8.4. Хarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya
qilish tizimini turkumlash
Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish
bo‘yicha 2009—2012 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi
choralar dasturi O‘zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng
ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.
281
Inqirozga qarshi choralar dasturining konkret bo‘limlari — belgilangan
kompleks chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifani hal etishga qaratilgan.
Qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot
tannarxini
kamaytirishni
rag‘batlantirish
hisobidan
korxonalarning
raqobatdoshligini oshirish. Shu maqsadda 2008 yili xo‘jalik yurituvchi
sub’yektlarning iqtisodiyotimizdagi yetakchi tarmoq va sohalarda mahsulot
tannarxini kamida 20 foiz tushirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish
borasidagi takliflari ma’qullanganini qayd etish lozim.
37
Shuningdek, tannarxni kamaytirish bo‘yicha belgilangan parametrlarga
erishish uchun rahbar va mas’ul xodimlarni rag‘batlantirishning ta’sirchan
mexanizmini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga, Inqirozga qarshi
choralar dasturida 2009 yilda barcha turdagi energiya manbalari va kommunal
xizmatlarning asosiy turlari bo‘yicha narxlarning ko‘tarilishini cheklash, ya’ni
ularni 6—8 foizdan oshirmaslik mexanizmi ishlab chiqilgan. Ayni vaqtda bu
sohalarning ishlab chiqarish rentabelligini so‘zsiz ta’minlashi kerak.
Хo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatida sodir bo’lgan xarajatlarni
guruhlashtirish u yoki bu boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yo’naltirilgan.
Lekin xo’jalik faoliyatida ro’yobga chiqadigan holatlar ishlab chiqarilgan
namunaviy tizimlarga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun har bir xo’jalik yurituvchi
subyekt o’z menedjerlarining talabidan kelib chiqqan holda va ularning talabini
qondirish uchun ayrim olingan hisob tizimining loyihasini ishlab chiqadilar. Shu
bilan bir qatorda ushbu hisob tizimlarining xilma-xilligidan qat’iy nazar subyektlar
faoliyatining nazariyasi va amaliyoti tomonidan xarajatlarni hisobga olish va
mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishni tashkil qilishning umumiy tartibi
ishlab chiqilgan.
37
И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари
ва чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009.
282
Хo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish faoliyatida xarajatlarning
boshqaruv hisobi tizimini tashkil qiladigan va o’zaro bog’langan uchta element
mavjud: ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish; tayyor
mahsulotlarning hisobini yuritish va ushbu tayyor mahsulotlarning tannarxini
kalkulatsiya qilish.
Ushbu o’zaro bog’langan tizim elementlarining talabidan kelib chiqqan holda
ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish tizimi ushbu xarajatlarning
turlari, tarkibi, mazmuni, yo’nalishi, sodir bo’lgan joylari va mas’uliyat
markazlari, mahsulot yoki ishlarning turlari va ularning bir xil guruhlari,
buyumlarning
qismi
va
yarimfabrikatlar
bo’yicha
guruhlashtirishda
qo’llaniladigan usullarning o’zaro aloqalarini aks ettirishi lozim va amal
qilinayotgan me’yorlar bilan rejalashtirilgan samaradorlikni taqqoslash natijasida
ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni nazorat qilish usullaridir.
Ularning tarmoqlar bo’yicha xususiyatidan qat’iy nazar har bir xo’jalik
yurituvchi subyektda xarajatlarni hisobga olish tizimi xo’jalik faoliyatining
natijalarini ishonchli va xolisona aniqlash va ishlab chiqarish faoliyatining borishi
ustidan nazorat o’rnatish imkoniyatini yaratib beradigan tashkiliy modulni talab
qiladi.
Shu bilan bir vaqtda ishlab chiqarishning texnologiya va tashkiliy
xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayonining davom qilish muddati, mahsulotlarning
miqdor va sifat tasnifi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning
tannarxini kalkulatsiya qilishning har xil usullari va uslublarini qo’llashni talab
qiladi. Хo’jalik yurituvchi subyektning amaliyotida qo’llanilayotgan ushbu
tizimlar quyidagi tartibda turkumlashtiriladi:
A. Guruhlashtiriladigan obyektlar
283
Buyurtma tizimi
Jarayon tizimi
V. Me’yorlashtirish darajasi
Haqiqiy sarflarning tizimi
Me’yoriy sarflarning tizimi
S. Хarajatlarni qamrashning to’laligi
Тo’liq sarflarning tizimi
Qisman sarflarning tizimi
8.1- chizma . Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimining
turkumlanishi
Хarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish
tizimidan foydalanishda o’zbilarmonchilikka yo’l qo’yish mumkin emas. Chunki
uni qo’llashning maqsadi boshqarish va xarajatlarni hisobga olish obyektlari bilan
chambarchas bog’langan holda yig’ilgan.
Bizning
mamlakatimizda
buxgalteriya
hisobi
va
korxonalarning
iqtisodiyotiga bag’ishlab chop qilingan adabiyotlarda, 1999-yil 5-fevralda Vazirlar
Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab
chiqarish va sotish xarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish
tartibi to’g’risida"gi nizom, buxgalteriya hisobining standartlari va xalqaro
standartlarga ko’ra xo’jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilgan mahsulot,
bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning xarajatini hisobga olish va tannarxini
kalkulatsiya qilishning uchta usuli me’yoriy, ishlov berish (jarayonlar bo’yicha) va
buyurtma usullari mavjud. Ushbu usullarning qaysi birini qo’llash har bir xo’jalik
yurituvchi subyektda ishlab chiqarilgan mahsulotning turlari, texnologiya jarayoni,
tarmoqning xususiyati, ishlab chiqarishni tashkil qilish usuli va uning turlaridan
kelib chiqqan holda o’zida ishlab chiqilgan hisob siyosatida ko’rsatadi va
284
rahbarning buyrug’i bilan mastahkamlaydi. Shu bilan bir qatorda yuqorida
keltirilgan turkumlarning hech biri ayrim olgan holda xo’jalik yurituvchi
subyektning ichidagi o’ziga xos xususiyatlarini to’liq va har tomonlama yoritishga
da’vogar bo’la olmaydi.
Ushbu yuqorida keltirilgan xarajatlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish
belgilari xarajatlarni hisobga olish tizimini muvaffaqiyatli tashkil qilishga va bir
usulni ikkinchisidan ajratishga yordam beradi va osonlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |