9.2. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishni axborot bilan
ta’minlash
Qanday subyektning olib borayotgan siyosati tadbirkorlik rejalarining
to’g’riligini o’z vaqtida aniqlash uchun o’z faoliyatining natijalarini doimiy
kuzatish va nazorat qilib turishini taqozo qiladi.
Boshqaruvning asosiy muammolaridan biri yangi subyekt qurilishida,
faoliyatini kengaytirish va rekonstruksiya qilish, zaxiralarni ko’paytirish, ishlab
chiqarish texnologiyasini yangilash, yangi mahsulot ishlab chiqarish, jihozlarni
almashtirish, investitsiyani jalb qilish va investitsiyadan daromad olishdir.
Ayniqsa, investitsiya qarori tavakkal hisoblanadi, chunki ishlab chiqarish
jarayonida kelgusi davrda daromad olish uchun joriy davrdagi resurslarning
hisobidan zarur ulushini jalb qiladi. Ushbu yechim uzoq muddatli va xuddi
shunday tartibda qisqa muddatga aloqador bo’lishi mumkin.
Qisqa muddatli yechim mahsulot assortimentini boshqarish natijasida birlik
mahsulotning umumiy foyda jamg’armasiga, buyurtma hajmiga, talab va sotish
313
hajmiga, tannarx va narxga, hamda isrofsiz ishlab chiqarish va sotish, ishlab
chiqarish va sotib olish va hokazo savollarga tegishlidir. Ular qo’yilgan
kapitalning hajmiga ta’lluqli emas. Qisqa muddatli investitsiya natijasida ushbu
mablag’ qisqa davrda, ya’ni bir yilgacha pul mablag’lariga aylanadi.
Uzoq muddatli investitsiyani amalga oshirish va undan daromad olish orasida
uzoq davrga mo’ljallangan kapital qo’yilmalar haqidagi qarorlar investitsiyaga,
asosiy fondlarga, ilmiy tekshirishga va tajribaviy konstruktorlik ishlab chiqarishga,
reklama va omborxona inshootlariga tegishlidir.
Katta tavakkalchilik oqibatida investitsiyalash bo’yicha subyekt faoliyatining
tahlili yechimlariga, vaqt omilini e’tiborga oluvchi alternativ tanlash yechimiga
tayanishi kerak.
Boshqaruv yechimi variantlari qo’yilgan va rejalashtirilgan daromadning
hajmiga vaqt ta’sirini hisobga oladi. Variantlar natijasini taqqoslash banklardagi
ssuda berishdagi o’xshashlik uslubida amalga oshiriladi. Axborot ta’minot tahlili
boshqaruv yechimini qabul qilish uchun differensiyalangan boshqaruv hisobining
kirimi va chiqimi tizimini yaratadi.
Differensiyalangan sarflar deb qaysiki aniqlangan sharoitda boshqa
sharoitlarda bo’lishi mumkin bo’lgan chiqimlarning kattaligidan a’lo bo’lishi
mumkin. Ular har doim har qanday aniq holatga ta’lluqlidir.
Differensiyalangan daromad deb, shunday kirimga aytiladiki, bunda
aniqlangan sharoitlardagi hajmlar, bo’lishi mumkin bo’lgan hajmdan ajralib turadi.
Alternativ tanlov muammolarning yechimida kapital qo’yilmadan olingan
foydani hisoblab aks ettirishdir. Binobarin, qo’yilmadan olingan foyda qancha
ko’p bo’lsa shuncha yuqori istiqbolli variant hisoblanadi. Bu yerda subyektning
maqsadi agarda u boshqa maqsadlar bilan muqobillashgan bo’lsa kapital
qo’yilmadan olingan foydani maksimallashtirish hisoblanadi. Investitsiyalash
muammosining tahlili besh bosqichda olib boriladi: muomalalarni aniqlash;
muqobil (alternativ) yechimni tanlash; tanlangan yechimning natijasini aniqlash va
314
baholash; miqdordan o’lchab bo’lmaydigan o’sha natijani saralash, ularni bir-
biriga va boshqa natijalarga nisbatan baholash; qarorlarni qabul qilish.
Boshqaruv hisobi asosan miqdoran o’lchanadigan ma’lumotni tayyorlaydi.
Differensiyalangan sarflar xarajatlarning hisob tizimida doimiy asosda aks
ettirilmaydi. Ularning tarkibi har qanday aniq muammolarni tahlil qilish uchun
tanlanadi. Differensiyalangan sarflar turli xil sharoitlarda farqlanadigan
tannarxning tegishli moddalarini o’z ichiga oladi. Ularning tarkibi kapital
qo’ylmalar bo’yicha asosan o’zlashtirilgan sarflarni ayrim olgan holda chiqishga
xizmat qiladi.
Differensiyalangan sarflar har doim kelajakdagi sarflarga olib boriladi va
aniqlangan modulning ishlatilishida ushbu sarflarning qanday bo’lishini
ko’rsatadi. Ko’pchilik hajmda ushbu sarflar ehtimoli bo’lgan sarflarga kiradi.
Differensiyalangan sarflar va daromadlarning aniqlangan shakllarida ularni
solishtirish uchun har xil variantlari mavjud emas. Binobarin, umumiy holda ikki
turdagi miqdorlar chiqim bilan daromadni taqqoslashga imkon yaratadi.
Birinchidan, qachonki boshda taqdim etilgan loyihani amalga oshirish uchun
u yoki bu variantga mo’ljallangan mablag’ bo’lishi zarur. Pul mablag’larini
qo’yish har xil muddatlarda amalga oshiriladi, lekin analitik hisoblarda bu muddat
vaqtning nolinchi daqiqasiga olib kelinadi.
Ikkinchidan, har xil variantlarda bir necha yil davomida ushbu
investitsiyalarning natijasi sifatida pul oqimining kelib tushishi kutiladi.
Pul mablag’larining bu ikki miqdori- investitsiya va kirim bir va o’sha
vaqtning o’zida hisoblangan tartibga keltirilgan va taqqoslangan ekvivalent
miqdorlariga olib keladi. Odatda, kelgusidagi daromadlarning oqimi kapital
qo’yilmalarni vaqtning nolinchi daqiqasiga olib keladi.
Odatda, investitsiyaning smetasi axborotlarning manbai bo’lib xizmat qiladi.
Ular investitsiyalanadigan loyihalarning ro’yhatini qabul qilingan qarorlar
bo’yicha taqdim qiladi. Investitsiyalash o’lchami va yo’nalishi, toza joriy qiymati,
315
kelitirlgan sof samarasi, rentabelligi, o’zini qoplash muddati, investitsiyaning
sifati, kapitalning qiymati, hisob stavkalari, diskontlangan qiymati va hokazolarga
tegishli axborotlarni analitik va rejali xususiyatga ega bo’lgan ko’pdan ko’p
hisoblar beradi.
Dostları ilə paylaş: |