300
buyum, bu buyumni, buyurtmani tayyorlashda ishtirok
etadigan ishlab chiqarish
bo’linmalari va buyurtmalar bo’yicha tuziladi.
Standart-kost tizimi to’g’ri xarajatlarni boshqarish vositasi sifatida namoyish
qilinadi. Bu tizimning bir necha variantlaridan foydalaniladi. Bitta variantda
xarajatlar "ishlab chiqarish" schyotining debetida to’planadi va standart qiymat
bo’yicha baholanadi, tayyor mahsulot xuddi shunday standart qiymat bo’yicha shu
schyotning kreditidan chiqarib tashlanadi, tugallanmagan ishlab chiqarish standart
qiymat bo’yicha baholanadi. Ikkinchi variantning mazmuni "Ishlab chiqarish"
schyotining debetida umumlashtirilgan xarajatlar haqiqiy qiymati bo’yicha
baholanishdan, schyotning kreditidan esa tayyor mahsulot standart qiymat
bo’yicha chiqarib tashlanishidan iborat. Тugallanmagan
ishlab chiqarish haqiqiy
xarajatlardan u yoki bu tomonga chiqib ketishlarni hisobga olgan holda standart
qiymat bo’yicha hisoblanadi.
Haqiqiy xarajatlarning standartlardan chetga chiqishini Amerika firmalari
odatda tannarxga olib bormasdan "Mahsulot, xizmat, ishlarning realizatsiyasi"
schyotiga chiqarib tashlaydilar.
Subyektning quvvatlariga nisbatan standart-kost tizimini tashkil etish,
standartlardan chetga chiqishlarni aniqlash va ularni chiqarib
tashlash uslubiyati
bo’yicha ishlar koordinatsiyasini standart-kost tizimi bilan bog’liq bo’lgan hamma
bo’linmalarning vakillari amalga oshiradilar. Yanada yirik kompaniyalarda
standartlarni tuzish, ularga o’zgartirishlar kiritish, hisoblash va boshqalar bo’yicha
barcha ishlar jamlangan standartlar bo’linmasi tuziladi.
Standart-kost tizimi amaliyotda qo’llaniladigan xarajatlarni hisoblashning
boshqa tizimiga ko’ra o’z xususiyatlariga ega. Birinchidan,
vositalarni sarflash
jarayonida standartlardan chiqib ketishlarni aniqlash asosi bo’lib ularni
hujjatlashtirish emas, balki maxsus schyotlardagi buxgalteriya yozuvlari
hisoblanadi. Menedjerlarning oldiga esa chetga chiqishlarni hujjatlashtirmaslik
emas, ularga yo’l qo’ymaslik masalasi qo’yiladi.
Ikkinchidan, aniqlangan chetga
301
chiqishlarni
hamma
kompaniyalar
ham
emas,
joriy
standartlardan
foydalanadiganlari buxgalteriya hisobida aks ettiradi. Standartlardan chetga
chiqishlarni aks ettirish qismida uchinchi xususiyat bo’lib chetga chiqishlarni
hisobga olish uchun maxsus sintetik schyotlarning
kalkulatsiya moddalarini,
chiqib ketishlarning omillari bo’yicha ajratish hisoblanadi.
Standart-kost tizimining mazkur xususiyatlari shuni ifodalaydiki, xarajatlarni
boshqarish maqsadida har doim bu chetga chiqishlar, ularni hisoblash uchun,
qanchalik muhimligi ko’rib chiqiladi; ular nimalarni ko’rsatadilar,
qaysi
muammolarni yechishda ulardan foydalanish mumkinligi; aniqlangan chetga
chiqishlarning ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarni tahlil qilishdagi muhimligi
asosan e’tiborga olinadi.
Dostları ilə paylaş: