Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Ko’rsatkichlar 
V mahsulotini 
ishlab 
chiqargunga 
qadar, ming so’m
V mahsulotini 
ishlab 
chiqarishdan 
so’ng, ming so’m 
Sotishdan tushgan daromad 
49500 
89500 
O’zgaruvchan xarajatlar 
19500 
39500 


329 
Marjinal daromad 
30000 
50000 
Doimiy xarajatlar, shundan: 
Тo’g’ri 
6800 
21500 
Egri 
16000 
16000 
Foyda 
7200 
12500 
Ishlab 
chiqarishning 
o’rtacha 
rentabelligi, % 
61,0 
55,9 
Foyda darajasi nafaqat mahsulotlar bo’yicha, balki har bir zonani foydaning 
umumiy summasiga qilgan qo’yilmalari bo’yicha baholanadi. Subyektning 
marjinal daromadi tizimi bozor zonalari bo’yicha hisoblanadi, zonalar ichida esa 
mahsulotlarning turi bo’yicha hisoblanadi. Тadbirkorlik segmentlarini nazorat 
qilish shakllari ishlab chiqarish bo’linmalari tomonidan har bir mahsulot uchun 
sotish narxini belgilashni ham ko’zda tutadi. Ishlab chiqarish bo’linmasi 
tomonidan mahsulot sotishsini baholash odatda ustalar, bo’lim va sex boshliqlarini 
moddiy rag’batlantirishda qo’llaniladi. Shuni esda tutish kerakki, transfert 
narxlarini hisoblashning eng qulay varianti bo’lib xarajatlarning me’yorlari 
hisoblanadi.
Shuning uchun foyda summasiga har bir bo’linma tomonidan qilingan 
qo’yilma to’g’ri ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy ustamalarini emas balki 
yalpi qoplanishi va subyektning sof daromadiga bo’lgan ta’siri sifatida qaraladi. 
Nazoratning kam ahamiyatli bo’lmaganining yana biri sifati bu mahsulot turlari 
bo’yicha talabning elastikligini kuzatishdir. 
Sotishdan olingan foydaning asosiy konsepsiyasi: narxlarning ko’tarilishi - 
sotish hajmining kamayishi yoki narxlarning pasayishi - sotish hajmining o’sishi 
hisoblanadi. Тalabning elastikligi har bir mahsulot bo’yicha aniqlanadi. Agar talab 
elastik bo’lsa sotishning o’sishi haqiqiy hajmining 1
/
3 qismidan oshmasligi kerak 
va narxlarning darajasini ushlab turishda alternativ qadam bo’lib xarajatlarni 
pasaytirish dasturi xizmat qilishi mumkin. Shunda sarflarning umumiy 


330 
summasining pasaytirilgani sotishning haqiqiy hajmini 1
/
3 qismidan oshmasligi 
kerak.
Agar mahsulot assortimenti marjinal qo’yilma va sof daromad darajasi bilan 
belgilansa, unda o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar sotish xarajatlariga 
mutanosiblikda o’zgaradi. Bunday holda sotishning yuqori darajasi xarajatlarni 
pasaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlarining yetishmasligi sotish hajmining o’sishi 
uchun qo’shimcha qo’yilma va ishchi kuchi to’plamini talab qiladi, buning 
natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi pasayib xarajatlar ko’tarilib ketadi. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin