9.1. Boshqaruv hisobining tizimini rejalashtirish
Хo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvati va ishlab
chiqarishning haqiqiy hajmi boshqaruv hisobi tizimini qo’llashni belgilaydi.
Boshqaruv hisobining tizimi ma’lumotning hajmi, uning oldiga qo’yilgan
maqsadlari, kriteriyalar va maqsadga erishish vositalari, elementlarning tarkibi va
ularning o’zaro harakati bilan tavsiflanadi.
Boshqaruv hisobi tizimlarining turkumlanishi quyidagi 9.1-chizmada
ko’rsatilgan.
9.1-chizma. Boshqaruv hisobi tizimining turkumlanishi
Boshqaruv hisobi tizimi
Tizimli hisob
Muammoli hisob
Moliyaviy va boshqaruv hisobning
o‘
zaro aloqadorligi darajasi
Monistik
Avtonom
T
е
zkorlik
Haqiqiy xarajatlarni
(
o‘
tgan tarixiy)
Standart xarajatlarni
(m
е
'yorlashtirilgan)
Tannarxga kiritishning to‘laligi
T
o‘
liq xarajatlar
Qisman xarajatlar
Ma'lumotni qamrash k
е
ngligi
309
Faoliyat turlarini, subyektning tashkiliy tizimini, mahsulotni ma’lumot bilan
qamrab olish kengligi bo’yicha tizimli va muammoli hisob jamlamidan va
ularning asosli qismlarining maqsadli to’plami tizimidan tarkib topgan to’liq
tizimlar farqlanadi.
Хarajatlarning tizimli hisobi - buxgalterlarning tarkibi bo’yicha qayd qilish
usuli, identifikatsiya va guruhlashtirishi, hisobotda ko’rsatilishi bo’yicha
reglamentatsiya bilan ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarning moliyaviy
hisobidan tashkil topgan. Тizimli hisobning elementlari quyidagilardan tashkil
topgan:
1.
ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olish bo’yicha xarajatlarning o’lchovi va
baholanishi;
2.
natural o’lchovlarda ta’minot, ishlab chiqarish, sotish jarayonlarini nazorat
qilish;
3.
xarajatlarni sarflarning moddalari va eyelementlari bo’yicha, vujudga kelish
joylari bo’yicha, mahsulot, ish va xizmatlarning turlari bo’yicha
guruhlashtirish, bunga xarajatlarni tannarxga kiritish tartibi ham kiradi;
4.
o’z foydalanuvchilarini muddati, mazmuni va namoyish etish tezligi bo’yicha
qondiruvchi ichki va tashqi hisobotlar.
Muammoli hisob ishlab chiqarishni iqtisodiy, texnologiya, konstruktorlik va
tashkiliy tayyorgarligi haqida; mahsulotning narxlari va sotishsi haqida; ishlab
chiqarish zaxiralarini boshqarish va ishlab chiqarish resurslarining sarflarini
muqobillashtirish haqidagi ma’lumotni shakllantiradi.
Muammoli hisob masalalari dasturlash, me’yorlashtirish, rejalashtirish,
prognozlash, tizimli iqtisodiy tahlil qilish, nazorat qilish va ishlab chiqarish hisobi
va statistikaning haqiqiy ma’lumotlariga asosan tartibga solish uslublari
yordamida yechiladi.
310
"Muammoli hisob" tushunchasining mazmuni bu hisobning ma’lumotlari
subyektning bo’lajak iqtisodiy va ishlab chiqarish muammolarini yechishda
ishlatilishini ko’rsatmoqda.
Muammoli hisob ma’lumotlari quyidagi hollarda ishlatiladi:
xarajat va daromadlarni rejalashtirish va bashorat qilishda, smetalarni
me’yorlashtirish va tuzishda;
sarflar tahlilida va normativlardan chetga chiqishda va mahsulot ishlab
chiqarishni daromadliligining tahlilida;
ishlab chiqarish va
sotish jarayonida xarajatlar va olinadigan
daromadlarning qiymati kriteriyasi bo’yicha tizimli bo’linmalar va subyektning
faoliyatini baholashda;
ishlab chiqarish va sotish, kooperatsiyalash, import va eksport, mahsulot
assortimenti va boshqa sohada yaqin va keyingi perspektivalarga ko’p variantli
boshqaruv qarorlarni qabul qilishda;
xarajatlar va daromadlarning optimizatsiyasini ta’minlovchi zaxira va
xarajatlarni boshqarish modulini tuzishda.
Moliyaviy va boshqaruv hisobi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik darajasi bo’yicha
xorijiy mamlakatlarning amaliyotida ikki tizim qo’llaniladi: monistik va avtonom.
