269
bo’linmalar, rejalashtirish, nazorat qilish, rejani bajarishni baholash,
rag’batlantirish vazifalariga to’g’ri keladigan boshqaruvning turli darajalari
o’rtasidagi ichki kommunikatsion aloqalarning talablariga javob beruvchi to’g’ri
va qaytaruv aloqali axborot tizimini subyektda tashkil etish; subyektning asosiy
maqsadini bajarishga qaratilgan ichki ijrochilarning harakatlarini muqobillashtirish
muomalalari.
Boshqaruv hisobi obyektlarining boshqacha guruhlashtirilishi tanlanishi
mumkin, lekin har bir holatda u boshqaruvning asosiy maqsadlariga javob berishi
kerak.
Boshqaruv hisobi tizimida uning obyektlari ma’lum ixtisosli yo’nalishda aks
ettirishga ega. Birinchi o’rinda ishlab chiqarish resurslarining holati, harakati,
subyektning xo’jalik faoliyati jarayonida maqsadli ishlatilishida aks ettiriladi.
Ularning yordamida subyektning axborot tizimida boshqaruv hisobining
obyektlari akslanuvchi turli qo’llanma va usullarning jamlami boshqaruv
hisobining uslubi deyiladi. U quyidagi elementlardan iborat: hujjatlashtirish,
inventarizatsiya, nazorat schyotlarini baholash, guruhlashtirish va umumlashtirish,
me’yorlashtirish, rejalashtirish va limitlash, nazorat va tahlillardan iborat.
Хulosa qilib shuni aytish mumkinki, uslubning hamma elementlari bir-biridan
alohida emas, boshqaruv masalalarini yechishga qaratilgan ichki xo’jalik
aloqalarini tashkil etish tizimida harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: