290
Ushbu tartibda buxgalteriya hisobida moddiy qiymatliklarning harakati
belgilangan me’yorlar bo’yicha baholanishi shartidan kelib chiqiladi.
Ushbu
faoliyat jarayonida aniqlangan chetga chiqishlar ro’yobga chiqish holatida yig’ilib
boriladi va hisobot davrining oxirida me’yordagi xarajatlarning hajmiga
qo’shiladi.
V. Haqiqiy va me’yordagi xarajatlarni bir yo’la hisobga olish
. Ushbu usul
ishlab chiqarishdagi xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ikki bahoda: haqiqatda
yig’ilgan xarajatlar bo’yicha; haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish
va ko’rsatilgan xizmatlarning hajmiga sarflangan me’yoriy xarajatlarning
miqdorida yoritishni nazarda tutadi.
Haqiqiy sarflar - Me’yordagi sarflar ± Chetga chiqishlar.
S. Aralash usulda hisobga olish
. Ushbu usul ikkita yo’l bilan hisobni
yuritishni nazarda tutadi.
Birinchi yo’l. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning amaliyotida keng
tarqalgan va mamlakatimizda ham qo’llanishi tavsiya qilingan.
Lekin hisobot
davri davomida jami chetga chiqishni aniq darajada hisobga olish imkoniyati
mavjud emas. Hisobot oyining oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarishning
me’yoriy tannarxi ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning me’yordagi
hajmi
bilan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning me’yoriy tannarxining farqi
ko’rinishida aniqlanadi. Natijada oy davomida yoki boshqa hisobot davrida
hisobga olinmagan chetga chiqish summasi hisobot
davrining oxiridagi ishlab
chiqarishning qiymatida qo’shiladi.
Ikkinchi usul. Asosiy xarajatlar bo’yicha tasdiqlangan me’yorlarga rioya
qilish ustidan kundalik nazoratni o’rnatishni nazarda tutadi. Hisobot davri
davomida me’yordan chetga chiqish bo’yicha olingan ma’lumotlar
buxgalteriya
hisobining tegishli registrlarida umumlashtirilmaydi va schyotlarda qayd
qilinmaydi.
291
Тasdiqlangan me’yorlardan chetga chiqish summasi baholangan tayyor
mahsulotning hajmiga sarflangan haqiqiy xarajatlar
bilan ushbu mahsulot uchun
sarflanishi lozim bo’lgan me’yoriy xarajatlarni taqqoslash yo’li bilan bir xil
mahsulotlarning har bir guruhi bo’yicha aniqlanadi. Ushbu holatda tugallanmagan
ishlab chiqarishning qiymati ishlab chiqarishda yarim fabrikatlar harakatining
balansi bo’yicha natura ko’rsatkichlaridan kelib chiqqan holda me’yoriy tannarxi
bo’yicha
baholanadi, yoki bo’lmasa ishlab chiqarish bo’linmalaridagi
tugallanmagan ishlab chiqarishni xatlab hisobga olish asosida baholanadi.
Dostları ilə paylaş: