Moliyaviy va boshqaruv hisobi


 Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olish



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

11.6. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olish 
Korxonalarda mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foydadan 
tashqari asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar ham bo’lishi mumkin. 
Bunday daromadlar kelib tushish manbalariga qarab quyidagi: 9310-«Asosiy 
vositalarning chiqib ketishdan foyda», 9320 «Boshqa aktivlarnining chiqib 
ketishdan foyda», 9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar», 9340-«O’tgan 
yillar foydalari», 9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar», 9360- 
«Kreditor 
va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar», 9370-«Хizmat 
ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari», 9380-«Тekin moliyaviy yordam», 9390-
«Boshqa operatsion daromadlar» schyotlarda hisobga olinadi. Bular tranzit 
schyotlar bo’lib, passiv schyotlarga mansub.
Yuqoridagi schyotlarning kredit oboroti tegishli manbalar hisobidan foyda 
(daromad) ning ko’payishi, debet aylanmasi esa ularning hisobdan chiqarilishini 
ko’rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig’i qolmaydi. 
Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarning shakllanishi milliy 
standat bilan tartibga keltiriladi.
49
9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotida asosiy 
vositalarni sotish va boshqa ko’rinishdagi hisobdan chiqarishlardan olingan foyda 
hisobga olinadi. Bu vaqtda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9210-«Asosiy 
vositalarning chiqib ketishi», Kt 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan 
foyda» schyoti. 
49
ЎзР АВ томонидан рўйхага олинган 2-сонли «Асосий хўжалик фаолиятидан олинадаган даромадлар» 
БХМС.


419 
9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotida nomoddiy 
aktivlar, qimmatli qog’ozlar va shunga o’xshagan boshqa aktivlarni sotishdan 
olingan foyda summasi quyidagi rasmiylashtiriladi: Dt 9220-«Boshqa aktivlarning 
chiqib ketishi», Kt 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti. 
9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar» schyotida shartnoma 
shartlarini buzganligi uchun undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan 
jarimalar, boqimandalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va boshqa hil jazo jarimalari, 
shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo’yicha daromadlar aks ettiriladi. 
Bunday jarima va boqimandalar undirib olinsa 5110 yoki pul mablag’larini 
hisobga oladigan boshqa schyotlar debetlanib, 9330 schyoti kreditlanadi. Lekin 
bunday jarima va boqimandalar aybdor tomonidan tan olinib hali puli o’tkazib 
berilmagan bo’lsa, 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» schyoti 
debetlanib 9330- schyot kreditlanadi. 
9340-«O’tgan yillar foydalari» schyotida hisobot yilida aniqlangan oldingi 
yillarga tegishli foyda aks ettiriladi. Bunga xususan, oldingi yillarda olinib sarflab 
yuborilgan 
materiallar 
bo’yicha 
qaytadan 
hisoblash 
natijasida 
mol 
yuboruvchilardan olingan summa, xaridorlarga oldingi yillarda jo’natilgan 
mahsulot, ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha qaytadan hisoblash natijasida hisobot 
yilida olingan summa va shunga o’xshaganlar kiradi. 
Bunday foyda o’tkazib berilsa, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar 
debetlanib, 9340-«O’tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi. Agar bunday 
foyda hali o’tkazib berilmagan bo’lsa, 4010-«Хaridor va buyurtmachilardan 
olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib, 9340-«O’tgan yillar foydalari» schyoti 
kreditlanadi. 
9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar» schyotining kreditida 4820-
«Qisqa muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar» schyoti bilan 
korrespondentlangan holda mulklarni qisqa muddatli ijaraga berishdan olinadigan 
daromadlar aks ettiriladi. Qisqa muddatli ijara haqi olinganda pul mablag’larini 


420 
hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4820-«Qisqa muddatli ijara bo’yicha 
olinadigan to’lovlar» schyoti kreditlanadi. 
9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» 
schyotida da’vo qilib olish muddati o’tgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan 
chiqarishdan olingan daromadlara ks ettiriladi. Bunday hollarda quyidagi 
rasmiylashtiriladi: Dt-6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 6990-«Boshqa 
majburiyatlar», Kt 9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan 
daromadlar» schyotlari. 
9370-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari» schyotida korxonaning 
asosiy faoliyati bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar 
ko’rsatish bilan bog’liq bo’lmagan daromadlar hisobga olinadi. Bularga korxona 
balansida turadigan sog’liqni saqlash, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari 
obyektlari, turar-joy-kommunal xo’jaligi, madaniyat, sport obyektlari kiradi. 
Yuqorida keltirilgan obyektlarning daromadlari xarajatlaridan ko’p bo’lsa, 
farqi quyidagicha daromadga o’tkaziladi: Dt 2710-«Хizmat ko’rsatuvchi 
xo’jaliklar» schyotining tegishli analitik schyoti, Kt 9370-«Хizmat ko’rsatuvchi 
xo’jaliklar daromadlari» schyoti. 
9380-«Тekin moliyaviy yordam» schyotining kreditida pul mablag’lari va 
ularning ekvivalentlarini hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan 
holda qaytib olmaslik sharti bilan pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari 
ko’rinishida olingan daromadlar aks ettiriladi. Bu vaqtda quyidagicha 
rasmiylashtiriladi: Dt 5110-5530-schyotlar, Kt 9380«Тekin moliyaviy yordam» 
schyoti. 
9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyotida boshqa operatsion 
faoliyatidan daromadlar hisobga olinadi. Bu schyotining kreditida, xususan, 
quyidagilar hisobga olinadi:
-asosiy, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarda ortiqcha chiqqan 
tugallanmagan ishlab chiqarishlar, umumxo’jalik omborlarida ortiqcha chiqqan 


421 
materiallarning kirimga olinishi, Dt 2010, 2310, 2510, 2710-schyotlar, Kt 9390 
«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti». 
- oldin hisobdan chiqarilgan debitor qarzlarni undirib olishdan olingan 
daromadlar, Dt 4010- «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», Kt 
9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti». 
Shu bilan birga balansdan tashqari 007- «Тo’lashga qobiliyatsiz 
debitorlarning zararga o’tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi» schyotidan chiqim 
qilinadi; 
- mulk sug’urtasi bo’yicha sug’urta organlaridan tushgan to’lovlarga, Dt 
4510- «Sug’urta bo’yicha bo’nak to’lovlari», Kt 9390-«Boshqa operatsion 
daromadlar» schyoti; 
- zaxira tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha dargumon qarzlar 
zaxiraidan foydalanilmagan qismini daromadga o’tkazilishiga, Dt 4910-
«Dargumon qarzlar bo’yicha zaxira», Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» 
schyoti. 
- ortiqcha chiqqan mahsulot va tovarlarning kirimga olinishi, Dt 2810-2890, 
2910-2990-schyotlari, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti. 
- tugallanmagan qurilishda aniqlangan ortiqcha chiqishlarni daromadga 
olinishiga, Dt 0810-0890-schyotlar, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» 
schyoti. 
-xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’nak summalarni talab qilib 
olinmaganligi uchun hisobdan chiqarilishiga, Dt 6310-6390-schyotlar, Kt 9390-
«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti. 
Bu xil daromadlar hisobot davri oxirida yakuniy moliyaviy natijaga 
o’tkaziladi: Dt-9310, 9320, 9330, 9340,9350, 9360 ,9370 ,9380, 9390-schyotlari, 
Kt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti. 


422 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin