har bir mas’uliyat markazi bo’yicha xarajat va daromadlarni moddalar bo’yicha
kodlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu muhim vazifani amaliyotga
tadbiq qilish uchun mazkur kompaniyada qo’llaniladigan schyotlarning ishchi
rejasini tuzishni talab qiladi. Ushbu masalani yechish tartibini kompaniyaning
muomala xarajatlarini hisobga olish jarayoniga tadbiq qilib ko’ramiz.
Ayrim olingan segmentlarning faoliyatini nazorat qilish va baholash uchun
quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:
a) ushbu xarajatlarni o’zgaruvchan, o’zgarmas va shartli o’zgarmas
xarajatlarga turkumlash lozim: o’zgaruvchan xarajatlarga tovarlarni sotish
360
hajmiga mutanosib ravishda o’zgaradigan xarajatlar kiradi; o’zgarmas
xarajatlarga esa teskarisi, ya’ni ushbu markazlar faoliyatining kengayishi-
tavsiflanishi hajmining o’zgarishidan qat’iy nazar o’zgarmaydigan xarajatlar
(do’konni asrash, soliqlar) kiradi; shartli o’zgarmas xarajatlarga esa yuqoridagi
guruhlarga ta’lluqli bo’lmagan xarajatlar kiradi.
b) mas’uliyat markazlarining xarajatlarini tartibga solinadigan va tartibga
solinmaydigan xarajatlarga bo’lish: tartibga solinadigan xarajatlarga ushbu
rahbarlarning qarorlariga asosan o’zgartiriladigan xarajatlar. Boshqacha qilib
aytganda ushbu xarajatlarning miqdori rahbarning qaroriga asosan o’zgarishi
mumkin bo’lgan xarajatlar kiradi; tartibga solinmaydigan xarajatlarga esa ushbu
markaz rahbarining qarori ta’sir qilmaydigan xarajatlar kiradi.
Ushbu tartibdan kelib chiqqan holda kompaniyada qo’llanilayotgan
schyotlarning rejasiga quyidagi o’zgartirishlar kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi.
bir xarajat moddasiga qo’shimcha belgilar qo’yiladi: 1-o’zgaruvchan xarajat, 2-
o’zgarmas xarajat, 3-shartli o’zgarmas xarajat, 4-tartibga solinadigan xarajat, 5-
tartibga solinmaydigan xarajat. Ushbu kodlashtirish buxgalteriyaning ishini
ko’paytirmaydi, balki ushbu tarmoqning hisobini yuritayotgan buxgalterni
segmentlarning xarajatlari bo’yicha tahlil qilish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar
bilan ta’minlaydi. Chunki hozirgi davrda hisob, tahlil va baholash ishiga
kompyuterlarning keng joriy qilinishi ushbu ishlarni ancha yengillashtiradi. Ushbu
taklifdan kelib chiqqan holda 9410-«Muomala xarajatlari» schyotlari guruhini
amaliyotga tadbiq qilishga harakat qilamiz.
Misol, 9414-"Mehnat xaqi bo’yicha sarflar" schyotini olib qaraylik.
9414
/
1
/
4. Demak, ushbu xarajatlar o’zgaruvchan va tartibga solinuvchi xarajatlar
guruhiga kiradi. Ushbu kompaniyadagi dastlabki hujjatlarga ishlov berayotgan va
muomala
xarajatlari
to’g’risidagi
ma’lumotlarni
shakllantiradigan
buxgalteriyaning ish tartibi segmentlar bo’yicha hisobni joriy qilish natijada
ahamiyatli darajada o’zgarmaydi. Ushbu hisobda ilgari kodlashtirilgan
361
xarajatlarning moddasi saqlanib qolinadi. Хarajatlar moddasining belgilari mas’ul
buxgalter tomonidan shakllantiriladi.
Misol, tovarlarni saqlash va tashish xarajatlarini 30-do’kon bo’yicha
kodlashtiramiz -9411
/
30
/
11
/
100. Bu yerda,
9411-"Тovarlarni saqlash va tashish xarajatlari" schyoti;
30-
analitik hisobning birinchi bosqichi- magazinning nomeri;
11-analitik hisobning ikkinchi bosqichi- xarajatlarning moddasi;
100-analitik hisobning uchinchi bosqichi- ta’sischilarga beriladigan
hisobotlarning shakllanishi.
Segmentlar bo’yicha hisobda xarajatlarning turkumlanish belgilari bo’yicha
ma’lumotlar avtomat ravishda taqsimlanadi. Yuqorida keltirilgan xarajatlaning
moddasi quyidagi ko’rinishda keltirilishi mumkin: 9411
/
30
/
11
/
100, 1.4. Bu
yerda qo’shimcha 1-o’zgaruvchan xarajat va 4 esa tartibga solinadigan xarajat
ekanligini bildiradi.
Ayrim hollarda xarajatlar bo’yicha ma’lumotlar tegishli belgilari bo’yicha
ajratilmasligi va tegishli magazinning faoliyatini yoritadigan tezkor hisobning
ma’lumotlari tegishli departamentga umumiy summada taqdim qilinishi mumkin.
Shunday qilib, segmentlar bo’yicha hisobni yoritadigan buxgalter o’zining
shaxsiy kompyuteriga ega bo’lgan holda butun buxgalteriyadagi axborotlarga
kirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Boshqa iste’molchilar, foydalanuvchilar uchun
ushbu axborotlarga kirish yo’li berk bo’ladi. Buxgalteriya axborotlarini olish
imkoniyatlari
ushbu
buxgalteriyada
ishlayotgan
xodimlarning
mansab
pog’onalaridan kelib chiqilgan holda belgilanadi.
Segmentlar bo’yicha hisobotlarning shakllanishining tezkorligini oshirishning
ikkita yo’li mavjud:
a) kamroq sarf talab qiladigan yo’l. Ushbu yo’l tanlanganda foyda markazlari
tomonidan tovarlar va kassalar bo’yicha hisobotlarni tayyorlash muddatlarini
362
qisqartirish. Ushbu jarayonda kassa bo’yicha hisobotni tayyorlashda hech qanday
muammo yo’q. Chunki hozirda kassa bo’yicha hisobot har kuni topshirilmoqda.
Тovarlar bo’yicha hisobotni tayyorlashdagi asosiy muammo ushbu
hisobotlarning oraliq davrini qisqartirish va tegishli ma’lumotlarni buxgalteriya
hisobining tizimiga kiritishdir. Lekin tegishli do’konlar va omborlar bo’yicha
ushbu hisobotlarni har uch kunda topshirsalar hujjatlarga do’kon va omborlarda
ishlov berish va tekshirish uch marta qisqaradi. Omborlarda tovarlarning harakati
bo’yicha hisobotni miqdor-summa kartochkasiga va omborning kirim va chiqim
daftariga asosan kunda tayyorlash imkoniyati bor.
Shunday qilib ushbu tovar hisobotini haftada ikki marta topshirsalar
buxgalteriyada tekshirilmagan hujjatlarning miqdori ham kamayadi. Ushbu tartib
qo’llanilganda xaftaning birinchi yarmidagi tovarlarning holati to’g’risidagi
ma’lumot kechi bilan rahbariyatga juma kuni ertalab yetkaziladi, bu uning
tezkorligini oshiradi va boshqaruv qarorining nisbatan to’g’ri qabul qilinishiga
olib keladi.
b) ushbu muammoni yechishning ikkinchi yo’li. Bu yo’l ko’p sarflarni talab
qiladigan global yo’l hisoblanadi, lekin ushbu variant tadbiq qilinsa boshqaruvning
samaradorligi tubdan oshadi. Bu usul o’zida hisobotlarni avtomatlashtirish, ya’ni
tovarlarning va pul mablag’larining harakatini kompyuterlashdir. Natijada har
kunda olingan, sarflangan tovarlarning natura va summa harakatini, pulning
olinishini kompyuterga kiritish, ushbu muomalalarni kodlashtirish va ertalab
markaziy ofisdagi kompyuterga o’tkazish imkonini yaratadi. Natijada o’tgan
kundagi tovarlarning harakati va bugun ertalabda mavjud bo’lgan tovarlarning
turlari bo’yicha miqdor va summa ko’rsatkichida tegishli ta’minot, kommersiya
bo’limlarida va bosh direktorning stolida bo’ladi.
Bu esa o’z navbatida tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos
bo’ladi va tovarlarga bo’lgan talablar o’rganiladi, tovarlarning taqchilligining
363
oldini olish bilan bir vaqtda u yoki bu do’konda uning ortiqcha yig’ilib qolishiga
yo’l qo’ymaydi.
3-bosqich. bir segment bo’yicha reja va hisobot ishlarini tashkil qilish.
Boshqaruv hisobini amaliyotga tadbiq qilish natijasida mas’uliyat markazlari
bo’yicha sarflar va daromadlarni rejalashtirish imkoniyati yaratiladi va natijada:
biznes segmentlarining baho siyosatini ishlab chiqish; haqiqiy ko’rsatkichlar bilan
rejadagi ko’rsatkichlar o’rtasidagi farqlarni aniqlash; ushbu farqlarning sabablarini
topish imkoniyati yuzaga keladi.
Segmentlar bo’yicha hisobotning asosiy vazifalaridan biri biznes segmentlari
bo’yicha tasdiqlangan me’yorlardan sodir bo’lgan farqlar bo’yicha hisobotlarni
taqdim qilishdir. Ushbu farqlarni o’z vaqtida aniqlash va sababalarini bilish
natijasidagina ularni tezkorlik bilan tugatish imkoniyati vujudga keladi.
Тegishli segmentlarning budjet va me’yorlarini buxgalter-tahlilchi ishlab
chiqayotganda ushbu segmentlarning direktorlari bilan uzviy aloqada bo’ladi,
rejalashtirish usullaridan foydalanadi, oldingi davr ko’rsatkichlarini chuqur tahlil
qilib o’rganib chiqadi, ichki standartlar va istiqbollarni ishlab chiqadi. Ushbu
hisobot quyidagi shaklda va tartibda tuziladi (9.8-jadvalga qarang).
9.8-jadval
Тovar oqimlarining harakati bo’yicha hisobot (ming so’m)
12-son do’kon bo’yicha 01.03-05.03.20xx. yil davri uchun.
№
Ko’rsatkichlar
Тovarlarning guruhi
1. 01.03 sanasidagi qoldiq
350
420
180
190
210
260
2. Kirim, jami
420
360
210
200
160
190
2.
1
Mustaqil olingan
130
140
110
90
60
80
2.
2
Markazlashgan
holda
olingan
290
220
100
110
100
110
364
3. Sotilgan
530
490
300
320
290
400
4. Do’konlararo berilishi
100
25
30
10
20
0
6. Qaytarilgan, jami
20
10
-
10
-
20
6.
1
Omborga
9
5
-
10
-
5
6.
2
Mol yetkazib beruvchiga
11
5
-
-
-
15
7. Тovarlarning
hisobdan
chiqarilishi
5
-
3
-
4
5
8. 05.03 sanasiga qoldiq
115
345
57
50
56
25
Ushbu hisobot ma’lumotlariga asosan dolzarb muammolardan biri
hisoblangan tovarlarning oqimini muqobillashtirish muammosini yechish mumkin.
Ushbu hisobot kommersiya bo’limiga topshiriladi va hamma yo’nalishlar bo’yicha
tovarlarning harakatini kuzatish va nazorat qilish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan
bir qatorda
kommersiya bo’limi, ta’minot bo’limlarining direktorlari do’konlarning va
omborlarning faoliyatini boshqarish va bir-biriga bog’lash imkoniyatiga ega
bo’ladilar.
Misol, fevral oyining oxirgi 8 kunlik (21-28) hisobotini tahlil qilish natijasida
bir qator do’konlarda (3, 9, 18, 21, 24, 29) tovarlarning 1-4 guruhlari bo’yicha
ortiqcha qoldig’i aniqlandi, vaholanki ushbu tovarlar bo’yicha taqchillik 1. 4, 8,
23, 26 do’konlarda vujudga keldi. Lekin shu vaqtning o’zida 2-omborda ushbu
tovarlarning o’rtacha 10-13 kunlik zaxirasi mavjud edi. Ushbu holatlarni chuqur
va tezlik bilan o’rganib tovarlarning do’konlar o’rtasidagi va ombordan olinishini
oqilona tashkil qilganda tovarlarning aylanishi o’rtacha 5-8 %ga oshgan va
olinadigan foyda 9-11%ga ko’paygan bo’lar edi. Bundan tashqari bitta do’konda
(12-do’kon) 5 kun ichida 17000 so’mlik tovar hisobdan chiqarilgan, demak, ushbu
365
do’kon 17000 so’m zarar ko’rgan. Ushbu raqamni kompaniya bo’yicha hisoblasak
o’rtacha 500-530 ming so’mni tashkil qiladi. Тegishli do’konlar rahbarlarining
ushbu hisobotiga asosan har bir do’kondagi tovarlarning turlarini tartibga solish
mumkin.
Misol, ushbu do’konda 1-guruh tovarlariga bo’lgan talab ancha kamaydi,
ya’ni 100000 so’mlik tovar qoldig’i qoldi, lekin boshqa tovarlarga bo’lgan talab
oshdi. Ushbu ma’lumotlarga asosan kommersiya direktori boshqa do’konlardagi
shu tovarga bo’lgan talabni o’rganib uning bir qismini boshqa do’konga o’tkazish
(100 ming so’m) to’g’risida tezlik bilan buyruq beradi va talab katta bo’lgan
tovarlarni (6-guruh) tezlik bilan ombordan olishga yoki mustaqil sotib olishga
ruxsat beradi.
Keyingi taqdim qilinadigan hisobot tovar guruhlari bo’yicha ularning
foydalilik darajasini aniqlash imkonini yaratadi. Shu maqsaddan kelib chiqqan
holda do’konning sarflariga qo’shiladigan bilvosita xarajatlar tovarlarning ayrim
guruhlari o’rtasida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Shu bilan bir qatorda ushbu keltirilgan hisobot bahoni shakllantirish uchun
zarur bo’lgan ma’lumotlarni beradi. Bu hisobot ulardan foydalanuvchilarning
xohishi bo’yicha belgilangan davrlarda (har kuni, 3, 5 kunda) tuziladi va taqdim
qilinadi (9.9-jadvalga qarang).
Ushbu hisobotni chuqur o’rganish natijasida qayd qilish mumkinki, ayrim
tovarlarni sotishdan yuqori darajada foyda olinsa 15-20 %gacha (5-6 guruh)
boshqa guruhdagi tovarlarni sotishdan olingan foyda nisbatan kam darajada, 13
%gacha. Demak, do’kon rahbarining oldiga qo’yilgan masala ushbu kam foyda
olinadigan tovarlarga qo’yiladigan ustamalarni qayta ko’rib chiqish va ularni
guruhlari bo’yicha talabga tayangan holda tartibga keltirish lozimligidir. Demak.
boshqa do’konlardagi ahvollarni ham tezlikda o’rganib chiqib salbiy holatlarni
tugatish, tovarlarning guruhlarini talabga muvofiq tartibga keltirish va baho
siyosatini qayta ko’rib chiqish masalasini qo’yadi.
366
Ushbu hisobotda xarajatlarni o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarga bo’lish
ularning mas’uliyat markazlarida o’zlarini tutish va moliyaviy natijalarga ta’sirini
o’rganishga
yordam
beradi.
Ayrim
hollarda
ushbu
hisobotlardan
foydalanuvchilarning talablaridan kelib chiqqan holda ushbu xarajatlar yana ham
maydalashtiriladi, ya’ni ular moddalarga bo’lingan holda guruhlanadi va ta’siri
o’rganib chiqiladi.
Kompaniyaning butun faoliyati yuzasidan tuzilgan yig’ma hisobot ushbu
subyekt umumiy faoliyatining yakunini aks ettiradi va uning ma’lumotlari ilgari
davrdagi natijalar bilan solishtirilgan holda taqqoslanib joriy yildagi xo’jalik
faoliyati baholanadi.
9.9-jadval
12-do’konning faoliyati bo’yicha hisobot, ming so’m.
01.03-05.03.20xx yil
Dostları ilə paylaş: |