11.4. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularni hisobga olish
Korxona faoliyatining moliyaviy natijasini ta’riflovchi sintetik ko’rsatkich
bo’lib balans (yalpi) foyda va zarari hisoblanadi va Nizomga asosan tartibga
solinadi.
47
Ushbu Nizomning ahamiyati behad katta bo’lib u soliqqa tortiladigan
foyda bilan buxgalteriya schyotida (balans foyda) hosil bo’ladigan foyda farqini
aniqlash imkoniyatini beradi; foydalanuvchilar tomonidan qarorlar qabul qilish
uchun moliyaviy hisobotning ahamiyatini oshiradi.
Nizomga ko’ra, bir tomonidan korxonalarga hisobot davri ichida sodir
bo’lgan xarajatlar va daromadlar to’g’risidagi aniq ma’lumotlarni olish
imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan soliq qonunlariga binoan soliq organlariga
hisobotlarni tuzib topshirish imkoniyatini yaratadi. Bunda davlat o’z vakolatli
organlari orqali soliq hisobotini to’g’riligini tekshirish huquqiga ega.
Agar soliq qonunchiligi korxona foydasi va rentabelligini aniqlashda
tadbirkorlik – barcha daromadlardan barcha xarajatlarni chiqarib tashlash –
qonuniga amal qilganda oson bo’lar edi. Lekin davlatning soliq siyosati faqat soliq
hisoblash va uni budjetga o’tkazib olishnigina inobatga olmaydi, balki soliq
47
ЎзР Вазирлар Маҳкамасининг 54-сонли қарори билан «Маҳсулот (ишлар, хизматлар) ни ишлаб чиқариш ва
сотиш харажатларининг таркиби ҳамда молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўғрисида Низом» 1999
йил 5 феврал. (2003 йил 15 октябрдаги янги қайтадан ишлаб чиқилган нашри)
412
siyosati rag’batlantiruvchi xarakterga ega, xo’jalik yuritishning ratsional usulini
rag’batlantiradi va resurslardan qonunsiz foydalanishni jazolaydi. Soliq siyosati
ma’lum ijtimoiy maqsadni ham ko’zlaydi, yangi xududlarni o’zlashtirishga
undaydi va h. k.
Demak, korxona o’z xo’jalik faoliyatini samaradorligini aniqlash va kelgusi
davrga boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun hisobot davrida daromad va
xarajatlarni hisoblab chiqish imkoniyatini beradigan axborotlarni yig’ish va ishlab
chiqish tizimiga ega bo’lishi kerak. Korxona – bu hisoblarni soliq omilini inobatga
olmasdan bajaradi.
Korxonaning balans foydasini aniqlash uchun sotishdan tushgan tushumdan
olib tashlanadigan xarajatlar ro’yxati xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomning
asosiy matnida keltirilgan. Bundan keyin korxona buxgalteriya hisobi schyotlarida
ko’rsatilgan foydani soliq qonunchiligiga binoan tuzatib soliqqa tortiladigan
bazani aniqlaydi. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi foydani soliq qonunchiligiga
binoan tuzatishga misol sifatida normadan ortiq sarflangan safar xarajatlari, yoki
normadan ortiq reklama xarajatlari va boshqalarni keltirish mumkin.
Demak, soliqqa tortiladigan bazani hisoblab chiqish uchun bu xarajatlar (1 va
2-ilovalarga binoan) ni soliqqa tortiladigan foydaga qaytadan qo’shish kerak.
Buning natajasida korxona quyidagi ma’lumotlarga ega bo’ladi:
-
qancha va korxonaning qaysi bo’linmalaridan ishlab chiqarish, moliyaviy va
boshqaruv faoliyati natijasida foyda olindi;
-
korxonaning yakuniy faoliyatiga davlatning soliq siyosati qanchalik ta’sir
qilganligi;
-
pirovard natijada korxona budjetga qancha pul o’tkazib berishi.
Shunday qilib, korxona axborotlarni yig’ish bosqichida xo’jalik faoliyati
natijalariga ta’sir etuvchi tashqi (soliq) va ichki omillarga bo’lish imkoniyatini
beruvchi buxgalteriya hisobi tizimiga ega bo’ladi. Demak, bu omillarga javoban
asoslangan siyosat ishlab chiqish zarur bo’ladi.
413
Хarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomda aytilganidek, ishlab chiqarish-
xo’jalik faoliyati natijasida korxona tomonidan daromad quyidagi asosiy bo’limlar
bo’yicha aks ettiriladi: sotishdan olingan sof tushum; asosiy faoliyatidan
olinadigan boshqa daromadlar; moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar;
favqulodda foydalar.
Bunday bo’limlarning kiritilishi korxonaning turli faoliyatidan olinadigan
daromadlarini ajratib ko’rsatish bilan izohlanadi: mahsulot ishlab chiqarish va
sotish bo’yicha asosiy faoliyatidan, moliyaviy faoliyatidan va favqulodda
operatsiyalardan. Daromadlarning bunday bo’linishi barcha qiziquvchi tomonlarga
korxona faoliyatiga obyektiv baho berish imkoniyatini beradi.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining
9- bo’limida hisobga olinadi.
48
Sotishdan olingan sof tushum yangi schyotlar rejasi bo’yicha 9000 «Asosiy
(operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar» schyotining kreditidan olinadi. Unga
tovarlarni qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar
kiritilmaydi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan tushum tovar (bajarilgan ish va
xizmatlar) ni yuklab jo’natilishiga va xaridorlarga hisoblashish hujjatlari taqdim
etilishiga qarab aniqlanadi. Тaqdim etilgan hisoblashish hujjatlariga qarab
moliyaviy natijalarni aniqlash uslubi bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarga xos.
Buxgalteriya hisobining xalqaro andazalari moliyaviy natijalarni aynan shunday
tartibda shakllantirishni talab qiladi.
Тaqdim etilgan schyotlar bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlash qo’shilgan
qiymat solig’i, budjetga foydadan ajratma solig’ini to’lashda korxonalarni
murakkab sharoitda qoldirishi mumkin. Shuning uchun ham korxonalar
jo’natiladigan mahsuloti, bajariladigan ish va xizmatlari uchun oldindan haq
to’lash usulidan foydalanishi kerak.
48
|