338
bo’ladi. Shundan, reklama kompaniyasini kengaytirish, reklama qilinayotgan
mahsulotning funksional roli, o’xshagan parallel mahsulotni ishlab chiqarish,
bunday mahsulot uchun "o’zining" bozorini yaratish yoki talab qayishqoqligini
hisobga olgan holda uncha ko’rimsiz bo’lgan mahsulotlarga narxni belgilash.
Тurli holda yangi mahsulotga narxni o’rnatish va hisoblash uchun sarflar va
foyda koeffitsiyentlari, sotish nuqtasi va mahsulotning zararsizlik grafigi
ishlatiladi. Qator loyihalarning mavjudligida yirik subyektlar birdaniga bir
nechasiga sarmoya kiritadi, keynchalik esa, qaror qabul qilingandan, mahsulot
tekshirilgandan so’ng ularni tanlashni boshlaydi. Ayrim hollarda o’tmishdagi
"omadsiz" mahsulot kelajakda "omadli" bo’lib ketadi. Mahsulot narxining va
qiymatining to’g’ri kelishini o’rnatish uchun bu ko’rsatkichlar bo’yicha hisobotlar
tuzish tizimi tez va samarali bo’lishi kerak, buxgalteriya hisobotlariga qo’shimcha
qilib buxgalterlar yangi mahsulotning hulqini tavsiflovchi alohida jadvallar
tuzishlari kerak.
Mahsulot ishlab chiqarilgandan so’ng uning sotishsini tekshirish jarayoni
o’tkaziladi. Yangi mahsulot sotishsining tezligi va sotish qiymatiga ta’sir
ko’rsatuvchi omillar haqidagi ma’lumot buxgalteriya hisobotida ro’yxatga olinadi.
Undan tashqari, yangi mahsulotning bozordagi hulqini o’rganishning boshqa
usullari ham qo’llaniladi. Bu- pochtali korrespondensiya, savolnoma yoki telefon
yordamida xususiy shaxslarni savol-javob qilish. Yangi mahsulotni baholashdan
tashqari xaridor tomonidan mazkur mahsulot sotib olingan sharoitlar o’rganiladi,
bu esa narxni aniqlashda, bo’lajak mahsulotlarni baholashda va reklamada muhim
o’rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: