8.9. Direkt-kosting tizimi bo’yicha sarflangan xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish Kalkulatsiya qilishning
milliy tizimining
nazariyasi
va
amaliyoti
rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitlarida bozor iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda qo’llanilayotgan boshqaruv hisobining tashkiliy tizimlarini
o’rganishga muhtoj. Bunday tizimlardan biri to’g’ri xarajatlar bo’yicha
mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish tizimi hisoblanadi.
O’zgaruvchan xarajatlarni hisobga olish tizimi AQShda Buyuk depressiya
davrida vujudga keldi va 50-yillarda keng tarqaldi. Buyuk depressiyadan oldin
(1928 y) tayyor mahsulotning qoldiqlari to’liq xarajatlar bo’yicha hisoblangan
tannarx bo’yicha baholanadigan edi. Depressiya realizatsiya qilinmagan
mahsulotning katta zaxiralarini yaratishga olib keldi, to’liq xarajatlar bo’yicha
baholash esa, o’sha davr tahlilchilarining fikricha foydani sun’iy buzishga olib
kelgan. Ishlab chiqarishning hajmi va foydaning miqdoridan holi bo’lgan doimiy
xarajatlarning hisobi daromadning qiymatiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan.
302
Тahlilchilarning fikricha, sarflangan xarajatlarning qaytishini va ishlab
chiqarishning hajmini xarajatlar va foydalar aloqasi orqali hisoblash lozim. Bu
aspektda, o’xshashlikka ega bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlarga bo’lish foydasiz
deyilgan va egrilar bilan o’xshashlikka ega bo’lgan doimiy xarajatlarga ajratishga
ijozat etilgan. Хarajatlarning yangi tizimi "direkt-kosting" nomini oldi.
Тizimning mazmuni- korxona ishlab chiqarish xarajatlarini kalkulatsiya qilish
uslubini ko’rib chiqishda 1936-yilda Djonatan Хarris tomonidan kiritilgan "direkt-
kosting reja" mazmuniga asoslanadi.
Daromadlar va zararlar to’g’risidagi oylik hisobotning mazmunida oddiy
ishlab chiqarish xarajatlari va egri ustama sarflarni chegaralash boshlandi. Ishlab
chiqarish
sarflarini
differensiatsiyalash
daromadning
hajmini,
mahsulot
realizatsiyasi hajmining bog’langanligini aniqlashga va tannarxni boshqarishga
yordam berdi. Shunday qilib, bu tizimning mazmuni quyidagiga olib kelindi:
to’g’ri xarajatlar tayyor mahsulotlarning turlari bo’yicha umumlashtiriladi, egri
xarajatlar esa alohida schyotda to’planadi va ular vujudga kelgan davrning
umumiy moliyaviy natijalariga olib boriladi. Agar har bir buyum bo’yicha tushgan
daromad summasidan bu buyum bo’yicha sarflangan o’zgaruvchan xarajatlar
chiqarib tashlansa unda buyum bo’yicha brutto-daromad olamiz. Hamma
buyumlar bo’yicha olingan brutto-daromadni jamlab doimiy xarajatlarning
umumiy summasini qoplash uchun mo’ljallangan daromadning umumiy qiymatini
olish mumkin.
Direkt-kosting tizimidagi amaliy izlanishlar xarajatlar bo’linishining
shartliligini ko’rsatadi. Bir subyektda qabul qilingan yo’l qo’yishlar natijalarni
hisoblab chiqishda hisoblanishi kerak. Direkt-kosting tizimi bo’yicha tannarxni
kalkulatsiya qilish ishlab chiqarishning turli hajmida doimiy sarflarning o’zgarmas
qiymatini ko’zlaydi, shuning uchun boshqaruv hisobida asosiy e’tibor doimiy
sarflarga qaratiladi. Subyekt va tizimli bo’linmalarning rahbarlari bu xarajatlarni
boshqarishning nazorat funksiyalarini kuchaytiradilar.
303
Direkt-kosting tizimi bir necha farqlovchi xususiyatlarga ega: birinchisi-
ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgaruvchan va doimiyga ajratish; ikkinchisi-
mahsulot tannarxini cheklangan xarajatlar bo’yicha kalkulatsiya qilish; uchinchisi-
foydalar haqidagi hisobotlarni tuzishning ko’p bosqichligi.
Birinchi bosqichda tayyor mahsulotni ishlab chiqarish hajmining to’g’ri
(o’zgaruvchan) xarajatlar bilan aloqasi o’rnatiladi, alohida turdagi mahsulotni
ishlab chiqarishning rentabelligi aks ettiriladi. Ikkinchi bosqichda bitta schyotda
umumlashtirilgan egri (doimiy) sarflar bir turdagi mahsulot realizatsiyasidan
olingan qo’yilma bilan taqqoslanadi. Natijada butun ishlab chiqarish va
realizatsiyaning rentabelligini aks ettiradi. Shunday qilib, bu tizim realizatsiyaga
qaratilgan. Realizatsiyaning hajmi qancha ko’p bo’lsa subyekt shuncha ko’p
daromad oladi. Тayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish faqat
o’zgaruvchan (to’g’ri) xarajatlar bo’yicha baholanadi. Baholashning bunday tizimi
subyektlarda realizatsiyani ko’paytirishning yangi imkoniyatlarini izlashga
qiziqish uyg’otadi.
Subyektlarda direkt-kosting hisobi tizimi har-xil tartibda tashkil etilishi
mumkin. Bu yerda ikkita avtonom va integratsiya yondashish ishlatiladi. Хarris
tizimi boshqaruv va moliyaviy hisob integratsiyasiga asoslangan. Boshqaruv va
moliyaviy hisobning umumiy tizimi bosh kitobda hamma ichki oborotlarni aks
ettirishni ko’zlaydi.
Hisob yuritishning monistik (integratsiyalangan) tizimining murakkabligi,
hisob muomalalarining katta hajmi bilan farq qiladi, ko’p hollarda qimmat va
oddiy emasligi bilan ajralib turadi. Ko’p hollarda integratsiyalashgan tizim
boshqaruv hisobi prinsipiga, ya’ni tijorat sirlarini saqlashga rioya qilmaydi
(buzadi).
Foydalar to’g’risidagi hisobotni tuzishni ko’p jarayonlik asosida marjinal
foydalar haqidagi hisobot yotadi. Direkt-kosting tizimidagi foyda va sarflar
haqidagi taxminiy hisoboti quyidagi jadvalda keltirilgan.
304
Marjinal daromad usuli bo’yicha daromadlar va sarflar to’g’risidagi hisobot