3.3. Hisob – kitob schyoti bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish
Yuridik shaxs sifati faoliyat ko’rsatayotgan va mustaqil balansiga ega bo’lgan
korxonalar tijorat banklaridan birida o’zlarining hisob–kitob schyotini ochadilar.
Markaziy Bank yo’riqnomasiga binoan korxona o’zi tanlagan bankda pul
mablag’larini saqlash, barcha turdagi hisob-kitoblarni, kredit va kassa
operatsiyalarini amalga oshirish uchun so’mda va talab qilib olgungacha valuta
depozit schyotini ochishlari mumkin.
10
Тalab qilib olgungacha bo’lgan so’mdagi
depozit schyotlarini ochish uchun yuridik shaxs – rezidentlar bankka quyidagi
hujjatlarni topshiradilar:
yuqorida keltirilgan yo’riqnomaning 1 – ilovasida keltirilgan shaklda schyot
ochish uchun ariza;
statistika organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlarning yagona davlat
ro’yxatiga kiritilganligi to’g’risidagi notariusda tasdiqlangan guvohnomaning
ko’chirmasi;
10
Ўзбекистон Республикаси банкларида очиладиган банк ҳисобварақлари тўғрисида йўриқнома. ЎзР АВ
29.09.2003 й. 1080-1-сон билан рўйхатга олинган.
101
yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan
notariusda tasdiqlangan ko’chirma, davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida hujjat:
notariusda tasdiqlangan ko’chirma yoki qonunchilikda belgilangan tartibda
ro’yxatga oluvchi organ tomonidan tasdiqlangan ko’chirma. Davlat ro’yxatidan
o’tganligi to’g’risidagi hujjat faqat mazkur obyekt uchun qonunchilikda nazarda
tutilgan bo’lsa topshiriladi;
soliq organida ro’yxatdan o’tganligi va idensifikatsiyalashgan soliq
to’lovchi raqami berilganligi to’g’risida notariusda tasdiqlangan guvohnoma
ko’chirmasi yoki shaxs soliq to’lovchi subyekt emasligi to’g’risida ma’lumot;
imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka;
yuqorida aytib o’tilgan yo’riqnomada belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Davlat korxonlari, aksioner jamiyatlari, qishloq xo’jalik uyushmalari
(shirkatlar), mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, uyushmalar, birlashmalar,
konsernlar, korporatsiyalar, qo’shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va boshqa
korxonalar tomonidan talab qilib olguncha depozit schyotlarini ochish uchun zikr
qilingan hujjatlarga qo’shimcha qilib bankka yuqorida keltirilgan yo’riqnomaga
binoan yana boshqa hujjatlar topshiradilar.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so’ng bank xizmatini ko’rsatish bo’yicha
shartnoma imzolanadi va bank boshqaruvchisining buyrug’i bilan korxonaga
tegishli hisob–kitob schyoti raqami belgilanadi va bankning buxgalteriya apparati
tomonidan pul mablag’lari harakatini hisobga olish uchun shaxsiy schyot ochiladi.
Boshqa shahar yoki aholi punktlarida joylashgan xo’jalik hisobida bo’lmagan
filiallar, magazinlar, ishlab chiqarish birligi va boshqa bo’linmalarga mahalliy
bank muassasasida cheklangan operatsiyalarni aks ettirish uchun joriy schyot
ochiladi. Bu cheklanish asosiy hisob–kitob schyotini idora qiluvchi bosh korxona
tomonidan belgilanadi.
102
Ochilgan hisob–kitob schyotida bo’sh pul mablag’lari va mahsulot (ish va
xizmat) lar sotishdan tushgan pul, bankdan olingan uzoq va qisqa muddatli
kreditlar hamda boshqa tushumlar saqlanadi.
Hisob–kitob schyotidan korxonaning olingan materiallar, asosiy vositalar
uchun mol yuboruvchiga to’lanmalari, budjetdan, ijtimoiy sug’urtadan bo’lgan
qarzni to’lash, ish haqi berish uchun kassaga olingan pul va boshqa zaruriyatlar
uchun to’langan pul mablag’lari aks ettiriladi.
Odatda bank tomonidan har qanday pul o’tkazib berish yoki naqd pul berish
korxona yoki hisob–kitob schyotini tasarruf etuvchining buyrug’i yoki u bilan
kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Lekin bank quyidagi hollarda korxona roziligini olmay boshqa
tashkilotlarning hujjatlari bo’yicha uning hisob–kitob schyotidan pulni majburiy
o’tkazib beradi: moliya va soliq organlarining buyrug’i bo’yicha to’lanmagan
soliq va yig’imlar, shuningdek ular bo’yicha jarima va boqimandalar summasini;
qondirilgan da’volar summasini – ijro varaqalari, xo’jalik sudining bo’yrug’i
bo’yicha; kreditdan foydalanganligi uchun foiz summasini, muddatida
to’lanmagan kredit summasini; bank tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar summasini.
Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit schyotida yetarli darajada pul
mablag’lari bo’lsa, pul o’tkazib berish uning buyrug’i yoki boshqa to’lov hujjatlari
bilan amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit schyotida pul mablag’lari
yetarli bo’lmasa, amaldagi yo’riqnomaga binoan birinchi navbatda budjetga,
pensiya fondiga va ish haqiga to’lashni nazarda tutuvchi hujjatlar bo’yicha
mutanosib to’lanadi.
11
Yuridik shaxsning bankdagi schyotiga bo’lgan boshqa barcha to’lanmalar
yuqorida ko’rsatilgan talablar qondirilgandan so’ng to’lanadi. Hisob–kitob
11
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан рўйхатдан ўтказилган «Хўжалик юритувчи
субъектларнинг банк счетларидан пул маблағларини чиқариш тартиби тўғрисида»ги йўриқнома. 1998 йил 12
феврал.
103
schyotida sodir bo’ladigan pul mablag’lar harakati (pulni qabul qilish va berish
yoki naqd pulsiz kirim va chiqim) bank tomonidan chiqarilgan mahsus hujjatlar
shakllariga asosan rasmiylashtiriladi.
Ularning kengroq tarqalganlari quyidagilar: naqd pul topshirish e’loni, pul
cheki, hisoblashish cheki, to’lov topshirig’i, to’lov talabnomasi. Pul to’lash
to’g’risidagi ushbu e’lon hisob-kitob schyotiga naqd pul o’tkazishda yoziladi.
Pulni qabul qilib olganligi to’g’risida bank pul to’lovchiga isbotlovchi hujjat
sifatida kvitansiya beradi.
Тo’lov topshirig’i hisob–kitob schyotidan pul oluvchining schyotiga tegishli
summani o’tkazib berish to’g’risida bankka berilgan buyruq bo’lib hisoblanadi.
Тurli mol yuboruvchi korxonalar, tashkilotlar, moliya organlari, sug’urta va
boshqa tashkilotlar pul oluvchilar bo’lishi mumkin. Pul oluvchining hisob–kitob
schyoti bankning qaysi filialida bo’lishiga qarab to’lov topshirig’i ikki yoki uch
nusxada yoziladi. Shahar ichidagi va shaharlararo hisoblashishlarda ham korxona
tomonidan to’lov topshirig’ining yagona shakli qo’llaniladi.
Bir vaqtning o’zida bir necha tashkilotlarga pul o’tkazib berilsa, korxona
tomonidan topshiriqning mahsus yig’ma shakli qo’llaniladi. U bitta bank bo’limi
xizmat qiladigan bir necha pul oluvchilar uchun yozib beriladi. O’tkazib
beriladigan summaning jamiga bir marta imzo qo’yilib muhr bosiladi. Bu hisob -
kitob va boshqa schyotlar bo’yicha operatsiyalarni rismiylashtirish jarayonini
anchaga qisqartiradi.
Hisoblashishning aksept shaklida jo’natilgan mahsulotlar uchun mol
yuboruvchilar to’lov talabnoma–topshiriq yozadi.
Bank belgilangan vaqtda korxonaga uning hisob–kitob schyotidan tegishli
dastlabki hujjatlarni ilova qilib ko’chirma berib turadi.
Hisob–kitob schyotining ko’chirmasida mablag’larning qoldig’i va hisob–
kitob schyotiga kirim kreditiga yoziladi, chunki bank korxonaning pulini saqlab
o’zini korxonadan qarzdor deb biladi, o’zining qarzini kamayishi esa – debetiga
104
yoziladi. Buxgalter ko’chirmani ishlab chiqishda bu xususiyatni esda tutib qoldiq
va tushum hisob–kitob schyotining debetiga, chiqimi esa – kreditiga yoziladi.
Hisob-kitob schyotidan beriladigan ko’chirma ma’lum ko’rsatkichlarga ega
bo’lib, yozuvlarni qisqartirish maqsadida ularning bir qismi kodlashtirilgan.
Ko’chirmani ishlab chiqayotgan buxgalter bu kodlar ma’nosini bilishi kerak.
Ko’chirmalar olingan kuni ular tekshiriladi va ishlab chiqiladi. Bunda barcha
yozuvlar ilovada keltirilgan hujjatlar bilan solishtiriladi va xato yozuvlar bo’lmasa
bu hujjatlarga «Qayd etildi» degan shtamp qo’yib o’chiriladi. Тekshirilgan
ko’chirmaning har bir summasining to’g’risiga va hujjatlarga 5110 - «Hisob-kitob
schyoti» bilan bog’lanuvchi schyotlarning raqamlari qo’yib chiqiladi. Bundan
tashqari, hujjatlarga ko’chirmada keltirilgan yozuvlarning tartib raqami yozib
qo’yiladi. Bularning hammasi pul mablag’lari harakatini nazorat qilish, hisob
ishlarini avtomatlashtirish va hujjatlarni saqlash uchun kerak.
Hisob-kitob schyotidan noto’g’ri chiqarilgan yoki unga xato o’tkazilgan
summalarni aniqlash maqsadida ular 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan
schyotlar» schyotida hisobga olinadi, aniqlash va tegishli o’zgarishlar kiritish
uchun bankka xabar beriladi. Тo’g’rilangan summa bankning navbatdagi
ko’chirmalarida aks ettiriladi, korxona buxgalteriya hisobida esa bu qarz 4860 -
«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» schyotidan hisobdan chiqariladi.
Ko’chirmaga ilova qilingan xarajatlar hujjatda nizomga binoan qo’shimcha xarajat
elementlari va moddalarining raqamlari qo’yiladi.
12
Buning zaruriyati shundaki,
ko’p schyotlar bo’yicha analitik hisob xarajat elementlari va moddalari bo’yicha
tashkil etiladi. Хarajat elementlari va moddalari bo’yicha guruhlash
ma’lumotnoma varaqalarida olib boriladi. Ular har oyda ishlab chiqarish
bo’linmalari bo’yicha ochilib, tegishli jurnal-orderlar hujjatlar ma’lumotlari
bo’yicha to’ldiriladi.
12
ЎзР ВМсининг «Маҳсулот (иш ва хизмат)ларни ишлаб чиқариш ва сотиш харажатларинининг таркиби
ҳамда молиявий натижаларни шакллантириш ҳақида»ги Низоми. 1999 йил 5 февралдаги 54-сон қарори.
105
Hisob-kitob schyoti bo’yicha sodir bo’ladigan operatsiyalarni hisobga olish
uchun korxonada 5110 - «Hisob-kitob schyoti» ochiladi. Bu schyot aktiv bo’lib,
uning debetida hisob-kitob schyotiga tushgan barcha tushumlar, kreditida esa -
hisob-kitob schyotidan barcha sarflangan pul mablag’lari aks ettiriladi. Bu
schyotning debet saldosi hisob-kitob schyotida pul mablag’larining qolgan
qoldig’ini ko’rsatadi. Bu schyotda boshqa aktiv schyotlar kabi kredit qoldiq
bo’lmaydi.
5110- «Hisob-kitob schyoti» bo’yicha operatsiyalar tekshirilgan bank
ko’chirmasi va unga ilova qilingan pul hujjatlariga asosan aks ettiriladi. 5110-
schyotning saldosi hisob-kitob schyotidan berilgan ko’chirmada ko’rsatilgan
qoldiqqa teng kelishi shart. Bu schyot bo’yicha analitik hisob bankning
ko’chirmalari bo’yicha yuritiladi. Basharti korxonada boshqa hisob-kitob analitik
schyoti bo’lsa, operatsiyalar shu analitik hisob bo’yicha yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi jurnal-orderlarda yuritilsa, 5110 - schyotning kredit
oborotlari 2 - jurnal-orderida aks ettiriladi. 5110 - schyotning debet oborotlari turli
jurnal-orderlarga yoziladi va undan tashqari, 2-qaydnomaga yozib nazorat qilinadi.
Bu registrlar tekshirilgan va ishlab chiqilgan bank ko’chirmalariga asosan
to’ldiriladi.
Hisob-kitob schyotidan olingan ko’chirmada ko’rsatilgan bir xildagi
bog’lanuvchi schyotlarning summalari 2 – jurnal-order va 2 – qaydnomaga jamlab
yoziladi.
2 - jurnal-order va 2 - qaydnomani yuritish bir oyga mo’ljallanganligi uchun
bankdan olingan har bir ko’chirma ma’lumotlari bir qatorga yoziladi. Demak, 2 -
jurnal-order va 2 - qaydnomada band qilingan qatorlar soni shu davr ichida
bankdan olingan ko’chirmalar soniga teng bo’lishi kerak. Registrlarda summalar
5110-schyotning debeti va krediti bilan korrespondentlashgan schyotlar bo’yicha
yoziladi. bir hisobot (kun, oy) davriga bunday ko’rsatkichlarning mavjudligi
buxgalteriya xodimlariga korxona hisob-kitob schyotiga pul mablag’larining kelib
106
tushish manbalarini tahlil qilish, maqsadli foydalanilishini, tasdiqlangan moliyaviy
to’lanmalar kalendar grafigiga binoan budjetga va boshqa organlarga mablag’
o’tkazilishi ustidan nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: |