Monistik- buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri va teskari aloqalar asosida
tizimli va muammoli hisobni qo’shuvchi integratsion tizimdir. Buxgalteriya hisobi
schyotlarida ishlab chiqarish xarajatlarini, tayyor mahsulot va uning sotishsini aks
ettirish yo’li bilan tuzilgan tizimli hisob subyektning faoliyati, uning moliyaviy
holatini baholashga imkon beradi. Moliyaviy ma’lumotlarga ichki hisobot
ma’lumotlarini qo’shib ma’muriyat ishlab chiqarishni turli bo’linmada tashkil
etishning ratsionalligini baholashi mumkin. Тezkor ma’lumotlar va moddiy-
javobgar shaxslarning hisobotidan, mavjud standartlardan ijobiy va salbiy bo’lgan
chiqib ketishlar aniqlanadi. Shuning bilan xarajatlar va daromadlarni nazorat
qiluvchi harakatdagi tizimni yaratish savollari tug’iladi.
311
Ishlab chiqarishning hajmi katta bo’lmagan subyektlar yoki o’z tarkibi
bo’yicha bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi subyektlar hisobning
integratsiyalashgan tizimini qo’llaydilar deb o’ylaymiz.
Avtonom tizim- tizimli va muammoli hisobning umumlashgan yaratilishi
moliyaviy va boshqaruv hisoblari o’rtasidagi aloqa bir nomlanishdagi juftli
nazorat schyotlari yordamida amalga oshiriladi.
Хarajatlarning tezkorligi bo’yicha tizimlar quyidagicha farqlanadi: haqiqiy
xarajatlarni hisoblash tizimi va standart xarajatlarni hisoblash tizimi.
Хarajatlarning tezkorligi- samaradorlikni oshirishga qaratilgan tizimni
harakatchanligining kriteriyalaridan biri hisoblanadi.
Haqiqiy xarajatlarni hisoblash tizimi sotish qilingan mahsulot va foydani,
tannarxni hisoblash, haqiqiy tannarxni aniqlash va aniq nomdagi tayyor mahsulot
birligining sotishsidan olingan daromadni aniqlash uchun ma’lumotni
shakllantirishdan iborat.
Standart xarajatlarni hisobga olish tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
materiallar, asosiy fondlar, mehnatga bo’lgan xarajatlar, ustama sarflarini, sotib
olish va ishlatishga ketgan xarajatlarga standartlarni ishlab chiqish; me’yoriy
xarajatlar bo’yicha tannarx kalkulatsiyasini tuzish, me’yorlar va smetalardan
chetga
chiqishlarni
belgilab
haqiqiy
xarajatlarni
hisobga
olishlarni
mujassamlashtiradi.
Jahon amaliyotida bunday tizim "standart-kost" deb ataladi. U tannarxning
shakllanishi jarayonini nazorat qilishning tezkorligiga va uning jarayonini kerak
bo’lganda tartibga solishga qaratilgan.
Хarajatlarni tannarxga kiritishning to’liqligi- amaliyotda qo’llanilayotgan
hisob
tizimlarini
turkumlashning
belgilaridan
biri
hisoblanadi.
Тo’liq
xarajatlarning hisobi tizimi va qisman xarajatlarning hisobi tizimi mavjud
boshqaruv hisobining har xil maqsadlariga javob beruvchi ikki tizimdir.
312
Тo’liq xarajatlar hisobi tizimi odatdagi ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarni
va tannarx kalkulatsiyasining hisobi bilan ko’rsatilgan xarajatlarni guruhlashning
asosiysi bu ularni to’g’ri va bilvositaga bo’linishidir.
Qisman xarajatlar tizimi deganda to’g’ri tavsifga ega va alohida turdagi
mahsulotlarning tannarxiga qo’shiladigan xarajatlarning alohida elementlarini
tanlashga bo’lgan yondashish tushuniladi. Bu tizimda xarajatlar ishlab chiqarish
hajmiga bog’liq va shuning uchun ular o’zgaruvchan deyiladi. Cheklangan
xarajatlar kalkulatsiyasi faqat kalkulatsiya qilinayotgan mahsulotni ishlab
chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish sarflarini o’z ichiga oladi.
Bilvosita tavsifga ega xarajatlarning bir qismi butun mahsulotga aloqador bo’ladi.
Bunday turdagi xarajatlar tushgan mablag’ning umumiy summasidan qoplanadi.
Chet el amaliyotida hisobning bu varianti "direkt-kosting" deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |