Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
8.2. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan 
usullari 
Хo’jalik yurituvchi subyekt boshqaruv hisobining tizimini tashkil 
qilayotganda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarni umumiy 
schyotlar rejasidan ajratishni taqozo qiladi. Demak, boshqaruv hisobini yuritish 
uchun ayrim schyotlarning rejasini tuzish yoki umumiy rejadan tegishli 


270 
schyotlarni ajratib olish lozim. O’zbekistonda ikkinchi usul, ya’ni tegishli 
schyotlarni schyotlar rejasidan ajratib olish orqali boshqaruv hisobi yuritilyapti. 
Boshqaruv hisobi schyotlarini ajratib olgan holda yuritish natijasida: 
a) boshqaruv tarkiblarini axborotlar bilan ta’minlashni yaxshilashga olib 
kelmoqda; 
b) ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi to’g’risidagi tijorat sirini saqlashga 
yordam bermoqda; 
v) ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning rentabellik darajasini sir 
saqlashga yordam bermoqda. 
Boshqaruv hisobini tashkil qilishning turlari va uning moliyaviy hisob bilan 
o’zaro aloqasi, ya’ni mustaqil (avtonom), integratsiyalashgan buxgalteriya hisobi 
usullari iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur o’rganilmoqda va amaliyotda 
qo’llashga taklif qilinmoqda. 
Buxgalteriya hisobining mustaqil (avtonom) variantida moliyaviy va 
boshqaruv hisob tizimi yopiq hisoblanadi. Moliyaviy hisobni yuritadigan 
buxgalteriyada xarajatlar iqtisodiy elementlari bo’yicha guruhlashtirilsa, 
boshqaruv hisobida esa kalkulatsiya moddalari bo’yicha turkumlashtiriladi. Ushbu 
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun mustaqil schyotlarning kodi 
tanlab olinadi. Ular ekran-schyotlar, tranzit yoki oyna schyotlar deb ham 
yuritiladi. Chunki sarflangan xarajatlar ushbu schyotlarda o’zlarining aksini 
ko’radilar. Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriya esa ushbu xarajatlarning 
sodir bo’lgan joylarini aks ettirmaydi va tayyor mahsulotlar bo’yicha sarflangan 
umumiy xarajatlarnigina aks ettirgan axborotlarni beradi. Shuning uchun ham 
moliyaviy hisobda faqatgina sarflarning umumiy miqdorini olish mumkin. 
Boshqaruv hisobi esa ushbu ishlab chiqarish xarajatlarini bo’laklarga ajratadi, 
ya’ni sarflangan tovar-moddiy zaxiralari, mehnat sarflari, asosiy vositalarning 
eskirishi, ijara to’lovlari, yonilg’i, suv, energiya sarflari qayerlarga sarflanganiga 
qarab ayrim olingan holda ko’rsatiladi. 


271 
Shu bilan bir qatorda mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan 
daromadlar turlari bo’yicha moliyaviy hisobda ham, boshqaruv hisobida ham 
ko’rsatiladi. 
Shunday qilib, moliyaviy hisob olingan umumiy daromad va sarflangan 
umumiy xarajatlar to’g’risida ma’lumotlarni yig’adi. Ushbu ma’lumotlarga 
asoslangan holda manfaatdor shaxslar kalkulatsiya qilish sirlariga chuqur kirib 
bormay soliqlarning to’g’ri hisoblanganligini tekshirishi mumkin. Ushbu holat 
faqatgina bozor iqtisodiyotiga mos kelmaydigan davlatlarning hozirgi faoliyatiga 
to’g’ri kelmaydi. Chunki amaliyotda ko’pchilik holatlarda soliq organlari xo’jalik 
yurituvchi subyektning xarajatlarining turlari, kalkulatsiya qilish usullarining 
qo’llanishini mahsulotni tannarxdan past bahoda sotish natijasida soliq summasini 
kamaytirish holatlarining oldini olish va jazolash maqsadida chuqur va har 
tomonlama tekshiradilar. 
Boshqaruv hisobida qo’llanilayotgan ayrim schyotda xo’jalik yurituvchi 
subyektning ishlab chiqarish faoliyati bo’yicha ikkita moliyaviy natija aniqlanadi- 
marjinal daromad va foyda summasi. Agarda ishlab chiqarish jarayonidagi hamma 
xarajatlar o’zgaruvchan xarajatlar bo’lsa u vaqtda marjinal daromad va foydaning 
summasi bir xil bo’lib qoladi, umuman olganda amaliyotda mahsulotni sotishdan 
olingan daromadning summasidan o’zgaruvchan xarajatlar chegirilib marjinal 
daromadning summasi aniqlanadi va ushbu marjinal daromad summasidan ishlab 
chiqarishning ustama xarajatlari chegirilsa qolgan summa foyda hisoblanadi. 
Moliyaviy hisobda 9900 schyotda daromad va xarajatlar yig’ilib balansda aks 
ettiriladigan foyda summasi shakllantiriladi. Ushbu foyda asosiy ishlab chiqarish 
faoliyati, muomalaviy, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda hodisalarning natijasi 
bo’yicha olinishi mumkin. Ushbu tartibni tushunishni osonlashtirish uchun ayrim 
cheklanishlarga yo’l qo’yiladi, ya’ni xo’jalik yurituvchi subyekt faqat asosiy 
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradi va muomalaviy faoliyatlari, moliyaviy 
faoliyatlari yo’q deb faraz qilinadi. 


272 
Moliyaviy buxgalteriyada hisobot davrining oxirida foyda qo’yidagi tartibda 
hisoblab chiqiladi: 

tovar-moddiy 
zaxiralarning 
qiymati 
faqatgina 
yilning 
oxirida 
inventarizatsiya natijalaridan keyin boshqaruv hisobining ma’lumotlariga muvofiq 
qayd qilinadi. 
- moliyaviy natija esa hisoblangan daromad summasiga yilning oxirida ТMK 
qoldiq summasining ko’payishiga qo’shilib ushbu olingan ko’rsatkichdan 
sarflangan umumiy xarajatlarning chegirilishi natijasida aniqlanadi. 
Hisobning integratsiyalashgan tizimida esa schyot-ekranlar qo’llanilmaydi, 
balki buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Natijada boshqaruv hisobida 
qo’llanilayotgan 
schyotlarning 
qoldiq 
summasi 
moliyaviy 
hisobda 
qo’llanilayotgan ushbu schyotlarga ta’lluqlidir. Subyektning faoliyati bo’yicha 
sarflarni aniqlash uchun moliyaviy hisobda faqatgina ushbu schyotlarning qoldig’i 
aks ettiriladi va ularning muomalalari va jamlangan aylanma summalari boshqaruv 
hisobining schyotlarida yoritiladi. 
Misol: 2800-"Тayyor mahsulotlar" schyotlarining guruhida faqatgina 
boshqaruv hisobining ushbu schyotidan berilgan ma’lumotga asosan tegishli 
mahsulotlarning qoldig’i ko’rsatiladi, ushbu qoldiqni topishgacha bo’lgan hamma 
muomalalar, tayyor mahsulotlarni qabul qilish, chiqarish muomalalari, ularning 
umumiy summalari boshqaruv hisobining ushbu schyotida qayd qilib boriladi. 
Boshqa jarayonlar- tugallanmagan ishlab chiqarishning qoldiq summasi, ТMZ 
qoldiq summasi, moliyaviy natijalarning ko’rsatkichlari ham shu tartibda 
moliyaviy va boshqaruv hisoblarida yoritiladi. Тegishli ma’lumotlarni bir tizimdan 
ikkinchi tizimga o’tkazish ayrim olgan schyotlar (masalan, 4100 yoki 6100) orqali 
amalga oshirilib hisobot davrining ohirida ushbu schyotlar yopiladi va ularda 
qoldiq bo’lmaydi. 
Boshqaruv hisobi tizimini yaratishdagi asosiy omil bu ushbu ma’lumotlarning 
samaradorligidir. Chunki asosiy maqsad shu hisobning ma’lumotlariga tayangan 


273 
holda qabul qilingan qarorlarning natijasidan iqtisodiy naf olishdir. Shuning uchun 
ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish uchun ketgan xarajatlarni uning 
ma’lumotlariga asosan qabul qilingan qarorlardan ko’rilgan iqtisodiy naflar 
qoplasa va ulardan ortiqcha bo’lsagina ushbu tizim tashkil qilinadi. 
Ushbu holatda shuni ham e’tiborga olish lozimki, tegishli qarorlardan olingan 
naflar darhol ko’zga tashlansa ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish sarflarini 
qoplash uzoq vaqt davom qilishi mumkin. Shuning uchun boshqaruv hisobining 
iqtisodiy samardorligi uni qo’llash doirasiga va ma’lumotlarni yig’ish va ularga 
ishlov berishni avtomatlashtirish darajasiga bog’liq. Amaliyotda mamlakatimizda 
buxgalteriya hisobi tasdiqlangan umumiy schyotlarning rejasiga asosan 
(integratsiyalashgan) yuritiladi. 
Moliyaviy va boshqaruv hisobining integrallashgan tizimini yaratish eng 
avvalo tasdiqlangan schyotlarning rejasiga asoslangan holda schyotlar rejasini 
ishlab chiqish va hisob siyosatiga kiritishdir.

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin