Интернет сайтлари
http:// www. accounting. rut gars. edu
http:// www. buhgalteria. com. ua
http:// www. 1c. ru
250
7-BOB. MOLIYAVIY QO’YILMALAR
7.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy qo’yilmalar tarkibi
Bozor munosabatlariga o’tish bo’yicha O’zbekiston Respublikasida amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohot teran va keng miqyosda davlat mulkini
xususiylashtirish jarayoniga, aksioner jamiyatlari, xususiy korxonalar, qo’shma
korxonalar va shunga o’xshaganlarni tashkil etishga asoslangan. Bu jarayonlar
quyidagi infratuzilmalar bilan chambarchas bog’langan: tijorat banklari,
investitsiya va sug’urta fondlari, birjalar, moliya – sanoat guruhlari, lizing
kompaniyalari, maslahat va auditorlik firmalari va sh. k.
Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay
investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib kelmoqda. 2008 yilda
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4
milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2007 yil bilan
taqqoslaganda, 28,3 foizga ko‘p bo‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan
investitsiyalar hajmi 23 foizni tashkil etdi.
O‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo‘naltirilganini ta’kidlash
darkor.
Keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy
investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o‘sib borayotgani e’tiborga sazovordir.
2008 yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar
o‘zlashtirildi. Bu 2007 yildagiga nisbatan 46 foiz ko‘p demakdir. Eng muhimi,
xorijiy investitsiyalarning 74 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tashkil etdi.
Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009 yilda mamlakatimiz
iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million
251
dollarga
ko‘payadi,
buning
to‘rtdan
uch
qismi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalardir.
34
Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning qariyb 54
foizini korxonalar va aholi mablag‘lari tashkil etadi. Bu mamlakatimizda soliq
yukini kamaytirish va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning investitsiya faolligini
rag‘batlantirish bo‘yicha olib borilayotgan soliq siyosati qanchalik to‘g‘ri ekanini
yana bir bor tasdiqlaydi.
Kapital bozorini rivojlantirish maqsadida O’zbekistonda fond birjalari
mavjudligini alohida e’tirof etish kerak. Qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga
solish tegishli normativ huquqiy bazaga asoslangan.
35
Qimmatli qog’ozlar muomalasi deganda qimmatli qog’ozlarni tasarruf
etuvchilarni almashishga olib keluvchi, ularni oldi – sotdi va boshqa xarajatlari
tushuniladi. Qimmatli qog’ozlarni har qanday korxona, aksioner jamiyati va kredit
muassasalari chiqarish huquqiga ega. Qimmatli qog’ozlar chiqarish va muomalada
bo’lishi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan aksioner
jamiyatlarning aksiyalari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va
boshqalar kiradi.
Aksiya
– aksioner jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat
tugatilganda mulk qoldig’ini taqsimlashda qatnashish huquqini beruvchi aksioner
jamiyatining ustav kapitaliga qo’shilgan mablag’ni tasdiqlovchi qimmatli
qog’ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aksioner jamiyatining
faoliyati davomida harakatda bo’ladi.
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aksioner
jamiyatlarining aksiyalarini ro’yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga
34
И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари
ва чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009.
35
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Қимматли қоғозлар бозорини ривожлантириш бўйича қўшимча
чоралар тўғрисида» ги фармони. 1995 йил 7 сентябрдаги; Ўзбекистон Республикасининг «Қимматли қоғозлар
ва фонд биржаси тўғрисида» ги Қонун. 1993 йил 2 сентябр.
252
binoan
36
, hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega bo’lishi kerak: aksioner
jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog’ozning nomi – «aksiya»,
uning turi, tartib raqami, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan
aksiyalarning miqdori, ro’yxatga oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning
kodi, dividendlarni to’lash muddati, aksioner jamiyati boshqaruvining raisi va
bosh buxgalterining imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga bo’lgan ustav
kapitalining hajmi.
Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul
milliy va xorijiy valutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa
aktivlarni qo’shish yo’li bilan to’lanishi mumkin.
Shaxsini belgilash usuliga qarab ismi yozilgan va ko’rsatuvchiga berilgan
aksiyalarga bo’linadi. Ismi yozilgan aksiyalarda mulkdorning maxsus daftarida
ro’yxatga olinadi. Bu o’z navbatida kimda qancha va qanday aksiyalar borligini
aniqlash imkoniyatini beradi. Ko’rsatuvchiga berilgan aksiyalarda mulkdorning
ismi ko’rsatilmaydi, natijada jamiyat o’zining paychilari to’g’risida axborotga ega
bo’lmaydi. Muomala nuqtai nazaridan ko’rsatuvchiga berilgan aksiya afzalroqdir.
Aksiya egalariga berilgan huquqlar hajmiga qarab aksiyalar oddiy va
imtiyozliga bo’linadi. Oddiy aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda
qatnashish, hisobot davri tugaganda aksionerlar majlisi tomonidan aniqlanadigan
miqdorda dividend olish va jamiyat faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash
huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini
bermaydi, lekin korxona o’z faoliyatini foyda bilan yakunlamaganda ham birinchi
navbatda qat’iy belgilangan miqdorda dividend olish huquqini beradi. Bunday
hollarda korxona rezerv fondidagi mablag’lardan foydalanadi.
36
ЎзР ВМ 1994 йил 8 июндаги 285–сонли қарорининг 1 иловаси; 1995 йил 14 февралдаги 351 – сонли ЎзР ВМ
қарори билан киритилган ўзгаришлар.
253
Imtiyozli aksiyalarni chiqarish aksioner jamiyatiga o’z mablag’larini jalb
qilish yo’li bilan ustav kapitalini ko’paytirish imkoniyatini beradi.
Obligatsiya
– uni saqlovchilarga qat’iy belgilangan foiz bilan birga nominal
qiymatini to’lash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatbaho qog’ozdir.
Obligatsiyani tasarruf etuvchi obligatsiya chiqargan aksioner jamiyati yoki
korxonaning, davlat yoki mahalliy hukumatning kreditori bo’lib hisoblanadi.
Shaxsini belgilash usuli va boshqa xususiyatlariga qarab ismi yozilgan va
ko’rsatuvchiga berilgan, foizli va foizsiz, erkin muomalada bo’ladigan va
muomala doirasi cheklangan obligatsiyalarga bo’linadi.Obligatsiyalarni har
qanday mulk shakliga ega bo’lgan korxona chiqarishi mumkin. Ularni sotishdan
olingan pul faqat korxonani rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin.
Ichki davlat obligatsiyalari va mahalliy zayomlar bank muassasalari orqali
tarqatiladi; ularni sotishdan olingan mablag’lar tegishli respublika yoki mahalliy
budjetga o’tkaziladi. Bular faqat ko’rsatuvchiga berilgan obligatsiyalardir.
Obligatsiyalar bo’yicha foizlar ularning harakat muddati ichida davriy berib
borilishi yoki obligatsiyaning harakat muddati tugagandan keyin bir yo’la berilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |