382
narxida ham baholanadi, bu esa mahsulotlar sotilgandan so’ng olinishi mumkin
bo’lgan tushum va foydani aniqlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi 10/1 jurnal – orderining
2810 -«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyotini debeti va 2010- «Asosiy ishlab
chiqarish» schyotini krediti bo’yicha aks ettiriladi. 2810- «Ombordagi tayyor
mahsulotlar» schyoti aktiv inventar schyoti bo’lib, uning saldosi korxonaning
ombordagi mahsulotlar qoldig’ining haqiqiy tannarxini ko’rsatadi; debet oboroti –
asosiy ishlab chiqarishdan qabul qilingan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini,
shuningdek mol oluvchilar tomonidan qaytarilgan mahsulotlar qiymatini,
kredit
oboroti hisobot oyida yuklab jo’natilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini
ko’rsatadi.
Тayyor mahsulotlar harakatini pul ko’rsatkichdagi hisobi 16-«Тayyor
buyumlar harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasida yuritiladi.
16- «Тayyor buyumlar harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasining I
bo’limidan 2810 schyotning to’liq ma’lumotlari ta’rifini ikki bahoda – haqiqiy va
hisob bahoda olinadi. Bu oy oxiriga bo’lgan tayyor mahsulotlarning umumiy
hajmidagi haqiqiy xarajatlar salmog’ini (oy boshiga
qoldiq plyus mahsulotning
kirimini ularning hisob bahosiga nisbati) topish uchun zarur. Agar shu foiz 100 ga
teng bo’lsa, demak, haqiqiy xarajatlar rejaga teng ekanligi; agar foizi 100 dan kam
bo’lsa, korxona mahsulot tannarxining pasayganligini, natijada ushbu mahsulotni
sotishdan u rejadan ortiq foyda olganligini; agar shu foiz 100 dan ortiq bo’lsa,
korxona kalkulatsiya moddalari bo’yicha me’yorga nisbatan ortiqcha xarajatlarga
yo’l qo’yganligini va bu o’z navbatida, foydani kamaytirganligini ko’rsatadi.
Shu jami mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ularning hisob (reja) tannarxiga
bo’lgan foiz nisbati buxgalteriya tomonidan hisobot oyida yuklab jo’natilgan,
xaridorlar tomonidan qaytarilgan va oy oxiriga qolgan mahsulotlarning haqiqiy
tannarxini hisoblash uchun foydalaniladi.
383
Oy oxiriga qolgan mahsulotlar haqiqiy tannarxini aniqlashning zaruriyati
shundaki, uni Bosh
daftar bilan taqqoslash mumkin, omborlardagi qoldiqlarni
hisobga olish daftari bilan esa hisob bahosidagi qoldiq taqqoslanadi.
Тayyor mahsulotlarning ombordagi hisobi operativ – buxgalteriya usulida
yuritiladi ya’ni mahsulotlarning har bir nomenklatura raqamiga materiallarning
ombor kartochka hisobi (17-M shakli) ochiladi. Тayyor
mahsulotlarni kirimi va
chiqimiga qarab omborchi hujjatlarga asosan kartochkalarga qiymatliklar
miqdorini (kirim, chiqim) yozib qo’yadi hamda har bir yozuvdan keyin qoldig’i
chiqariladi.
O’tgan sutka ichida omborda yig’ilib qolgan hujjatlar (qabul qilish –
topshirish nakladnoylari, buyruq- nakladnoylar, tovar- transport nakladnoylari) ni
buxgalter har kuni qabul qilib boradi. Ombor hisobining to’g’ri yuritilishi
buxgalterning ombor hisobi kartochkasiga qo’yilgan imzosi bilan tasdiqlanadi.
Moddiy – javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalariga asosan har oyda
tayyor
mahsulotlar nomenklaturalari, o’lchov birligi, miqdorini ko’rsatib tayyor
mahsulotlar qoldig’ini hisobga olish qaydnomasini to’ldiradi va uni buxgalteriyaga
topshiradi. Buxgalteriyada hisob bahosi bo’yicha taksirovka qilinadi va
buxgalteriya ma’lumotlari (16- qaydnomaning I- bo’limi) bilan solishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: