Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

12.2. Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish 
Moliyaviy 
hisobotlarni 
o’z 
vaqtida 
tuzishni 
ta’minlash 
uchun 
buxgalteriyaning barcha bo’limlari ishlarini bajarish muddatlarini ko’rsatib yig’ma 
ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi qo’lda yuritilsa, grafik bilan belgilangan 
muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo’lsa bir registrdagi 
summa boshqa registrlarga o’tkaziladi va har bir schyotning oboroti muqobil 
tekshiriladi. Jurnal - order shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan 
summalarini o’tkazish va hisob registrlarini yakunlash bo’yicha hisob ishlarining 
ketma - ketligi quyidagicha: 
-
ma’lumotnoma - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal - orderlar va 
qaydnomalarga o’tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jurnal orderlarda 
tegishli belgilar qo’yiladi; 
-
5010- schyotining debeti bo’yicha 1- qaydnoma va 5110- schyotining debeti 
bo’yicha 2- qaydnomalarning yig’indisi 3, 10/1, 13- jurnal orderlariga o’tkaziladi; 


439 
-
7, 12, 14, 15, 16, 17 va boshqa qaydnomalarning analitik hisob yig’indisi 
hisoblab chiqariladi, shundan keyin jami ma’lumotlari tegishli jurnal - orderlarda 
aks ettiriladi; 
-
jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi. 
Agar jurnal - orderlarda schyotlar bo’yicha analitik ma’lumotlar aks ettirilgan 
bo’lsa, ma’lumotlar jamlab chiqiladi va keyingi oy boshiga qoldiq aniqlanadi, 
bog’lanuvchi schyotlar bo’yicha aloqasi bor schyotlarning turli registrlari jami 
taqqoslanadi. Masalan, 1- jurnal - orderdagi 5010- schyotining jami 2- 
qaydnomadagi 5010- schyoti jami bilan taqqoslanadi. Bunday ko’rsatkichlarni 
taqqoslab tekshirish barcha jurnal - orderlar bo’yicha bajariladi. 
Bundan keyin ma’lumotlar jurnal - orderlardan bosh daftarga o’tkaziladi. 
Undan keyin har bir sintetik schyot bo’yicha debet oborotlari chiqarilib keyingi 
oyning 1- kuniga qoldig’i chiqariladi. Bosh daftarga ma’lumotlar faqat jurnal - 
orderlardan olib yoziladi. 
Jurnal - orderlar ma’lumotlari Bosh daftarga o’tkazilgandan so’ng jurnal - 
orderlarda quyidagicha izoh beriladi: «Oborotlar summasi Bosh daftarda aks 
ettirildi» va sanasi ham ijrochi va bosh buxgalterning imzolari qo’yiladi. 
Bosh daftarda schyotlarning qoldig’i chiqarilgandan so’ng ular analitik 
ma’lumotlar bilan tekshiriladi, jurnal - order shaklining registrlari ma’lumotlari 
bo’yicha balans va boshqa hisobot jadvallari tuziladi. 
 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin