Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Segmentlar bo’yicha hisob nima? 
2.
Boshqaruv hisobi tizimida segmentlar bo’yicha hisobning o’rni va 
ahamiyatini yoriting? 
3.
Тransfert baholari, ularning qo’llanilishi joylarini ayting? 
4.
Тrasfert baholarni hisoblash usullarini ayting? 
5.
Subyektning tashkiliy tarkibining transfert bahosi shakllanishiga ta’siri? 
6.
Rivojlangan mamlakatlarda qo’llaniladigan transfert baholarni ayting? 
7.
Zararsizlik nuqtasi qanday aniqlanadi? 
8.
Bahoni shakllantirish uchun qarorlar qanday qabul qilinadi? 
Тavsiya etilayotgan adabiyotlar 
1.
Бобожонов О., Жуманиёзов К. Бошқарув ҳисоби. -Т. Адабиёт 
жамғармаси. 2005. 
2.
Друри К. Введение в управленческий и производственный учет. -М.: 
ЮНИТИ. 2004. 
3.
Хорнгрен Т., Фостер Дж. Бухгалтерский учет: управленческий аспект. 
Под ред. Я.В.Соколова. -М. Финансы и статистика. 2003 
4.
http:// www. accounting. rut gars. edu 
5.
http:// www. accounting. megareferats. ru 


374 
Internet saytlari 
http:// www. gaap. ru 
http:// www. glavbukh. ru 


375 
10 -BOB. MAHSULOT (ISH VA XIZMAT) LARNI SOTISH HISOBI 
10.1. Mahsulot (ish va xizmat) lar hisobining mazmuni, baholanishi va 
uning vazifalari 
Ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsuli bo’lib tayyor mahsulotlar 
hisoblanadi. Тayyor mahsulotlar – bu mazkur korxonada qaytadan ishlashni talab 
qilmaydigan, standartlar va texnik shartlariga to’liq javob beradigan, texnik 
nazorat bo’limi (ТNB) yoki maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan va 
korxona omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi tomonidan qabul qilingan 
buyum va mahsulotlardir. 
Tashqi bozorda kon’yunkturaning yomonlashuviga qaramasdan, 2008 yilda 
tashqi savdo aylanmasi 21,4 foizga oshdi, ayni vaqtda tovarlar va xizmatlar 
eksporti 28,7 foizga ortdi. Natijada tashqi savdo balansida ijobiy saldo hajmi 
sezilarli darajada o‘sdi. Bu esa ishonchli to‘lov balansi va iqtisodiyotimiz 
barqarorligining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Keyingi 
yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog‘ining 
barqaror o‘sish tendensiyasi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar 
mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2008 
yilda umumiy eksport hajmida xom ashyo bo‘lmagan tovarlarning ulushi 71 
foizdan ziyodni tashkil etdi. Ayni vaqtda O‘zbekiston uchun an’anaviy eksport 
xom ashyosi bo‘lgan paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20 foizdan 
2008 yilda 12 foizga tushdi.
38
Ta’kidlash kerakki, tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, avvalo, 
rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o‘sishi 
hisobiga sifat jihatidan o‘zgarmoqda. 
38
И
.
К а р и м о в

Жа ҳ о н
м о л и я в и й
-
и қ т и с о д и й
и н қ и р о з и

Ў з б е к и с т о н
ша р о и т и д а
у н и
б а р т а р а ф
э т и шн и н г
й ў л л а р и
в а
ч о р а л а р и
.-
Т
.: 
Ў з б е к и с т о н
.2009.


376 
Bu ko‘rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo‘shimcha 
qiymatga ega bo‘lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, 
birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o‘sib borayotgan salohiyati va 
imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimizning 
xom ashyo resurslari narxi tez-tez o‘zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga 
bog‘liqligini kamaytirishda muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar bozor talabini o’rgangan holda 
tuzilgan shartnomalarga, assortiment, son va sifat reja topshiriqlariga binoan, 
doimo ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ko’paytirish, ularning assortimentini 
kengaytirish va sifatini oshirishga e’tibor berib mahsulot ishlab chiqaradilar. 
2009 yilning birinchi yarmida mamlakatimizda yalpi ichi maxsulotning 
o‘sishi
8,2 foizni tashkil etgani e’tiborga molikdir. Davlat byudgeti yalpi ichi 
maxsulotga nisbatan 0,3 foiz miqdoridagi profisit bilan igro etildi, inflyasiya 
daragasi prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmadi.
39
Bozor munosabatlari sharoitida asosiy e’tibor mol yuborish – shartnomalari 
bo’yicha mol sotishga qaratiladi, chunki bu korxona faoliyatining maqsadga 
muvofiqligini, uning samaradorligini aniqlovchi iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri 
bo’lib hisoblanadi. Korxonaning hisob – kitob schyotiga pul tushgan va 
tushmaganligidan qat’i nazar barcha yuklangan va jo’natilgan mahsulotlar sotish 
hajmiga qo’shilishi mumkin. 
Shunday qilib, sotish jarayoni korxona xo’jalik mablag’larining doiraviy 
aylanishini yakunlaydi. Bu o’z navbatida korxonaga davlat budjeti, ssudalar 
bo’yicha banklar, ishchi va xizmatchilar, mol yuboruvchilar oldidagi 
majburiyatlarni bajarish, ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash imkoniyatini beradi. 
Sotish rejasini bajarmaslik aylanma mablag’lar aylanishini sekinlashiga, xaridorlar 
39
И.Каримов. Буюк мамлакатнинг қутлуғ шодиёнаси. Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 18 
йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги табрик сўзи. Халқ сўзи газетаси. № 172 (4835) 1.09.2009. 


377 
oldida shartnoma vazifalarini bajarmaganligi uchun jarima to’lashga, to’lovlarni 
kechikishiga, korxonaning moliyaviy holatini yomonlashishiga olib keladi. 
Korxona sotish hajmi bilan bir qatorda foyda summasini ham rejalashtiradi. 
Chunki, mahsulotning sotish (shartnoma) narxi belgilanganda uning tarkibiga 
ma’lum summada yoki foizda foyda (daromad) summasi ham kiritiladi. Agar 
shartnoma (reja) bo’yicha sotishga tegishli mahsulotlar miqdorini shartnoma 
bahosiga ko’paytirsa reja bo’yicha ularni sotish qiymati kelib chiqadi, foyda 
foiziga qarab esa reja foyda summasi hisoblab chiqiladi. Bu budjetga foydadan 
bo’nak ajratmasini to’lash uchun baza bo’lib hisoblanadi. 
Korxona aylanma mablag’ining tarkibiy qismi hisoblangan tayyor 
mahsulotlar eng kam bahoda baholanishi kerak: tannarxida yoki sof sotish 
qiymatida
40

Тayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisobot davri tugagandan so’ng 
aniqlash mumkin. Lekin mahsulotlarning harakati har kuni sodir bo’ladi, uning 
uchun joriy hisobda mahsulotni shartli bahoda baholash kerak. Тayyor mahsulotlar 
harakatining kundalik hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida yoki korxonaning 
shartnoma baholarida yoki hisob bahosi deb nomlanadigan chakana jo’natish 
baholarida yuritiladi. 
Chunonchi, mahsulot birligining reja tannarxi korxonada ishlab chiqiladi. U 
oy oxirida tayyor mahsulotlarning guruhlari bo’yicha farq summasini yoki foizini 
hisoblash yo’li bilan haqiqiy tannarxga yetkazib qo’yiladi. Farq summasi va foizi 
mahsulotning oy boshiga qoldig’i hamda uning oy davomidagi kirimiga qarab 
hisoblab chiqiladi. Farqi tejalganligini yoki korxona tomonidan ortiqcha xarajatga 
yo’l qo’yilganligini ko’rsatadi va shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi 
uning ish natijalarini ta’riflaydi. Тayyor mahsulotlar qaysi schyotlarda hisobga 
olingan bo’lsa, farqlar ham shu schyotlarda tejalgan bo’lsa qizil siyohda storno 
(qayta yozuv) qilib, ortiqcha xarajat bo’lsa - oddiy siyohda aks ettiriladi. Farq foizi 
40
УзР 4- сонли «Товар моддий захиралар» БҲМС нинг 7- бандига биноан 


378 
va jo’natilgan mahsulotning reja tannarxi sotilgan hamda ombordagi oy oxiriga 
qolgan mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi. 
Hisobda tayyor mahsulotlarga boshqa baholar qo’llanilsa ham farq summasi 
va foizi shu tartibda hisoblanadi. 
Тayyor mahsulotlar harakati hisobini to’g’ri tashkil etishda ularning 
nomenklaturalarini 
ishlab 
chiqish 
katta 
ahamiyatga 
ega. 
Mahsulotlar 
nomenklaturasi – ushbu korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar turlari 
nomlarining ro’yxatidir. Mahsulotlar nomenklaturasini tuzishda bir buyumni 
ikkinchisidan ajratib olish imkoniyatini beradigan tayyor mahsulotlarni ma’lum 
belgilariga qarab qilingan tasnif asos bo’ladi. Nomenklatura raqami turli 
miqdordagi raqamlar bilan belgilanishi mumkin. Korxona nomenklaturalaridan 
quyidagi xizmatlarda: 
-
dispecherlar – mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat 
qilish uchun; 
-
sexlar – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini nazorat qilish 
uchun va tayyor mahsulotlarni omborga topshirishda nakladnoylar yozish uchun; 
-
marketing bo’limi – mahsulot jo’natish shartnomasining bajarish imkoniyati 
ustidan nazorat qilish uchun; 
-
buxgalteriya – analitik hisob, svodkalar va hisobotlar tuzish uchun 
foydalanishi mumkin. 
Shuning uchun korxonalarning buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida 
tayyor mahsulotlar ularni yuklash va sotish hisobi alohida o’rin tutib, uning 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
-
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning zaxiralari holati hamda 
omborda saqlanishi, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar ustidan uzluksiz 
nazorat qilish; 


379 
-
yuklangan va jo’natilgan mahsulot (ish, xizmat) larni o’z vaqtida va to’g’ri 
hujjatlashtirish, xaridorlar bilan olib boriladigan hisob– kitoblarni aniq tashkil 
etish; 
-
sotilgan mahsulotlarning hajmi va assortimenti bo’yicha mol jo’natish 
shartnoma rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilish; 
-
sotilgan mahsulot uchun olinadigan mablag’lar summasini, mahsulot ishlab 
chiqarish uchun ketgan haqiqiy xarajatlarni, foyda summasini o’z vaqtida va aniq 
hisoblab chiqish. 
Bu vazifalarning bajarilishi korxonaning bir tekisda ishlashi, sotish hamda 
ombor xo’jaligini to’g’ri tashkil qilish, xo’jalik operatsiyalarini o’z vaqtida va 
to’g’ri hujjatlashtirishga bog’liq. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin