262
muomalalaridan olingan daromadlar. Yuqorida keltirilgan faoliyat investitsiya
fondlarining maxsus faoliyatidir. Investitsiya fondlarining aksiyalar va qimmatli
qog’ozlar bilan bo’ladigan barcha muomalalari depozitariyada hisobga olinadi.
Investitsiya fondlari aktivlarining vakolatli boshqaruvi
fondni boshqarish
to’g’risidagi shartnomaga binoan, haq to’lash yo’li bilan boshqaruvchi
kompaniyaga topshiriladi.
Investitsiya fondlari faoliyatining o’ziga xosligi - bu muomalalarni
buxgalteriya hisobida ham alohida xususiyatni vujudga keltiradi. Хalqaro
buxgalteriya andozalari talablariga javob beradigan xususiylashtirilgan investitsiya
fondlari schyotlar Rejasi qabul qilingan. Umumiy qabul
qilingan schyotlar rejasi
asosida tuzilgan bo’lib, faqat yangi schyotlar qo’shilgan. Bu schyotlar
xususiylashtirilgan investitsiya fondlarining aktivlari kapitali, daromad va
xarajatlari hisobini analitikligini oshiradi.
Sof foyda investitsiya fondlarining barcha xarajat va daromadlarini balansi
bo’lib, u 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida hisobga olinadi.
Hisobot
davri tugab, schyotlar xotimalangandan so’ng sof foyda 8710-
«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotiga
o’tkaziladi.
Aksionerlarning umumiy majlisi qarori bo’yicha rezerv kapitali schyotida
belgilangan summa tashkil etilgandan so’ng sof foyda qisman yoki to’liq
kapitallashishga yo’naltirilishi yoki aksionerlar o’rtasida taqsimlanishi mumkin.
Rezerv kapitalidan aksionerlarning umumiy majlisi qarori bo’yicha qoplanmagan
zararlarni qoplashga yo’naltirilishi mumkin. Dividendlar to’lashga yo’naltirilgan
sof foyda 6610 «Тo’lanadigan dividendlar» schyotida hisobga olinadi.
Investitsiya fondlarining daromad va xarajatlarini buxgalteriya hisobi va
hisobotida to’liq va to’g’ri aks ettirish uchun har bir daromad va xarajat turlari
bo’yicha schyotlar ochish kerak. Investitsiya fondlarining
daromadlari asosan
263
qimmatli qog’ozlarga egalik qilish va ularni sotishdan olingan summa hisobiga
tashkil bo’ladi.
Investitsiya fondlarining daromadlari quyidagilardan iborat: kapital bo’yicha
foydalar; moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; davlat xazina obligatsiyalari
bo’yicha hisoblangan va olingan foizlar; xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari
bo’yicha olingan dividendlar; da’vo qilish muddati ichida olinmagan dividendlar.
Investitsiya
fondlarining xarajatlari quyidagilardan iborat: davlat krediti
bo’yicha hisoblangan va to’langan foizlar; investitsiya fondlarining faoliyati bilan
bog’liq bo’lgan
xarajatlar; soliq va boshqa majburiy to’lovlar; moliyaviy va
boshqa xarajatlar.
Qimmatli qog’ozlar hisobi
0610-«Qimmatli qog’ozlar» schyotida yuritiladi.
Bu schyotda quyidagilar hisobga olinadi: korxonalar aksiyalari; foizli
obligatsiyalar;
diskontli obligatsiyalar; hisoblangan foizlar; aksiyalar va
obligatsiyalarni baholaridagi farqlarni hisobga olish. Analitik hisob bir tip,
elementlar va bir chiqarilgan qimmatli qog’ozlar jami bo’yicha yuritiladi.
Qimmatli qog’ozlarning hisob bahosi ularning turlari bo’yicha o’rtacha
tortilgan bahoda baholanadi. Qimmatli qog’ozlar sotib olish bahosida hisobga
olinadi.
Maxsus davlat kreditidan foydalanib xususiylashtirilgan
korxonalarning
aksiyalari sotib olinsa, quyidagi rasmiylashtiriladi: Dt 0610-«Qimmatli
qog’ozlar», Kt 5110-«Hisob-kitob schyoti» - bitim summasining 1/6 qismiga, Kt
7830-«Тo’lanadigan obligatsiyalar» schyoti - bitim summasining 5/6 qismiga.
Basharti xususiylashtirilgan korxonaning aksiyalari faqat o’z mablag’lari
hisobidan sotib olinsa, bitimning to’liq summasiga 5110-«Hisob - kitob schyoti»
kreditlanadi.
Agar sotib olingan qimmatli qog’ozlarni kirimga olish sanasi bilan ularning
qiymatini to’lash sanasi orasida vaqt oraliYoi vujudga kelsa, 5110 - schyotining
o’rniga 6830-«Тo’lanadigan obligatsiyalar» schyoti kreditlanadi.
264
Qimmatli qog’ozlarni sotishdan olinadigan daromad
ularni sotib olish narxi
bilan sotish narxi orasidagi farqdan iborat. Bu farqi kapital bo’yicha amalga
oshirilgan foyda 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotining kreditida
aks ettiriladi. Ҳisoblangan foizlar esa daromad sifatida bu daromadni vujudga
kelish paytida, ya’ni foizlar hisoblanganda 9530-«Foizlar ko’rinishidagi
daromadlar» schyotida aks ettiriladi. 9220- schyotining kreditidagi summa 9320-
schyoti orqali 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining kreditiga o’tkaziladi.
Хulosa
Moliyaviy qo’yilmalar – bu xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan
qimmatli qog’ozlar operatsiyalariga amalga oshirish
uchun srflangan xarajatlari
bo’lib, ushbu xarajatlar kelgusida daromad keltiruvchi aktivlarning shakllanishidir.
Dostları ilə paylaş: