Moliyaviy va boshqaruv hisobi


  11.8. Favqulodda foyda va zararlarni hisobga olish



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

 


428 
11.8. Favqulodda foyda va zararlarni hisobga olish 
Favqulodda foyda va zararlar - bu korxonaning xo’jalik faoliyatida nihoyatda 
kam sodir bo’ladigan, uning uchun odat bo’lmagan va korxonada boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish natijasi bilan bog’liq bo’lmagan voqealardan olinadigan 
daromad va xarajatlardir. U yoki bu moddani favqulodda daromad va xarajat 
tarzida aks ettirilishi uchun quyidagi uchta talablarga javob berishi kerak: 
-
o’z xarakteri bo’yicha odatdagidek bulmasli (korxonaning odatdagi xo’jalik 
faoliyatiga tegishli emas); 
-
bir necha yillar davomida takrorlanmaydigan; 
-
korxonaning boshqaruv xodimlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga 
bog’liq bo’lmagan holatlardan tashkil topadi. 
Shunday qilib, tegishli modda bir vaqtning o’zida odatdagidek emaslik
oldindan ko’rabilmaslik va takrorlanmaslik talablariga mos kelishi kerak. 
Korxonalarning xo’jalik faoliyatida shunday voqealar sodir bo’lishi 
mumkinki, ular faqat odatdagidek emas yoki faqat oldindan ko’rabilmaydigan 
voqea. Masalan, xorijiy valuta muomalalaridan olingan foyda yoki zararlarni 
oldindan ko’rib bo’lmaydi, lekin bu favqulodda emas, chunki valuta kursining 
barqaror emaslik sharoitida bu odatdagi foyda va zarar hisoblanadi. 
Demak, quyidagi moddalar favqulodda foyda va zararlarga kiritilmaydi: 
darg’umon debitor qarzlarni hisobdan chiqarilishi yoki shu maqsad uchun tashkil 
qilinigan zaxira; valuta muomalalaridan yoki kurslar farqidan olingan daromad 
yoki yo’qotishlar; narxlardagi tuzatishlar; aktivlar qiymatini qaytadan baholashdan 
olingan natija, soliq summalari bo’yicha tuzatishlar; oldingi yillar foydasi yoki 
zarari. 
Хorijiy amaliyotda favqulodda zararlarga quyidagilar kiritiladi: tabiiy 
ofatlardan ko’rilgan yirik yo’qotishlar; siyosiy voqealar, masalan, urush, inqiloblar 
natijasida yo’qotishlar; mazkur davlatning qonuniyatchiligidagi o’zgarishlar, 


429 
natsionalizatsiya qilish, ma’lum bir faoliyatni taqiqlash va boshqalar natijasidagi 
yo’qotishlar. 
Shuni ham aytish kerakki, tegishli modda favqulodda holatga to’g’ri kelishi 
va kelmasligiga korxona faoliyat ko’rsatayotgan tashqi muhit ham ta’sir qiladi. 
Foyda va zararlar summasining hajmi favqulodda voqealarga o’tkazish va 
o’tkazmaslik uchun sabab bo’lolmaydi. 
Favqulodda foyda va zararlarni alohida ajratib hisobga olishdan maqsad 
hisobot davri ichida korxona faoliyati natijasini obyektiv aks ettirishdir. 
Favqulodda voqealar sodir bo’lganda bu voqealardan olingan foyda va zararlar 
quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 9710-«Favquloddagi foydalar» va 9720-
«Favquloddagi zararlar» schyoti. Bular tranzit schyotlar bo’lib 9710-passiv, 9720-
aktiv schyotlariga mansubdir. 
Favqulodda voqealardan olingan daromadlar summasiga 9710-«Favquloddagi 
foydalar» schyoti kreditlanib turli schyotlar debetlanadi. Sodir bo’lgan zarar 
summasiga esa 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti debetlanib turli schyotlar 
kreditlanadi. Bu schyotlarning debet va kredit oborotlari hisobot davri oxirida 
yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi: favqulodda voqealardan olingan foyda 
summasiga- Dt 9710-«Favquloddagi foydalar», Kt 9910- «Yakuniy moliyaviy 
natija» schyoti. 
Favqulodda voqealardan sodir bo’lgan zarar summasiga- Dt 9910-«Yakuniy 
moliyaviy natija», Kt 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin